Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarnint bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo'naltirilgan xalqaro ixtisoslashgap tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to'ntarishidan keyin, ya'ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo'jaliklar doirasidan tashqariga o'sib chiqa boshlagach ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o'z ichida oluvchi umumjahon xo'jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli jo'g'rofiy ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko'lami, darajasi va iqtisodiyotini tuziligai, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajaxlar darajasi ham turlicha bo'ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o'zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarli boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o'zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko'proq bo'ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko'ra umuman ishlab chiqarib bo'lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o'rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e'tirof qilinadi.
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holida amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta'sir qiladi. Tashqi savdo va valuta cheklashlari, valutalar qiymatining o'zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hakazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi, farqlarini aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o'n yilliklarda yanp texnologik asoslarga o'tish jahon xo'jalik aloqalarinish tez o'sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o'zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo'jaliklarniig yaqinlashuvi, o'zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda regional davlatlararo iqtisodiy integratsiyani qaror topish tamoyili kuzatiladi. Jumladan, rivojlangai Yevropa integratsion hamjamiyati (YEI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorlik AKDD, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko'zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O'rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xarakterli bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |