Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to'lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo'jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.
Uchinchidai, kredit naqd pullar o'rniga kredit pullar (bankrot va hisob to'lovlari)ni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi.
To'rtinchidan, kreditning muhim vazifasi kapital to'planishi va markazlanishni jadallashtirish hisoblanadi.
Kredit alohida korxonalarning hissadorlik jamiyatiga aylanishi, yangi firmalarning vujudga kelishi va transmilliy kompaniyalar (TMK) tashkil topishning muhim omillaridan biri sifatida chiqadi.
Beshinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o'sishni rag'batlavtirish vazifasnii bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |