Geografik kobikning xususiyatlari va vertikal chegaralari.
A.A.Grigorev 1937 yilda uzining "Yer kurasi tabiiy geografik kobigining
tarkibi va tuzilishini analitik tavsifi tajribasi" monografiyasida geografik
kobikning mavjudligini va uni tabiiy geografiya fanining urganish predmeti
ekanligini ilmiy asoslab berdi. Geografik kobik Yerning boshka sferik
kobikdaridan uziga xos bulgan bir kator xususiyatlari bilan farq kiladi. Bular
birinchidan, geografik kobikning tarkibiy kismlari - litosfera, gidrosfera,
atmosfera va biosferalar doimiy ravishda uzaro alokadorlikda bulishi va bir-biriga
ta’sir etishidir; ikkinchidan, geografik kobikdagi tirik organizmlar, tuprok va
usimliklar koplami Quyosh energiyasi ta’sirida bulib uni uzlashtiradi, modda va
energiya almashinish jarayonini vujudga keltiradi; uchinchidan, geografik kobikda
organik, xayotning, jumladan kishilik jamiyatining mavjudligidir.
Geografik kobikda uzaro hamkorlik va boglikdikning doimiy ravishda
mavjudligi komponentlararo modda va energiya almashynuvini vujudga. keltiradi.
Modda va energiyaning almashinuvi geografik kobikning, uning strukturasi va.
dinamik rivojlanishini tub moxiyatini tashkil etadi.
A.Ye.Krivolutskiy (1977) geografik kobikning shakllanish tarixi va funksional
xolatiga e’tibor berib, uning kuyidagi xususiyatlarini belgilaydi: 1) geografik kobik
sayyoraviy tabiiy geografik kompleks bulib, u atmosfera, gidrosfera, litosfera va
biosferaning bir-biriga singash va aynan uzaro ta’sir kilish zonasidir; 2) geografik
kobik uzining tarkalishida uzluksizdir, lekin shu bilan birga u bir vaktiing uzida
uni tashkil etuvchi kismlarga tabakalangandir; 3) geografik kobik ochik tizimdir, u
Yer sayyorasining yukori va kuyi sferalari bilan modda va energiya almashinadi,
shu bilan birga u yakkol ifodalangan mustakillikka ham egadir; 4) geografik
kobikda sodir bulayotgan barcha xodisa va jarayonlar geografik zonallik
konuiiyatiga buysunadi. Landshaft zonalari geografik kobikning asosiy tarkibiy
kismlaridir; 5) geografik zonallik iklimiy zonallik bilan belgilanadi, geografik
kobikning shakllanishidagi va rivojlanishidagi asosiy omil iklimdir, sayyoraviy
iklimiy jarayondir.
Geografik kobik sayyoraviy mikyosda bir butun xolatda mavjud bulishiga
karamasdan u aloxida ajralgan va chegaralangan berk tizim emas, balki tashki
tomoni kosmosga va ichki tomoni yer pusti va yadro kobigiga ochik bulib, doimiy
ravishda ularning turli-tuman ta’siriga duch kelib turadi. Geografik kobikda sodir
bulayotgan barcha tabiiy geografik jarayonlar issiklik enargiyasi ta’sirida vujudga
keladi. Bu jarayonlarning asosiy kismi Quyosh energiyasi va kamrok kismi
Yerning ichki energiyasi ta’sirida yuz beradi. Vulkanlar otilishi tufayli magma
jinslari yer yuziga chakadi, turli xil gazlar atmosferaga kushiladi, tuzlar esa
gidrosferaga va biosferaga tushadi. Kosmosdan yer yuzasiga kosmik nurlar va
changlar, meteoritlar kelib tushadi. Demak, geografik kobik ham uzluksiz alokada.
Lekin shunga karamasdan geografik kobikning uziga xos xususiyatlarini belgilab
beruvchi yukori va kuyi chegaralari mavjud. Bu chegaralarni aniklash tabiiy
geografiya uchun muxim ahamiyatga ega. Avvalo geografik kobik kat’iy
chegaraga ega zmas. Aniklangan va utkazilgan chegaralar nisbiy bulib, uning
kdpinligi ekvatordan shimoliy va janubiy kutblarga tomon kamayib boradi.
Shuning uchun geografik kobikning yukori va kuyi chegarasini, uning kalinligini
turli olimlar turlicha utkazishadi va belgilashadi.
Masalan, A.A.Grigorev geografik kobikning yukori chegarasini 20-25 km
balandlikdan, stratosferaning ozonli katlamidan utkazadi. Kuyi chegarasini yesa
yer pusti katlamining pastidan urtacha 20-30 km kalinlikdan (kuruklikda 60-80 km
va okean chukmalari tagida 5-8 km) utkazadi. Shunday kilib, A.A.Grigorev
buyicha geografik kobikding kalinligi materiklarda 50-100 km ni va okeanlarda
35-45 km ni tashkil etadi.
S.V.Kalesnik geografik kobikka troposferami, butun gidrosferani, biosferani
va litosferaning yukori 4-5 km chukurlikkacha bulgan katlamini kiritib, uning
kalinligini 30-35 km atrofida belgilaydi.
A.G.Isachenko geografik kobikning kuyi chegarasini stratosferaning ya’ni
chukindi jinslar sferasining tagidan utkazishni taklif etadi. Chunki bu sfera
geografik kobikning tarixiy tarakdayoti natijasida xrsil bulgan mahsuldir. Chukindi
jinslar tirik organizmlarning faoliyati, suv va xavo okimlarining doimiy harakati
hamda boshka jarayonlar tufayli vujudga kelgan. Darhaqikat, 4-5 km chukurlikdan
keyin atmosfera elementlari, xavo, suyuk suv, tirik organizmlar uchramaydi, ammo
geografik kobikka yot bulgan jarayonlar boshlanadi. Geografik kobikning yukori
chegarasini troposferadan urtacha 10-12 km balandlikdan utkazadi. Troposfera
atmosferaning kuyi kdsmi bulib, unda xavo massasining sirkulyatsiyasi,
namlikning saklanishi va aylanishi, kattik, zarrachalarning mavjudligi, xavo okimi
yordamida bakteriyalarning, usimlik sporalari va changlarining to uning yukori
chegarasigacha kutarilishi harakterlidir. Stratosferada esa aksincha, bunday
xodisalar ruy bermaydi.
Binobarin, Yerning geografik kobigi deb ataluvchi bir butun va murakkab
strukturaga ega bulgan geokompleksning tabiiy chegaralari troposferaning yukori
goryzontidan boshlanib, yer pustining kuyi gorizontigacha davom etadi. U
Yerning juda ham yirik disimmetrik kobigi bulib, uning kalinligi ekvatrdan kutblar
tomon uzgarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |