KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o'zining mustaqil
taraqqiyot yo'liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to'la ishonch bilan o'tib bormoqda.
Mustaqillikning o'tgan qisqa davri ichida iqtisodiyot inqiroz holatidan chiqarildi, uning ko'pgina
sohalarida barqaror iqtisodiy o'sish boshlandi. Bozor munosabatlarining tarkibiy qismlari,
infratizilmalari vujudga keltirildi.
Lekin Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlaridan, uning nutqlari va turli yig'ilishlarda,
ayniqsa Oliy Majlisning 2-chaqiriq I va II sessiyalarida, Vazirlar Mahkamasidagi yig'ilishlarda
qilgan ma'ruzalaridan bizga shu narsa ma'lum bo'lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda
bugungi kunda o'z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo'lgan
vazifalar ham
mavjud. Ko'pgina korxonalarning zarar qo'rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli
qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, mayda va o'rta tadbirkorlarning, mulqdorlar sinfining sekin
shakllanayotganligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat
va kapital eksportining sekin o'sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir.
Agar oldimizda «Milliy boylikning ko'payishini, Respublikaning mustaqilligini,
odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin
rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish» kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot —
I. Karimov ayttanlaridek, strategik maqsadimiz bo'lgan huquqiy demokratik
davlat va fuqarolik
jamiyatini barpo qilishning asosi ekanligini e'tiborga olsak, iqtisodiy muammolarimiz naqadar
ko'pligi va murakkabligi yanada ayon bo'ladi.
Ana shu va boshqa muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab
topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmushshi va xususiyatlarini tushunish ko'p jihatdan
kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini,
ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani
iqtisodiyot
tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo'jalik yuritish sirlarini, turli kishilar
va xo'jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo'lib, unumli mehnat qilish yo'llarini
va shakllarini o'rgatadi. iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda
yashayotgan hamma
kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi fakrt milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga
bog'liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy
mahsulotning ko'payishi, uning to'g'ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan
bog'liqligini ham o'rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishida, ularning
intelektual kamolotga erishuvida muhim rol o'ynaydi.
Lekin o'zbek tilida hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti ichki sir-asrorini, uning haqiqiy
qiyofasini sinchiklab o'rganishga intilayotgan o'quvchi va talabalarimiz uchun mo'ljallangan
iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar,
iqtisodchi
mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob
beradigan adabiyotlar, qo'llanmalar, ayniqsa, darsliklar yetarli emas. Yurtboshimiz ayttanidek:
«...birinchi galda, taraqqiyotimizning har bir yo'nalishi jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
ma'naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo'llanmalar, ommabop adabiyotlar
yaratish zarur». Darsliklar va o'quv qo'llanmalari yetishmasligi bo'yicha oliy o'quv yurtlari va
kollejlardagi ahvolni, shuningdek, kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda Prezidentimiz
I.A.Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida qo'yilgan
muxim
vazifalarni hisobga olib, biz iqtisodiyot nazariyasi fani bo'yicha ushbu ma'ruzalar matnini
tayyorlashga jazm qildik.
Biz bozor iqtisodiyotiga kirib kelayotganligimizni, bu sharoitda yashayapmiz, faoliyat
ko'rsatishimiz, iqtisodiy munosabatda bo'lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti muammolarini,
uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushunchalarini, ularning bizning sharoitimizda qay
darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini batafsilroq yoritishga harakat qiddik. Ushbu
to'plamda iqtisodiy jarayonlarning faqatgana yuzaki, ko'rinib turgan tomonlarigagina emas, balki
ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog'lanishlariga, iqtisodiy jarayonlarning sabab va
oqibatlariga alohida e'tibor berildi. Ushbu to'plamda O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish
davrida respublikamiz iqtisodiy
taraqqiyotining muammolari, ayniqsa, Prezidentimiz kitoblarida,
ma'ruza va nutqlarida, qabul qilingan qonun va qarorlarda bayon etilgan tamoyillar, xususiyatlar
ham qamrab olindi hamda nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyotining
ko'pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita O'zbekiston hayoti misolida yoritildi.
Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda, misollar,
jadvallar, grafiklar
asosida tushuntirishga harakat qilindi.
Ushbu ma'ruzalar to'plami yangi standart talablari bo'yicha tuzilgan dastur asosida yozildi.
To'plamda dasturdagi asosiy va zaruriy mavzular qamrab olingan. Lekin hajm cheklangan
bo'lganligi uchun ko'pgina materiallar iloji boricha qisqartirib berildi. Shuning uchun to'plamda
kamchilik va munozarali jihatlar ham bo'lishi mumkin.
To'plamda o'qitishning yangi texnologik xususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzuda
ma'ruza rejasi, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, takrorlash va munozara uchun savollar,
asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati keltirildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo'yicha mazkur ma'ruzalar matni oliy o'quv yurtlari talabalari uchun
mo'ljallangan bo'lib, undan o'rta-maxsus o'quv yurtlari va tinglovchilari, litsey o'quvchilari,
aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi
barcha kitobxonlar ham
foydalanishi mumkin.
Mualliflar to'plamning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinish tartibi va uslubi
bo'yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va
keyinga o'quv qo'llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladilar.