Bob bo‘yicha xulosalar:
Adabiyotning turfa xil olamidan bahramand bo‘lgan yetuk san’atkor, so‘z zargari Erkin Vohidiv adabiyot va adabiyotshunoslikka oid qarashlarni hayoti voqealar, mumtoz adabiyotning badiiy mukammaligi, uning jozibasi orqali tushuntirishga harakat qilganiligi asoslandi.
Erkin Vohidovning Fuzuliy, Alisher Navoiy va jahon adabiyoti haqidagi qarashlari bizni adabiyot ixlosmandlarini, yanada mukammalik sari undashga, badiiy asarlarning poetik jozibasini teranroq anglashga imkon beruvchi qarshlarining mavjudligini o‘ziyoq, yetuk iste’dod sohibi ekanligidan dalolat berishi dalillar misolida ko‘rsatib berildi.
Zamondoshlarimiz ongi, tasavvuri va tushunchalari aytaylik, kechagi sho‘ro kishilar dunyoqarashidan tudan farq qiladi. Bungungi she’riy jarayonda kechayotgan fazilatu poetik ramzlar inson va jamiyat haqidagi haqiqatlarni aytishga intilish bilan bog’liq q arashlarda mustaqillik adabiyotining turfa ohanglarini alohida e’tirof etishi bejiz emasligi ko‘rsatib berildi.
XULOSA
Asrlar davomida adabiyotimiz goh sekin, goh shiddat bilan taraqqiy etib keldi. Mustaqillik tufayli tarixiy, diniy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy merosimizni qaytadan o‘rganish, umumbashariy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni hisobga olgan holda baholash boshlandi. Buning natijasida milliy qadriyatlarga munosabatning o‘zgarishi bilan bir qatorda, badiiy tafakkurning yangilanishi, badiiy adabiyotning o‘zgarishi yanada yorqinroq va teranroq ko‘zga tashlana boshladi.
Chindan ham, badiiy-estetik tafakkurning o‘zgarishi bugungi inson qismatini, uning quvonch-u iztiroblarini badiiy talqin etish jarayonida, asar qahramonining botiniy olamini teranroq ochib berishga, olam va odam haqidagi qarashlarini umumlashtirishga harakat qilinmoqda. Adabiy-estetik fikrlar taraqqiyotidagi jiddiy o‘zgarishlarni, ma’naviy intellektual yangilanish belgilarini barcha adabiiy tur va janrlarda yaratilgan asarlarda kuzatish mumkin.
Adabiyotimizni tahlil qilish an’analari ham mohiyatan o‘zgarib borayotganligini albatta ta’kidlamoq lozim. Bu jarayonda iste’dodli ijodkor O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning ham alohida o‘rni mavjudligini tadqiqotimiz davomida anglshga va ko‘rsatishga intildik. Adabiy-estetik qarashlar borasida ulkan izlanishlar olib borgan, jumladan, bu boradagi qarashlarini yaxlitlashtirgan, keyinchalik bu fikr-mulohazalarini “Shoiru, she’ru shuur” asariga jamlaganligi, bundan tashqari “So‘z latofati” nomli adabiy-estek tushunchalarni yaxlitlashtirgani ham bizning tushunchalarimizni asoslaydi.
Adabiyot hamisha adabiy tanqid bilan yonma-yon yashab kelgan va shu tarzda yashaydi. Adabiyotshunoslik ijodkorlarning adabiy-estetik qarashlari, mulohazalari bilan boyib, mukammallashib boraveradi. Erkin Vohidov o‘zbek she’riyati osmonidagi yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. Shoir ijodi juda mazmundor va salmoqli ekanligi ham ma’lum. Bundan tashqari ijodkor adabiy-estetik fikrlar taraqqiyotiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shganligi, bu qarashlar zamirida adalot, haqiqat, badiiylik prinsiplarining mavjudligi serqirra ijodkorligidan dalolat beradi.
Ijodkorning “Shoiru, she’ru shuur” asari o‘zbek adabiyotshunosligi uchun qimmatli manba ekanligini alohida qayd etgani holda, adabiyot ixlosmandlari uzoq davrlargacha bu qimmatli fikrlar majmuyidan o‘zi uchun foydali ma’lumotlarni olib, ulardagi mukammal asar, yaxshi shoir, yaxshi she’r, mukammal adabiyot, ijod, ijodiy jarayon, tafakkur etish haqidagi fikrlaridan ma’naviy oziqlanisi, tabiiy.
Erkin Vohidov o‘z ijodi bilan, go‘zal satrlari bilan kitobxonlar qalbidan joy oldi. Har qanday davr bilan birga adabiy mezonlar ham ma’lum darajada yangilanib, sayqallanib, o‘zgarib boraveradi. Haqiqiy san’at durdonalari o‘sha adabiy mezonlarga mos tushib, vaqt chig‘irig‘idan omon o‘tadi.
Erkin Vohidovning ijodi esa bu sinovga dosh bera oladigan darajada qalb qo‘ri bilan yozilganligi shubhasizdir. Shoirga Alloh tomonidan berilgan iste’dod tufayli oqillik va donolik, chuqur bilim va mantiqning ko‘lami uning ijodiga ko‘p murojatlar, izlanishlar bo‘laverishini ko‘rsatadi.
Erkin Vohidov ijodining boshidan ijodkorlik va fuqorolik mas’uliyatini chuqur his etib, unga sodiq qoldi va chin dildan asarlar yozdi. San’atimiz adabiyotimiz uchun mukammallik juda muhim, adabiyot mukammal asarlar bilan boyib borsa, shundagina unda yuksalish bo‘ladi.
Xullas, Erkin Vohidovni nafaqat iste’dodli shoir, ijodkor sifatida, balki, jahon va o‘zbek adabiyotining yuksak bilimdoni sifatida, o‘tkir mushohadali adabiyotshunos sifatida bilamiz. Ijodkorni adabiy-tanqidiy qarashlari o‘zining qimmatini, ahamiyatini yillar o‘tgan sayin orttirib boryapti, ijodkorning adabiy-estetik izlanishlariga ancha yillardan buyon murojat etilyapti, bundan buyon ham bu murojatlar davom etaveradi. Umuman, Erkin Vohidov nafaqat shoir, ijodkor sifatida, balki jahon va o‘zbek adabiyotining yuksak bilimdoni sifatida e’tirof etilishi bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |