O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

QURUQLIKDAGI TABIAT ZONALARI 

Reja: 

1.  Geografik mintaqalar va zonalar.  

2.  Sektorlik.  

3.  Balandlik mintaqalari. 

4.   Qutbiy nomutanosiblik. 

Geografik  mintaqalar  va  zonalar.  Yer  Yuzasining  notekis  isishi  havo  

massalari  zichligini  turli  xil  bo’lishi  ga  kuchli  ta’sir  etadi.  Bu  esa  troposferada 

termodinamik tenglikni bo’zilishiga va havo  massalariniig sirkulyatsiyasiga olib 

keladi.  Oqibatda  troposferada  bir  necha  sirkulyatsiya  zonalari  hosil  bo’lib, 

geografik  mintaqalarni  vujudga  keltiradi.  Bo’lar  ekvatorial,  tropik,  mo’tadil, 

qutbiy-asosiy mintaqalar va subekvatorial, subtropik, subarktika (subantarktika) - 

o’tkinchi. mintaqalardir. Har qaysi asosiy mintaqa uchun o’zining havo  massasi 

harakterli,  o’tkinchi  mintaqalarda  esa.  fasllarga  qarab  qo’shni  asosiy 

mintaqalarning havo  massalari hukmronlik qiladi. Masalan, ekvatorial mintaqada 

ekvatorial havo  massasi, subtoroik mintaqada tropik va mo’tadil havo  massalari 

hukmronlik qiladi. 

Geografik  mintaqalarning  nomi  asosan  iqlim  mintaqalarining  nomi  bilan 

to'g'ri  keladi.  Bunga  sabab,  landshafta  arning  energetik  asosini  Quyosh 

radiatsiyasi  tashkil  etadi.  Quyosh  radiatsiyasi  landshaftlarda  issiqlik  va  namlikni 

taksimlanishi,  fasliy  ritmiklik  orkali  namoyon  bo’ladi.  Binobarin,  geografik, 

miyatakalaryi  shakllanishida  iqlim  omili  yetakchi  rol  o’ynaydi.  Geografik 

mintaqalarni  iqlim  mintaqalari  bilan  to'g'ri  kelyshy  birinchidan,  zonallik 

qonuniyatining  umumsayyoraviy  harakterga  ega  ekanligida  bulsa,  ikkinchidan 

uning  barcha  geografik  komponentlarda  va  tabiat  komplekslarida  o’z  ifodasini 

topganligidadir. 

Geografik  mintaqalar  zonal  farqlariga  ko’ra  landshaft  zonalariga  bo’linadi. 

Landshaft  zonalari  geografik  mintaqalarning  yirik  tarkibiy  qismi  hisoblanadi. 

Ular  mintaqalar  doirasida  issiqlik  va  namlik  miqdori  hamda  nisbatiga  qarab 

muayyan  tartibda  qonuniy  almashinib  boradigan  landshaft  komplekslaridir. 

Shuning  uchun  geografik  zonallik  ladshaft  sferasining  eng  harakterli 

xususiyatidir.  Tabiat  zonalari  ham  geografik  mintaqalar  singari  ekvatordan 

qutblar  tomon  birin-ketin  almashinib  boradi.  Shimoliy  yarim  sharning  Arktika 

mintaqasida  Arktik  yoki  muz  saxrolar  zonasi,  subarktika  mintaqasida  tundra  va 

o’rmon tundra zonalari, mo’tadil mintaqada tayga, aralash o’rmonlar, keng bargli 

o’rmonlar,  o’rmon  dasht,  chala  cho’l  va  cho’l  zonalari,  preriylar,  subtropik 

mintaqada  doimiy  yashil  o’rmonlar  va  butazorlar,  subtropik  cho’llar,  nam 

subtropik  o’rmonlar,  tropik  siyrak  o’rmonlar,  savannalar,  tropik  chala  cho’l  va 

cho’l  zonalari  va  boshqa  lar  mavjud.  Bo’lar  kenglik  zonallik  qonuniyatining 

mahsulidir.   

Har qaysi zona o’zining ma’lum miqdordagi namlanish koeffitsiyentiga ega. 

Shuning  uchun  landshaft  zonalarining  chegaralari  namlanish  koeffitsiyenti 

miqdori  Bilan  aniqlanadi.  G.N.Visotskiy  va  N.N.Ivanovlar  buyicha  namlanish 



koeffitsiyenti  tundra  va  tayga  zonalarida  1  dan  ortik,  o’rmon  dashtda  1,0-0,6, 

dashtda 0,6-0,3, chala cho’lda 0,3-0,12 va cho’lda 0,12-0,01 ga teng. 

Okeandagi  geografik  mintaqalar.  Geografik  mintaklar  yoki  zonalar  faqat  materik 

uchun  harkterli  bo’lib  kolmasdan,  balki  okeanlar  uchun  ham  harakterlidir. 

Okeandagi  mintaqalar  quruqlikdagi  mintaqalarga  nisbatan  kenglik  bo’ylab 

joylashish  xususiyatiga  ega.  Faqat  Atlantika  okeanining  shimoliy  qismida 

Grenlandiya  va  Labrador  sovuq  oqimi  hamda  Shimoliy  Atlantika  iliq  oqimi 

(Golfstrim)  ta’sirida  subarktika  mintaqasining  chegarasi  parallel  yunalishdan 

chekinib, dioganal buyicha o’zgaradi. Okeandagi geografik mintaqalar ko’p chilik 

holatlarda  zonalar  deb  ham  ataladi.  D.V.Bogdanov  Dunyo  okeanida  11  ta  zona 

borligini  aniqlagai.  Quyida  D.V.Bogdanov  buyicha  okean  va  quruqlik  zonalarini 

keltiramiz  (1-jadval).  Bunda  Siz  okean  va  quruqlikdagi  zonalarni  bir-biri  bilan 

taqqoslab, ularning o’xshalik tomonlarini va tafovutlarini bilib olasiz. 

Agar  jadvalda  keltirilgan  okean  va  quruqlik  zonalarini  bir-biriga  bo’lgan 

nisbatini  taqqoslasak,  D.V.Bogdanovning  okeanda  ajratgan  geografik  zonalari 

quruqlikdagi alohida-alohida zonalarga emas, balki uning geografik mintaqalariga 

yoki  landshaft  zonalari  guruxiga  to'g'ri  keladi.  Okean  zonalarini  quruqlikdagiday 

yanada  maydarok  zonalarga  tabaqalash  uchun  ko’p  lab  faktik  materiallarga  va 

mukammal bilimga ega bulmoq lozim. 

1-jadval 

Okean va quruqlik zonalari 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish