Iste'molchiniig kutishi. Iste'molchilik sarflari hajmidagi, o'zgarish, iste'molchining narxlar va daromadlar darajasidags kelajakdaga o'zgarishlarni oldindan bilishiga bog'liq. Masalan, agar odamlar kelajakda o'zlarining real daromadi ko'payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko'proq qismini sarflashga tayyor bo'ladi. Natijada bu davrda iste'molchilik sarflari ko'payadi, jamg'arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o'zlarining read daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste'molchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday infilyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste'molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yakin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste'mol miqdorining kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |