O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Insert va B/Bx/Bo texnikasini qo’llagan holda ish yuritish qoidalari



Download 3,62 Mb.
bet149/237
Sana31.12.2021
Hajmi3,62 Mb.
#243443
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   237
Bog'liq
2 5406822419266538048

Insert va B/Bx/Bo texnikasini qo’llagan holda ish yuritish qoidalari

  1. “Insert” texnikasidan foydalanib matnni o’qiydi.

  2. Olingan ma’lumotlarni tizimlashtiradi – matnga qo’yilgan belgilar asosida jadvalni to’ldiradi.








Mavzu savollari

Bilaman

Bilishni xoxlayman

Bilib oldim

1













2













3




























14-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada ertalabki gimnastikani o‘tkazish metodlari va ularning ahamiyati.

Reja:

1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada ertalabki gimnastikani o‘tkazish metodlari va ularning ahamiyati.

2.Kichik guruhlarda ertalabki gigienik gimnastikani o`tkazish.

3.Ertalabki gigienik gimnatika mashqlariga rahbarlik qilish.

Ertalabki gimnastika bolaning oila, maktabgacha ta’lim muassasasida kundalik tartibining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o‘tkazib turilishi bolalarda asta-sekin yoqimli muskul sezgisi, ijobiy emotsiyalar, xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg‘otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko‘nikishni tarbiyalaydi.

Ertalabki gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so‘ng asab tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o‘tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy emotsiyalar uyg‘otadi.

Uyqudan so‘ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolaning butun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya po‘stlog‘i qo‘zg‘aluvchanligini, shuningdek, butunmarkaziy asab tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulslar oqimi asab tizimi ish qobiliyatini va organizmning hayot faoliyatini tiklaydi.

Yuqorida aytilganlarning barchasi ertalabki gimnastikaga yoki amaliyotda qabul qilingan gimnastikaga tegishlidir. U bo- laning oilada va internat tipidagi muassasada uyg‘ongan zahoti o‘tkaziladi.

Ertalabki gimnastika to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga ta’sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashinishiga yordam beradi.

Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatning oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg‘ularini uyg‘otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarning ochiq havoda yoki darcha, derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush) bilan o‘tkazishlari sog‘lomlashtirishga katta samara beradi: asab tizimining umumiy holati va funksional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, modda almashinish reaksiyalarini yaxshilaydi, shamollash va yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, yengillik, quvonch sezgilarini uyg‘otadi.

Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi; bunda shifokor ko‘rsatmasi asosida har bir bolaga alohida yondashishga rioya qilinadi.

Shunday qilib, ertalabki gimnastika chiniqish muolajalari bilan o‘zaro aloqadorlikda bolaning xushchaqchaq kayfiyatini kun davomida saqlovchi va oshiruvchi muhim, har tomonlama jismoniy-sog‘lomlashtirish jarayoni hisoblanadi.

Ertalabki gimnastika uchun mashqlar tanlash va ular asosida gimnastika kompleksini tuzish, jismoniy tarbiya daqiqalarini o‘tkazish

Ertalabki gimnastikani o‘tkazishda mashqlarni bolalar bilan avval o‘rganilgan mashqlar ichidan oldindan tanlab olishni talabetadi. Tanlab olingan mashqlardan har kuni foydalanish uchun mashqlar komplekslari tuziladi. Kompleks uchun mashqlar tan-lash organizmning hayot faoliyatini oshirishni ko‘zda tutadi. Bunga asosiy muskul guruhlarini asta-sekin ishga jalb etish, ularni to‘g‘ri qomatni tarbiyalash maqsadlarida rivojlantirish va mustahkamlash orqali erishiladi.

Muayyan tartibda joylashgan turli muskul guruhlarini inten-siv faoliyatga tortishni ko‘zda tutuvchi mashqlar har bir mashqlar kompleksi mazmunini tashkil etadi. Bunda mashg‘ulotlarning quyidagi izchilligi belgilanadi: 1) yelka kamari muskullarini rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo‘g‘imlari, ko‘krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog‘onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar; 2) orqa muskuli va umurtqa pog‘onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangan, bu muskullarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo‘g‘imlarini rivojlantiruvchi, to‘g‘ri qaddi-qomatning shakllanishiga yordam beruvchi mashqlar; 3) qorin va oyoq muskullarini rivojlantirishga mo‘ljallangan, bu muskullarni mustahkamlashga qaratilgan va ichki organlarga massaj kabi tasir qiluvchi mashqlar. Kompleks mashqlar uchun aniq mashqlarni tanlash bolalar bog‘chalarining har bir yosh guruhi dasturi bilan muayyan guruh bolalari imkoniyatlari va salomatligining ahvoli, shuningdek, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

Ertalabki gimnastika organizmning funksional holatiga ro- hat baxsh etadigan yurish va yengil yugurish yassi tovonlikdan saqlanishni, fazoda mo‘ljal olishni ko‘zda tutuvchi uzoq davom etmaydigan mashqlar bilan boshlanadi. Bunda bolalar umum-rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun birnecha kolonna bilan yoki doira bo‘lib saflanadilar. So‘ngra yugurish (yoki sakrash) dan asta-sekin avval intensiv, keyin joyida turib yurishga o‘tish va to‘xtash bilan tugallanadigan mashqlar bajariladi.

Shunday qilib, ertalabki gimnastika jarayonida barcha asosiy muskul guruhlari ishga tushadi va butun organizmni faoliyat holatiga keltiradi. Yugurish yoki sakrash vaqtida juda katta jismoniy yuklamadan so‘ng uning asta-sekin pasayishi (yurish vaqtida) yuz beradi va to‘xtash chog‘iga kelib organizm holati avvalgi normasiga qaytadi.

Ertalabki gimnastika chog‘ida gimnastika inventarlari (bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar va hokazo) dan foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Bu ularni muayyan tartibda va kelishilgan joyda saqlashni talab etadi, chunki ularni bolalar yurish jarayonida qo‘yilgan joyidan oladilar.




Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish