Mundarija
Kirish ……………………………………………………………………………2
1.Infilyatsiyaning mohiyati va uning kelib chiqishi …………………………….4
2.Infilyatsiyaning shakllari va turlari ---------------------------------------------------9
3.Infilyatsiyaning barqarorlashtirish usullari -----------------------------------------21
Xulosa -------------------------------------------------------------------------------------35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati -------------------------------------------------38
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. 2008 yilda boshlangan moliyaviy inqiroz hozirgi vaqtda ko`plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni tobora keng va chuqur qamrab olmoqda. Bu esa ishlab chiqarishning pasayishiga, ishsizlikning o`sishi, aholi hayot darajasining yomonlashuviga olib kelmoqda, bir so`z bilan aytganda, bu inqiroz ko`p jihatdan oqibatini oldindan bilib bo`lmaydigan darajada jiddiy tus olmoqda. Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, deb o`ylayman. Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab muammolarni tug`dirmoqda. Albatta bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitidagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh islohotchilik rolini saqlab qolishi xurmatli prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh printsiplaridan biri sifatida belgilab berilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh islohotchilik rolini o`ynashi, o`tish davri qiyinchiliklaridan aholini kam ta`minlangan qatlamlari uchun ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirish uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlariga ehtiyoj sezadi. Prezidentimiz ma`ruzasida ta`kidlaganidek «Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo`jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko`rsatkichidan past bo`ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. 5 O`tgan yil yakunlariga ko`ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o`ylab yondashish natijasidir. 2013 yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig`ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etdi» .
Do'stlaringiz bilan baham: |