Egiluvchanlik va uni tarbiyalashning uslub hamdavositalari
Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfofunksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat qismlarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlaming maksimal amplitudasi egiluvchanlikning o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak o’lchovlarida yoki chiziqli o’lchovlarda ifodalanadi. Egiluvchanlik mushak va to’qimalarning qayishqoqligiga bog’liq. Mushaklaming elastiklik xususiyatlari ko’p darajada markaziy asab tizimining ta'sirida o’zgarishi mumkin. Egiluvchanlikning namoyon bo’lishi muhitning haroratiga bog’liq: haroratning ortishi bilan egiluvchanlik ham orta boradi. Sutka vaqti boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda egiluvchanlikka ko’proq ta'sir qiladi. Masalan, ertalabki soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo’ladi. Mashg’ulot o’tkazayotganda egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta'sirida o’zgarishini e’tiborga olish kerak. Egiluvchanlikning
yomonlashuviga olib boradigan noqulay sharoitlami badan qizdirish yordamida bartaraf qilish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta'sirida sezilarli ravishda o’zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko’rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko’rsatkichlari esa ortib boradi. Faol egiluvchanlik mushak kuchi bilan bog’liq. Egiluvchanlikni rivojlantirish mashq me'yorlari 11-jadvalda keltirilgan. Maktab yoshidagi bolalar va yosh sportchilaming egiluvchanligini oshirish, suyaklaming egiluvchanligini rivojlantinshga yo’naltirish mashqlarining o’lchamlan (takrorlash soni) Suyak Takrorlash soni o’quvchilar, yoshi yosh sportchilar, yoshi suyaklar egiluvchanligini saqlab turish bosqicki 7-10 11-14 15-17 10-14 15 dan katta Umurtqa 20-30 30-40 40-50 50-60 80-90 40-50 Tos 25-25 30-35 35-15 40-50 60-70 30-40 yelka 15-25 30-35 35-45 45-50 50-60 30-40 Bilak 15-25 20-25 25-30 20-25 30-35 20-25 Tizza 10-15 15-20 20-25 15-20 20-25 20-25
Tovon 10-15 15-20 20-25 15-20 20-25 10-15 Bo’g’imlar harakatchanligini oshirayotib, go’yoki bo’g’imlarda harakatchanlikning zahiralarini yaratayotgan o’quvchi harakatni kuch va tezlik bilan bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi. Egiluvchanlik faol (kishining o z mushaklari kuchlanishi
hisobiga namoyon boladigan) va sust (gavdaning harakatlanayotgan qismiga tashqi kuchlar - og’irlik kuchi, sherikning qarshiligi va shu kabi kuchlar qo’yilishi bilan yuzaga chiqadigan) bo’lishi mumkin. Sust harakat tashqi kuchlar ta'siri natijasida amalga oshiriladi (22-chizma). Faol harakat ushbu bo’g’imlar orqali o’tadigan mushak guruhlari hisobidan bajariladi. Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va sust harakatchanlikning doimo ulkan zahirasini asraydi. Yengil atletika, gimnastika, suzish
mashg’ulotlari vaqtida bo’g’inlarda harakatchanlikni oshirishga oid mashqlar talab qilinadi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% dan foydalaniladi. 10-14 yoshda aniq maqsadga qaratilgan tadbirlami amalga oshirish orqali egiluvchanlikni samarali tarbiyalash mumkin. Agar
14 yoshda va undan keyinroq tegishli shart-sharoitlardan foydalanilmagan bo’lsa, bo’g’imlar harakatchanligi katta qiyinchiliklar bilan oshiriladi. 10-14 yoshda bo’g’imlar harakatchanligi katta maktab yoshidagilardan ko’ra qariyb ikki barobar samarali rivojlanadi. Egiluvchanlik gavdaning oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashish darajasi bo’yicha aniqlanadi. Gavdaning oldinga egilishi darajasini aniqlash uchun skameykada turib oyoq tizzalarini bukmasdan oldinga imkon qadar chuqur engashish kerak. Skameykaning chetidan to qo’lning uchinchi barmog’i uchigacha bo’lgan masofa o’lchanadi. Bo’g’imlardagi egiluvchanlikning yaxshi ko’rsatkichi 10-16 sm dir. Egiluvchanlikni tarbiyalashning barcha jarayonini uch bosqichga bo’lish mumkin:
a) “bo’g’im gimnastikasi” bosqichi; b) harakatni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichi; v) boVinlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi. “Bo’g’im gimnastikasi”ning vazifasi nafaqat bo’g’inlardagi harakatchanlikning faol va sust rivojlanish umumiy darajasini
oshirish, balki bo’g’imlaming o’zini mustahkamlashdan ham iboratdir. Shuningdek, bog’lam va mushakning mustahkamligini vujudga keltirish, qayishqoqlik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida mushak-bog’lam apparati uchun mashqlar beriladi. Ushbu bosqichda barcha bo’g’imlarga “ishlov berish” amalga oshiriladi. Egiluvchanlikning rivojlanishi uchun, ayniqsa, 10-14 yoshdagi bolalaming imkoniyatlari keng ekanligini hisobga olib, “bo’g’im gimnastikasi” mashg’ulotini aynan mana shu yosh davrida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Bo’g’imlardagi harakatchanlikni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichida sport texnikasini tezroq egallashga ko’maklashuvchi maksimal keng rivojlantirish vazifalari maqsad qilib qo’yiladi va shu asosda natijalar yaxshilanadi. Masalan, suzish texnikasini o’zlashtirish uchun boldir va tovon suyaklarini biriktiruvchi bo’g’imda, tizza va yelka bo’g’imlarida maksimal harakatchanlikni rivojlantirish muhimdir. Biroq bu suzuvchilaming boshqa bo’g’imlaridagi harakatchanlikni
rivojlantirishga ko’maklashuvchi mashq bajarishi shart emasligini bildirmaydi. Bo’g’imlarda sust harakatchanlikning yuqori darajada rivojlanishiga bolalar maxsus mashqlar bilan 2-4 oy ichida erisha oladilar. Faol harakatchanlikning rivojlanishiga ancha ko’p vaqt talab qilinadi. Mashg’ulotlarda kuch va cho’zilishga oid mashqlami to’g’ri uyg’unlashtirish zarurligini alohida ta'kidlash kerak. Kuch va harakatchanlikni alohida maksimal rivojlantirish qanchalik muhim bo’lsa, ulami o’zaro muvofiqlikda berish ham shunchalik zarurdir. Bo’g’imlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi mashqlaming har kuni bajarilishini nazarda tutadi. Agar cho’zilishga berilgan mashqlar mashg’ulotlardan chiqarib tashlansa, u holda bo’g’imlar harakatchanligi tezda yomonlashadi. Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar ko’proq rivojlantirishga erishmaslik kerak. Uni kerakli harakatlaming erkin bajarilishini ta*minlaydigan darajadagina rivojlantirish zarur. Bunda egiluvchanlik kattahgi harakatda bajariladigan maksimal amplitudadan ortiq bo’lishi kerak. Egiluvchanlikning gipertrofik, ya’ni bo’g’imlaming anatomik tuzilishi doirasidan tashqari chiqadigan rivojlanishi mutlaqo to’g’ri emas, chunki bu uyg’un rivojlanishni buzadi va pedagogic maqsadlarga zid keladi. Umurtqa pog’onalari, tos-son va yelka bo’g’imlarining harakatchanligi eng ko’p ahamiyatga ega. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho’ziluvchanlikni rivojlantiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Ular 2 guruhga: faol va sust harakatlarga bo’linadi. Faol harakatlarda biror bo’g’imdagi harakatchanlikning ortishi shu
bo’g’imdan o’tadigan mushaklaming qisqarishi hisobiga ro’y beradi. Sust harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi. Faol mashqlar bajarilish xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar (masalan, ikki va uch marta ketma-ket engashishlar); silkinish mashqlari va qayd etiladigan mashqlar; og’irlik bilan va og’irliksiz bajariladigan
mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda sharoitida gavdaning harakatsiz holatini saqlab turadigan statik mashqlar ham shu guruhga kiradi. Ularda tananing turli xil qismlarini yozish va
egish, maksimal harakatsiz holat saqlanadi. Sust statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi, ular faol egiluvchanlikni rivojlantiruvchi dinamik mashqlar kabi samarali emas, lekin sust egiluvchanlikda yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi.
Bo’g’imlarda sust harakatchanlikni rivojlantirish vositalari sifatidagi mashqlarni katta amplitudada bajarish mumkin bo’lishi kerak. Shu bilan birga, shug’ullanuvchilarga maqsadli ko’rsatma berilishi kerak “Pastga!”, “Yuqoriga!”, “Predmetga yetkaz!” va h.k. Sust harakatning rivojlanishiga ko’maklashuvchi mashqlarga shaxsiy kuchdan foydalangan holda rezinali ekspander yoki amortizator yordamida qiyinlashtirib bajariladigan harakatlar kiradi (masalan: snaryadlarda gavdani oyoqlarga cho’zishdan foydalaniladi). Bo’g’imlarda harakatchanlikning rivojlanishi davrida mushaklaming bo’shashishiga qaratilgan mashqlardan foydalaniladi. Bu esa mashqlaming samarasini oshiradi (10% gacha). Shu bilan birga, bu mashqlar bo’g’imlarda ham faollikni, ham sust harakatchanlikni yaxshilashga ko’maklashadi. Biror-bir harakatda faol harakatchanlikni oshirish ikki xil yo’l bilan sodir etiladi:
a) sust harakatlami ko’paytirish hisobiga;
b) harakatda ishtirok etuvchi mushakning maksimal kuchi
ko’payishi hisobiga.Bo’g’imlarda katta harakatchanlikka erishish uchun har kuni mashq bajarish kerak. Yanada yaxshiroq samara 2 ta bir martalik mashqlarda (ertalab va kechqurun) kuzatiladi. Cho’zilishga beriladigan mashqni ertalabki mashq majmuasiga kiritish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |