Oltinchidan, kredit o'z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasinn bajaradi.
Nixoyat, kreditning o'ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidai kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit birqancha turlarda amalga oshiriladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki shakli pul va tovar shaklidan foydalanib kelgan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki oborotida iul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste'molchilik va xo'jaliklararo va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Bank krediti — kreditnipg asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidai qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo'jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
Bank krediti yo'nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo'yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg'arilishigacha xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |