4. Sof eksportdagi o'zgarish. Sof eksportning ko'payishi yalpi talabni ham ko'paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda bizning tovarlarga bo'ltan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi o'z tovarlarimizga ichki talabning ko'payishini taqozo qiladi. Sof eksport xajmini avvalo chet davlatlardaga milliy daromat va valuta kurslari o'zgartiradi. Chet mamlakatlarda darom darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham o'zlarining ham chet ellarda ishlab chiqarishgan tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa qarama-qarshi natija beradi: bizning eksportning sof hajmi qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |