Kaynozoy burmalanishi oblastlari. Kaynozoy erasida eng so‘nggi va yosh
burmalanish - alp orogenizi sodir bo‘ldi. Bu davrning g‘oyat harakatchan tog‘ hosil
bo‘lish jarayoni yuqori proterozoy va paleozoy geosinklinal mintaqasida ro‘y
berdi. Alp burmalanishining harakterli harakterli xususiyati shundan iboratki,
materik relefida keng tarkalgan asosiy strukturalar-baland tog‘ tizimlari, tog‘
tugunlari, tog‘ massivlari va o‘lkan tog‘liklar juda aniq ifodalangan. Bu
strukturalar g‘arbda Alp tog‘laridan boshlanib sharqda Himolay tog‘larigacha
davom etadi va Alp-Himolay mintakasini tashkil etadi. Bu mintaka tashqi va ichki
zonalardan iborat. Kimmeriy burmalanishi asosan tashqi zonadagi Karpatoldi,
dashtli Qrim, Kavkazoldi va Kopetdog‘oldi burmalarini vujudga keltirdi. Alp
bosqichida vujudta kelgan Alpoldi platosi, O‘rta Dunay va Padan tekisliklari,
Andaluz, Mesopotamiya hamda Hind-Gang paspekisliklari ham tashqi zona
tarkibiga kiradi.
Alp burmalanishi ichki zonaning strukturasini tashkil etuvchi Alp-Karpat,
Pireney tog‘ tizimlari, Tog‘li Qrim, Kichik Osiyo, Eron, Tibet tog‘liklarini,
Kavkaz, Kopetdog‘, Oloy, Hinduqush, Himolay tog‘ tizimlarini hamda ularni bir-
biri bilan bog‘lab turuvchi yirik tog‘ tugunlarini - Armaniston tog‘ligi, Pomir,
Sharqiy Tibet va boshqalarni vujudga keltirdi.
Alp burmalanishi materikning sharqiy qismida, Tinch okean sohillarda ham
yuz bergan. Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog‘lari yoy shaklida cho‘zilgan
bo‘lib, ular Koryak tog‘ligi va Kamchatkadan boshlanib Filippin, Katta Zond
orollarigacha davom etadi. Bu mintaqa uchun vulkanik orollar yoyi va chuqur
okean cho‘kmalari harakgerli.
Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog‘ yoylari shimoldan janubga qarab
kelishda uchta tarmoqni hosil qiladi: 1) Korya-Kamchatka- Kuril, 2) Saxalin-
Yapon orollari, 3) Ryukyu-Tayvan-Filippin orollari. Kamchatka yarim orolidagi
meridian yo‘nalgan Sharqiy tizmalar tashqi antiklinoriyga, O‘rta tizmalar ichki
antiklinoriyga to‘g‘ri keladi. Bu tizmalar orasida Kamchatka vodiysi joylashgan.
Xuddi shunday Saxalin orolida ham Sharqiy Saxalin va G‘arbiy Saxalin tog‘
tizmalari shu nomli antiklinoriylarga to‘g‘ri kelib, ularni Tim’-Poronay vodiysi
ajratib turadi.
Umuman, Yevrosiyo materigining katta qismini egallab yotgan eng baland
tog‘ tizimlari, yirik tog‘ massivlari, tog‘liklari va tog‘ tugunlari alp
burmalanishining mahsuli hisoblanadi. Tektonik harakatlar Alp-Himolay va Tinch
okean mintaqalarida hozir ham faol davom etmokda. Bu esa alp tog‘ hosil bo‘lishi
jarayoni o‘zining rivojlanish tarixini hozirgi kunda ham tugatmaganligidan darak
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |