«Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni
qondirshi maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol
qilish jarayonlarida kishilar va guruxlarning xulq-atvorini o'rganadi», deyilgan.
Prof.VD. Kamayev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «iqtisodiyot nazariyasi
asoslari bo'yicha darslik» degan kitobda iqtisodiyot fanining predmeti - cheklangan resurslar
dunyosida ne'matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni
o'rganishdan iborat deb ta'kidlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to'g'risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko'rinib
turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kipshlar
o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishga aloxdda e'tibor berilgan bo'lsa,
«Ekonomiks»da va Rossiyada bozor iqtisodiyotiga doir chiqarilgan darsliklarning ko'pchiligida
asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo'lgan munosabatini, xatti-harakatini
o'rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga aloxida e'bor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini
ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo'l qo'ymasligi lozim. Chunki har
qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy
vositalar, pul mablag'lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud
resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo'lgan
munosabat, ishlab chiqarish omillarining o'zaro bog'liqligi va bir-biriga ta'sirida o'rganilishi lozim.
Boshqa tarafdan, hyech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh
tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish
va xizmat ko'rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o'zaro munosabatda bo'ladilar va shu
munosabatga qarab harakat qiladilar, o'z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar. Demak,
iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki tomonini qamrab olgan bo'lishi, ularni
o'rganishi lozim. Bundan tashqari mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish
jarayonining o'zidagina emas, balki takror ishlab chiqarishning barcha fazalarida ishlab chiqarish,
pul orqali ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya'ni iste'mol qilish
jarayonlarida ham sodir bo'ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashda shu narsani
esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko'pgina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar tomonidan,
ya'ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikro
iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan o'rganiladi.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi,
bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonomegrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalgeriya hisobi,
xo'jalik faoliyati taxlili kabi fanlarda o'rganiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog'liq holda amal qiladi, ulardan ayrim
aniq tomonlarni oladi, o'rganadi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy
asosi, ya'ni poydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo'nalish beradi. Ularning hammasi
uchun umumiy bo'lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari,
sohalari, tomonlari o'rtasidagi aloqadorlikni va o'zaro ta'sirni o'rganadi va aniqlab beradi.
Mana shularni hisobga olib,
Do'stlaringiz bilan baham: