O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Geologik tuzilishi 

Yevrosiyoning  geologik  tuzilishida  barcha  geologik  davrlarda-kembriydan 

oldingi davrdan boshlab to‘rtlamchi davrgacha paydo bo‘lgan metamorfik, otqindi 

va  cho‘kindi  tog‘  jinslari  ishtirok  etadi.  Bu  tog‘  jinslari  materik  hududida  g‘oyat 

xilma-xil bo‘lib, ular tektonik harakatlar natijasida bir necha marta o‘zgarishlarga 

duch  kelgan  murakkab  geologik  hodisalarni  o‘zida  aks  etdiradi.  Yevrosiyoning 

hozirgi mavjud 

bo‘lgan  geologik  strukturasining  shakllanishida  Yer  yuzidagi 

ma’lum  barcha  davr  burmalanishlari  ro‘y  bergan.  Bu  burmalanishlar  natijasida 

materiknint  asosiy  struktura  birliklari  platformalar,  burmalangan  tog‘lar, 

geosinklinallar hamda xilma-xil tektonik shakllar vujudga kelgan. 

Kembriydan  oldingi  burmalanish  oblastlari.  Materikning  eng  qadimdan 

kontinental  rejimga  o‘tgan  qismi  kembriydai  oldin  vujudga  kelgan  platformali 

strukturalardir.  Ularni  paleozoy,  mezozoy  va  kaynozoyda  hosil  bo‘lgan  cho‘kindi 

jinslar qoplab  olgan. Yevrosiyoning qadimgi  yadrolaridan biri  Sharqiy  YYevropa 

yoki  Rossiya  platformasidir.  Bu  platforma  o‘rta  proterozoyda,  Kareliya 

burmalanishi  davrida  shakllangan.  Uning  g‘arbiy  qismi  uchun  Boltiq  va  Ukraina 

qalqonlari hamda Belorus va Voronej anteklizalari harakterli. Platformaning botiq 

zaminidagi  asosiy  strukturalar  sineklizalardir.  Uning  g‘arbida  Polsha-Germaniya, 

Boltiq  sineklizalari  va  sharqda  Moskva,  Pechora,  Kaspiybo‘yi  sineklizalari 

mavjud. 

Arxey  va  proterozoyda  hosil  bo‘lgan  kristall  jinslar-gneyslar,  fanitlar, 

slyudali  slaneslar,  amfibolitlar,  fillitlar,  kvarsitlar,  qumtoshlar,  platformaning 

burmalangan, murakkab dislokatsiyalashgan zaminini tashkil etadi. Platformaning 

usti  yoshroq,  jinslar  bilan  qoplangan  bo‘lib,  ular  uncha  burmalangan  emas. 



Yoshroq jinslarning qalinlig‘i turli joylarda turlicha bo‘lib, zamin relefining past-

balandligiga  bog‘liq.  Qadimiy  kristall  jinslar  kalqonlarda  va  anteklizalarda  yer 

yuzasiga  yaqin  va  ayrim  joylarda  yer  yuzasiga  chiqib  yosa,  sineklizalarda  2000-

4000 m, Kaspiybo‘yida esa 10000 m dan ham pastda yotadi. 

  

Materikning  Osiyo  qismidagi  qadimiy  kristall  jinsli  platformali  yadrolar 



Sibir,  Xitoy,  Arabistov  va  Hindiston  platformalaridan  tashkil  topgan.  Sibir 

platformasining  geologik  tuzilishi  va  rivojlanib  tarixi  ko‘p  jihatdan  Sharqiy 

YYevropa  platformasiga  o‘xshaydi.  Biroq  undan  farqi  shundan  iboratki,  Sibir 

platformasi  yuqori  proterozoyda  shakllangan  va  1  mln.  km2  dan  ziyod  maydoni 

trappa  magmalari  bilan  qoplangan.  U  o‘zining  hududiy  chegarasi  jihatdan  O‘rta 

Sibir yassi tog‘ligiga to‘g‘ri keladi. 

Platforma  zaminining  ko‘tarilib  turgan  katta  qismlari  Aldan  qalqoni, 

Anabara  massivi,  Yenisey  va  Turuxan  balandliklarini  tashkil  etadi.  Uning  botiq 

qismlari 

Tunguska, 

Vilyuy, 

Xatanga 


sineklizalaridan 

va 


Angara-Lena 

bukilmasidan  iborat.  Bu  sineklizalar  turli  xil  davrlarda  hosil  bo‘lgan:  Tunguska 

sineklizasi  quyi  paleozoyda,  Xatanga  sineklizasi  o‘rta  paleozoyda  va  Vilyuy 

sineklizasi  mezozoyda  cho‘kkan.  Ularning  chuqurligi  6-8  km  gacha  yetadi.  Sibir 

platformasining geologik tuzilishi O‘rta Sibir yassi tog‘ligi yer yuzasining asosiy 

xususiyatlarini belgilaydi. 

Xitoy  platformasi  alohida-alohida  Shimoliy  Xitoy,  Janubiy  Xitoy,  Tarim, 

Tibet kabi barqaror massivlardan tarkib toptan. Bu massivlar ehtimol kembriydan 

oldin  bir  butun  platformani  tashkil  etgan  bo‘lsa  kerak.  Yevrosiyoning  janubiy 

qismida  joylashgan  Arabiston  va  Hindistoi  platformalari  geologlarning  faraziga 

ko‘ra Gondvana  quruqligining parchalangan bo‘laklari bo‘lib, ular paleogenning 

oxiri  va  neogenning  boshlarida  materikka  qo‘shilgan.  Bu  platformalarning  ayrim 

joylarida  qadimiy  zamin  yer  yuzasiga  chiqib  yotib,  materikning  Osiyo  qismida 

qalqonlar  tizimini  tashkil  etadi.  Bular  Arabiston,  Sino-Koreya  va  boshqa 

qalqonlardir. 

Osiyodagi  platformalar  Sharqiy  YYevropa  platformasidan  farq  qilib,  ular 

harakatchan qadimiy platformalar guruhiga kiradi. Bu platformalar dengiz sathidan 

ancha  balandda  joylashgan  bo‘lib,  kontinental  yotqiziqlarning  yuvilib  ketish  va 

to‘planish  jarayonlari  harakterli.  Osiyo  platformalari  harakatchan  bo‘lganligi 

tufayli  bu  yerda  chuqur  tektonik  yoriqlar  faqat  qadimiy  zaminda  sodir  bo‘lib 

qolmasdan,  ularni  qoplab  olgan  cho‘kindi  qatlamda  ham  yuz  beradi.  Natijada 

magmalar  otilib  turli  yoshdagi  trappa  formatsiyalarinp  hosil  qiladi.  Jumladan 

Hindiston  yarim  orolining  1mln  km2  maydonini  qoplab  olgan  va  qalinligi  3000-

4000  m  keladigan  trappa  magmalari  yuqori  trias  va  yura  davrida,  Arabiston 

platformasining  janubi-g‘arbidagi  trappa  magmalari  bo‘r  va  uchlamchi  davrlarda, 

Xitoy  platformasining  janubi-g‘arbidagi  trappa  mashalari  permdan  keyin  hosil 

bo‘lgan. 

Yevrosiyoda  kembriydan  oldingi  burmalanish  natijasida  vujudga  kelgan 

geologik  strukgurali  oblasglardan  tashqari  Baykal  burmalanishi,  paleozoy 

(kaledon,  gerpin)  burmalanish,  mezozoy  burmalanishi  va  kaynozoy  (alp) 

burmalanishi oblastlari mavjud. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish