m
balandlikda joylashgan
.
Uning quyi chegarasi
pastki qatlamdagi (tog‘) daraxt butali o‘simliklar bilan birlashib ketgan.
YOg‘ingarchilikning qaysi vaqtga to‘g‘ri kelishi aniq emas, avgust va sentyabr
oylarida yog‘ingarchilikning eng kam vaqtdir.Vegetatsiya davri yozga to‘g‘ri keladi.
Mezofill jamoaning tarqalish va rivojlanishi yaylovning pastki joylari uchun – turli
o‘tli o‘tloqlar, yaylovning yuqori joylari uchun – past bo‘yli o‘tli o‘tloqchalar
xarakterlidir. YAylovning pastki joylari yuqoridagilaridan farqli ba’zi yotib o‘suvchi
va past bo‘yli butalar, masalan, turkiston archasi - Juniperus turkestanica, na’matak
turlari – Rosa sp., qayin - Betula va boshqalar tarqalgan, shu bilan bir qatorda tog‘
ustidagi kserofitlar edifikatorlar bilan rivojlangan (Onobrychis echidna i
Acantholimon).
Yaylovning yuqori qatlami tog‘ tizmasining 3000-3200 m dan baland bo‘lgan
qiyaliklarni egallaydi, yuqori chegarasi esa doimiy qorlikkacha va yirik toshli
cho‘qilargacha borib qadaladi. O‘zbekiston yaylov qatlamining o‘simliklar o‘sadigan
joylar o‘zining toshli va cho‘qqililigi sababli ajrim-ajrim xamda kserofillidir. Bu erda
quruq toshli cho‘l va o‘tloqli qoplamalar aloxida bo‘lib, Fectuca valesiaca, tog‘usti
kserofitlar Cousinia francheti i Scorzonera acantoclada lar uchraydi. Past bo‘yli
o‘tloqchalar umuman olganda uncha katta bo‘lmagan maydonlarni egallaydi.
Past bo‘yli o‘tlar o‘sadigan o‘tloqlar odatda alp nomi bilan ataluvchi yuqori
yaylovlarni egallaydi. Ular O‘zbekistonda keng tarqalgan, lekin uncha katta
bo‘lmagan massivlarni tashkil etadi. Tog‘ning yuqori o‘tloqlar asosini rang-barang
o‘tlar: ostrolodka, gorechavka, navro‘zgul, ayiqtovonlar, yovvoyi piyozlar,
g‘ozpanjalar va ko‘pgina boshqalar o‘sadi.
Shu bilan bir qatorda donlilar (alp myatligi, alp timofeevkasi va b.) osokalilar (qora
gulli osoka, yumaloq gulli osoka,past bo‘yli kobreziya va b.) xarakterlidir.
Tog‘ usti kserofitli o‘simlik qoplamalri O‘rta Osiyo tog‘larining janubiy qismi uchun
xarakterli xisoblanadi. Bu o‘simlik qoplamasi tarkibi bo‘yicha bir xil emas; ularning
tuzilishida biologik, shu bilan birga ekologik turlarida ishtirok etadi.
Masalan, (tikanli o‘tlar), cho‘l o‘simliklari - Festuca valesiaca, Stipa trichoides, S
lipskyi, Phleum phleoides, Poa relaxa va b.. Bundan tashqari ba’zi xollarda bular
bilan mezofill vakillari bo‘lgan o‘tloq o‘simliklari - Hordeum turkestanicum, H.
brevisubulatum, Sagex litvinovii, S. Stenophylloides, Artemisia dracunculus.
O‘zbekistonda madaniy o‘simliklarni tarqalishi keskin ikki qismga: sug‘oriladigan
tumanlar yoki oazislar va sug‘orilmaydigan tumanlarga bo‘linadi.
Oazislar asosan Turon past tekisliklarida joylashgan bo‘lib, u cho‘l zonasiga tegishli.
Ular o‘simliklar qoplamasining juda ko‘pligi, atrofagi kengiklari bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |