13-chizma. Jismoniy sifatlaming ko’chishi. Mashg’ulotning dastlabki bosqichlarida maksimal kuchning ijobiy oshishi ta’siri tez va siklik harakatlarda ko’rinadi. Qarshilik bilan kuchni oshirish mashqlari yadro itqitish va shunga o'xshash sport turlarida natijauing o’sishiga olib keladi; chidamlilik kross, o’rta va uzoq masofaga yugurishlarda, suzishda natijaning
oshishiga yordam beradi. Bir oyoqda chidamlilikning rivojlanishi ikkinchi oyoqqa 45 foizgachako5chadi. Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlami tarbiyalash va harakatlarga o’rgatish chambarchas aloqada olib boriladi. Jismoniy tarbiyaning bu tomonlarini o’rganish va ayrim-ayrim holda qarab chiqish ulardan har birining o’ziga xos xususiyatlarini chuqurroq
bilib olishga yordamlashadi. 14~chizma. Kuchni rivojlantirish vositalarining turkumlarga Wlinishi. (A.Teg- Ovanesyau, I. Ter-Ovanesyan, 1986. ). Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlami tarbiyalash organizmning rivojlanishi va o’sishi bilan bog’langan qator
xususiyatlarga ega:
1. 0 ’spirinlik va yoshlik davrida bitta sifatning rivojlanishi boshqa jismoniy sifatlaming o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, o’qituvchilardan jismoniy sifatlami tarbiyalashga majmuali
yondashuv talab qilinadi.
2. Organizmning rivojlanishida jismoniy sifatlaming o’sishi ayrim yoshlarda, ayniqsa, jadal ro’y beradi. Bu sezgirlik (yoki sensitiv) davrlari deb taTddlanadi. Chunonchi, mushak kuchi uchun o’sishning eng yuqori sur’ati 13-15 yoshlilarga xos, qizlarda chidamlilik ko’rsatkichi 11-13 yoshda eng jadal o’sadi, o’g’il bolalarda esa - 14 yoshda, mutaxassislaming fikri bo’yicha, 8-11 yosh tezkorlik imkoniyatlarini tarbiyalash uchun eng qulaydir. Chaqqonlikni bolalar bilan o’smirlarda taqqoslash, kattalarda esa yoshlar bilan taqqoslash bo’yicha tarbiyalash ancha qiyinroq kechadi.
3. Jismoniy sifatlami tarbiyalashda katta jismoniy yuklamalar qo’llaniladi. Agar ular asta-sekin o’stirib borilsa, bolalar va o’smirlar organizmiga ziyon yetkazmaydi. Kuchni tarbiyalash maqsadida umuman barcha mushak tizimlarining yoki ayrim mushak guruhlarining kuchim
rivojlantirishga ko’maklashuvchi maxsus mashqlar qo’llaniladi. Portlovchi va maksimal kuchni rivojlantirishning asosiy vositalari har xil turdagi og’irliklar, asbob-anjomlar (gantellar, to’ldirma to’plar, qum bilan to’ldirilgan qopchalar, shtangalar,
amortizatorli, blokli uskunalar) bilan bajariladigan mashqlardir. Har xil kuch imkoniyatlarining rivojlanishiga ta'sir o’tkazishning samaradorligini bilish uchun kuch yuklamalari bo’yicha rejalashtirish amalga oshiriladi. Masalan, katta bo’lmagan og’irlik bilan (o’z tana og’irligining 20 dan 60% gacha, maksimal og’irlikkacha) va takrorlashlaming katta miqdori bilan cho’nqayib o’tirib-turish amalga oshirilsa, asosan, kuch chidamliligi rivojlanadi; agarda bu mashq tez sur‘atda bajarilsa, u holda portlovchi kuchning rivojlanishi ro’y beradi. 0 ’sha mashqni
oxirgi va qariyib oxirgi yuklamalar bilan kam miqdorda takrorlab bajarilsa, asosan, mutlaq kuchning rivojlanishiga ko’maklashadi. Shuning uchun bolalaming kuch tayyorgarligi vaqtida mashq bajarishning u yoki bu uslublaridan to’g’ri foydalanish juda muhimdir. Jismoniy tarbiya amaliyotida mushak kuchi rivojlanishining quyidagi uslublari eng ko’p tarqalgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |