Insert va B/Bx/Bo texnikasini qo’llagan holda ish yuritish qoidalari
“Insert” texnikasidan foydalanib matnni o’qiydi.
Olingan ma’lumotlarni tizimlashtiradi – matnga qo’yilgan belgilar asosida jadvalni to’ldiradi.
№
|
Mavzu savollari
|
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
…
|
|
|
|
|
8-mavzu: Safda turish mashqlarining turlari va ularning mohiyati.
Reja.
1.Saflanish va qayta saflanish.
2.Doira bo‘lib saflanish.
3.Bolalarni saf mashqlariga bosqichma bosqich o’rgatish.
Saflanish va qayta saflanish mashqlariga turli saflanishlar, qayta saflanishlar, tuzilishlar, saf tortib turishlar, burilishlar kiradi. Bu mashqlar mashg‘ulotlar jarayonida bolalarni oqilona va tashkiliy ravishda joylashtirish va yurg‘izish uchun xiz- mat qiladi. Shuningdek, ular intizomlilikni, birgalikda kelishib harakat qilishni, tarbiyachining ko‘rsatmalarini bajara bilish ma horatini tarbiyalash vositasi bo‘lib, “qator”, “kolonna” “doira”, “ilon izi”, “diagonal”, “bo‘lim” (zveno) va boshqa tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Safda turib bajariladigan mashqlar tik, to‘g‘ri qaddi-qomatning yengil va chiroyli yura bilishni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |