XULOSA va takilfLAR - XULOSA va takilfLAR
- O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab ommaviy sportni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralayotganligi o’zining bir qator ijobiy natijalarini bera boshladi. Yurtimiz yoshlari jahonning nufuzli sport musobaqalarida O’zbekiston sharafini munosib himoya qilib, arzigulik yutuqlarga erishdilar.
- Yurtimizda sportni rivojlantirish faqat jahon chempionlarini yetishtirish emas, balki sportning ommaviyligini ta’minlash, barchaning sport bilan muntazam shug’ullanishiga erishish, sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalash hamdir. Bu sohada arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida ham jismoniy madaniyat darslariga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Bu esa o’qituvchi va tarbiyachilarni metodik adabiyotlar bilan ta’minlash talabini ham qo’ymoqda.
- Harakatli o’yinlar vositasida gandbol o’yin texnikasini o’rgatishda harakatli o’yinlardan foydalanish yo’llari muhim ahamiyatga egadir. Birinchidan, ushbu o’yinlarning tegishli adabiyotlarda jamlanishi, ikkinchidan, ularni o’rgatishga doir ma’lum adabiyotlarning mavjudligi, uchinchidan, o’qituvchi va murabbiylarning muayyan tajriba to’plaganligi e’tiborlidir.
- Fikrimizcha, harakatli o’yinlarni o’rgatish sohasida ma’lum adabiyotlar mavjudligiga qaramasdan, bir qator muammolar ham bor. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, harakatli o’yinlarni o’rgatish jarayonida ko’proq jismoniy mashqlarni bajarishga ko’proq e’tibor beriladi. O’quvchilar, talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, nutq madaniyatini oshirish, intizomli, qat’iyatli, mard, halol, jasur qilib tarbiyalash kabi asosiy sifatlar ba’zan e’tibordan chetda qoladi.
Aslida ma’naviy yetuk, ruhan chiniqqan inson yurt sharafini munosib himoya qiladi, jamiyatda o’z o’rnini topadi, boshqalarga nisbatan mehr-shafqatli, adolatli, har qanday vaziyatda oqilona fikr yuritib, ish ko’radigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetadi. Shuning uchun harakatli o’yinlarni o’rgatish jarayoniga kompleks yondashish lozim. Shundagina sportning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi o’rni beqiyos bo’ladi, jamiyat va xalq manfaati, yurt sharafini munosib himoya qila oladigan ongli sportchilar tobora ko’payib boraveradi. - Aslida ma’naviy yetuk, ruhan chiniqqan inson yurt sharafini munosib himoya qiladi, jamiyatda o’z o’rnini topadi, boshqalarga nisbatan mehr-shafqatli, adolatli, har qanday vaziyatda oqilona fikr yuritib, ish ko’radigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetadi. Shuning uchun harakatli o’yinlarni o’rgatish jarayoniga kompleks yondashish lozim. Shundagina sportning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi o’rni beqiyos bo’ladi, jamiyat va xalq manfaati, yurt sharafini munosib himoya qila oladigan ongli sportchilar tobora ko’payib boraveradi.
- Ishda ko’rib chiqilgan adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko’p yillik sport mashg’uloti jarayonida yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash ustivor jihatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur`atiga bog’liq. Ya`ni ushbu sifatlar qanchalik shakllangan bo’lsa, shug’ullanuvchilarning yoshidan qat`iy nazar texnik-taktik mahoratining o’sish darajasi shunchalik samarali kechadi. Bu borada sakrovchanlik sifati texnik-taktik tayyorgarlik ko’rsatkichlari bilan uzviy bogliqligi hamda mazkur sifatlar sport mahoratini progressiv taraqqiy etishida muhim rol o’ynashi yana bir bor e`tirof etildi.
- Sakrovchanlik sifatini tarbiyalashda nostandart o’yin mashqlarini qo’llash tajribasini o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, murabbiylarning aksariyat qismi yosh gandbolchilarni tayyorlashda harakatli o’yinlardan deyarli foydalanmas ekanlar.
- Nazorat guruhiga mansub bolalar bilan amaldagi BO’SM dasturi asosida o’tkazilgan 1 oylik mashg’ulotlar boshida va yakunida o’rganilgan sakrovchanlik sifati sust rivojlanganligi kuzatildi.
- Bu muddat davomida tajriba guruhida sakrovchanlik sifatini rivojlantirish maqsadida qo’llanilgan harakatli o’yinlar qayd etilgan sifatlarni tez sur`atlar bilan rivojlanishiga olib keldi.
- Sinab ko’rilgan sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan harakatli o’yinlar an`anaviy standart mashqlardan ustun ekanligi, hamda harakatli o’yinlar o’zining emotsional mohiyati tufayli mazkur sifatni samarali rivojlantirish qiymatiga ega ekanligi ilmiy jixatdan asoslandi.
- Yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash bilan bo’lgan ko’p yillik mashg’ulot jarayonida yuqorida qayd etilgan harakatli o’yinlarni muntazam qo’llash nafaqat sakrovchanlik sifatini unumli shakllantirishga imkon yaratadi, balki shu asosda texnik-taktik mahoratni qisqa muddatlarda osonroq takomillashuviga asos bo’ladi.
- O’qituvchi-murabbiylar mashg’ulot vaqtida yuqoridagilarni hisobga olib mashg’uolotlarini to’g’ri tashkil qilsalar, o’quvchilarni harakatli o’yinlardan foydalanib ularning jismoniy sifatlarini ham to’g’ri shakllanishini yo’lga qo’yish mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |