110
saqlovchilardan bo‘lib, platifillin, senetsifillin va sarratsin saqlaydi.
Bunda
o‘simlikning ayrim guruhlarini g‘arbiy uchastkalaridagisi tarkibida ko‘p miqdorda
sarratsin saqlaydi va platifillin, senetsifillin saqlamaydi (rasm 1).
Bu guruh o‘simliklarni alohida kimyoviy boshqa bir turga ajratilgan chemovar
Sarracinifera. Boshqa o‘simliklar esa sarratsin saqlamaydi.
Geografik omil (faktor) Bupleurum multinerue o‘simligi flavonoidlar tarkibiga ta’sir
qiladi. Tabiiy sharoitda ushbu o‘simlik Sibirni janubida (Oltoy) o‘sadi, va Ukrainada
esa o‘ram – o‘ram (orol) holida uchastkalar hosil qiladi. Oltoyda va Ukrainada
o‘sadigan
o‘simliklar
tarkibidagi
flavonoidlarni
qiyosiy
o‘rganilganda
(taqqoslanganda), Oltoyni janubiy-sharqida o‘sadiganlari tarkibidagi flavonoidlar
miqdori, Ukrainadagilardan Novosibirskiyda o‘sadiganlaridan,
hamda Moskva
viloyatida ekiladiganlaridan ham 2-5 barobar ko‘p saqlashi aniqlandi. Undan tashqari
Ukrainada o‘sadiganlari Oltoydagilardan sifat jihatdan ham farq qilishi, tarkibida
qo‘shimcha kversetin va izoramnetinlarni hosilalari ham saqlanishi aniqlandi.
Rasm 1. A-Yassi bargli senetsio areali; B- Sarratsinli xemorasini tarqalgan joylari; V-
Platifillinli xemorasini tarqalgan joylari.
Malina (Rubus idaeus) mevasini kimyoviy tarkibini turli ekologik zonalardan yig‘ib
o‘rganilganda kalsiy, fosfor va sink elementlarini malina mevalarida va erda bo‘lishi
ijobiy ta’sir etar ekan. SHunda malina mevasida ular ta’sirida fruktoza ko‘p bo‘lar
ekan.
Dorivor o‘simliklar ekologiyasini bilish ularni tabiiy zahiralaridan oqilona, samarali
foydalanishidan tashqari ularni madanaiylashtirilgan holda ekib hosil olishda ham
katta ahamiyatga ega. Misol uchun alkaloid saqlovchi sariq glatsium (Glaucium
falvum) o‘simligini keltirish mumkin. Bu o‘simlik O‘rta yer dengizini qirg‘oqlari,
Qrimda, Kavkazni Qora dengiz bo‘ylariga yaqin joylarda tarqalgan. Sariq glatsium
taglaridan suv bemalol silijb oqadigan, dengizni qumloq qirg‘oqlarida, hamda toshloq
tog‘ yon bag‘irlarida o‘sadi. Tabiiy sharoitda ko‘p,
katta maydonlarni tashkil
qilmaydi. SHuning uchun uni madaniylashtirib Krasnodar o‘lkasida ekiladi. Sariq
glatsium o‘simligini asosiy alkaloidi-glautsindir. Kavkaz va Qrimdan yig‘ilgan
111
o‘simliklarni tahlil qilinganda, Qrimni quruqroq joylarida o‘stirilgan o‘simliklarda
glautsin alkaloidi kavkazdagilardan ko‘ra ko‘p saqlashi aniqlandi. Demak Qrimdan
yig‘ilgan o‘simlikni quruqroq sharoitda o‘stirish (madaniylashtirish) maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
SHunday misollar ham borki geografik muhit kimyoviy o‘zgaruvchanligiga ta’sir
qilmaydi. Masalan oddiy bo‘ymadaron o‘simligi Rossiyani 33 mintaqasidan yig‘ib
tekshirilganda tarkibidagi proxamazulenlar suv bug‘i
yordamida haydalganda
xamazulenga aylanadi, ammo uning miqdori 0 dan 170 mg/100g gacha miqdori
turlicha bo‘lishi aniqlandi. Bunda o‘simlik morfologik belgilari bo‘yicha bir-biridan
farq qilmasligi ham ma’lum bo‘ldi.
SHoxkuya zamburug‘ini alkaloid tarkibi o‘rganilganda geografik muhitni sezilarli
ta’siri borligi aniqlanmadi. Ammo zamburug‘ni javdar (roj)da parazit holida
tarqalganda ko‘proq ergotamin alkaloidi to‘planishi boshqa donli o‘simliklardagisi
esa ergokristin alkaloidini to‘planishi ma’lum bo‘ldi.
SHu bilan birga shoxkuyani
alkaloidlar saqlaymaydigan xillari (rasa) ham bor bo‘lib, aralash, kengbargli
o‘rmonlarda, Sibir, Uzoq SHarqdagi shoxkuyani alkaloid saqlaydiganlari 60-80%ni
tashkil qilishi, janubiy mintaqalarda (Rossiya) va Qozog‘istonda alkaloid saqlovchi
shoxkuya guruhlari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Turli geografik zonalarda o‘suvchi ayrim o‘simliklarda kimyoviy tarkibi bir-biriga
yaqin kimyoviy moddalar ham bo‘ladi. Masalan dorivor valeriana o‘simligini
VILRda etishtirilganda ildizpoya va ildizidagi biofaol moddalar bir xilligi aniqlandi.
YAna shuni ham aniqlandiki efir moyi ildiz tarkibida ildizpoyadan ko‘p saqlaydi,
valepotriatlar (iridoidlar) esa ildizpoyada deyarli 2 barobar ildizdan ko‘p saqlaydi. Bu
ma’lumotlar mahsulotni tahlilida o‘rtacha namuna olishda
katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. YAna shuni ham aniqlanganki valeriana o‘simligini klimandjarada o‘sadigan
turini er ostki va ustki qismida valepotriatlar borligi, hatto ildizpoyadan ko‘ra bargida
ko‘pligi aniqlangan.
Ko‘pchilik biologik faol moddalar, alkaloidlar, flavonoidlar va boshqalar hujayra
shirasida erigan holda bo‘ladi, shuning uchun ularga tashqi muhit ta’sirini o‘rganish
uchun o‘simlikning shu qismidan o‘sha moddalarni ajratib olinadi. Ammo shunday
birikmalar
ham borki, masalan mono- va seskviterpenlar bo‘lib, ular efir moylari
tarkibida saqlanadi va efir moyli bezlarda to‘planadi. Ekologik sharoitlar o‘simlik
organlaridagi bezlarni ko‘p yoki kam bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. Lavanda
dorivor marmarak (Salvia officinalis) va oq yasnotka (Lamium album)
o‘simliklaridagi bezlar, o‘simlikni dengiz sathidan qancha balandlikda o‘sishiga
qarab soni ko‘p yoki kam bo‘lar ekan. Jadval 6 dan ko‘rinib turibdiki, o‘simlik dengiz
sathidan balandlashgan sari bezlar soni oshib borar ekan. YAsnotkadoshlar
(Lamiaceae) oilasiga mansub o‘simliklar ma’lumki ko‘pchiligi efir moyiga boy
o‘simliklar hisoblanadi va ularni ko‘pchiligi quruq joylarda o‘sadiganlari bargni 1 xil
qismi (edinitsa)dagi bezlari, etarli darajadagi namlik ko‘p joylarda o‘sadigan
xillaridan ko‘p bezlar saqlashi ma’lum bo‘ldi.
Jadval-6
Efir moyli bezlarni 1mm
2
barg sathidagi sonini
dengiz sathidan balandga
joylashganligi bilan bog‘liqligi.
112
Turlari
Dengiz
sathidan
balandligi
Bezlarni
o‘rtacha
soni
Dorivor marmarak
600
800
900
1200
5,3
6,7
7,5
7,5
Oq yasnotka
300
1700
1800
1900
13,8
22,8
15,6
19,7
Bezlarni soniga dengiz sathidan tashqari joylarni geografik kenglikda joylashganligi
ham ta’sir qiladi. Masalan, besh bo‘lakli arslonquyruq va qalampir yalpiz o‘simliklari
shimoldan janubga surilishi bilan bezlarni soni ortib borishi, efir moylarni miqdorini
ortib borishi bilan bog‘liqligi aniqlangan (jadval 7).
Do'stlaringiz bilan baham: