O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Subarktika  mintaqasining  tabiat  zonalari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet435/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Subarktika  mintaqasining  tabiat  zonalari.  Subarktika  mintaqasi  ikkita 

landshaft zonasidan - tundra va o‘rmon-tundradan tarkib topgan. 



Tundra  zonasi.  Tundraga  Yevrosiyo  materigining  shimoliy  chekka  qismi  va 

Shimoliy  Muz  okeanidagi  Novaya  Zemlyaning  Janubiy  oroli,  Kolguchev, 

Vaygach,  Novaya  Sibir  orollari  kiradi.  Tundra  shakllanish  tarixiga  ko‘ra  yosh 

landshaftlar  hisoblanadi.  Bu  yerda  materik  muzliklari  uzoq  vaqt  hukmronlik 

qilgani uchun relef shakllarida ularning izlari hozirga qadar ham yaxshi saqlangan. 

Tundraning  katta qismini  relefi tekislik bo‘lib,  qirlar  va  tog‘lar  Fennoskandiyada, 

Ural  tog‘lari  yaqinida,  Yenisey  daryosidan  sharq  tomonda  uchraydi.  Tundraning 

iqlim sharoiti juda qattiq, qishi sovuk bo‘lib uzoq davom etadi, yozi  qiska, yog‘in 

miqdori g‘arbdan sharqda qarab keskin kamayib boradi. Masalan, Murmansk sohili 

tundralarida  yiliga  400  mm,  Dudinkada  254  mm,  Xatangada  227  mm  va  Lena 

deltasida  86  mm  yog‘in  tushadi.  Tundra  hududida  ko‘p  yillik  muzlab  yotgan 



gruntlar keng tarqalgan. Tundra zonasi landshaftlarining ichki zonal tafovutlariga 

ko‘ra uchta zonachaga bo‘linadi: Arktika tundrasi, tipik tundra va janubiy tundra. 

1.  Arktika  tundrasi  materikning  eng  chekka  shimoliy  qismini,  Arktikaning 

janubiy  orollarini  egallab  olgan  va  Arktika  saxro  landshaftlari  bilan  tutashgan. 

Havo  harorati  yil  davomida  past  bo‘ladi.  Iyulning  o‘rtacha  harorati  5°-6°S  ga 

yetng.  O‘simliklar  kam  tarqalgan,  mox  va  lishayniklar  siyrak  o‘sadi.  Arktika 

tundrasi kuchli botqoqlangan, ayniqsa gipn  botqoqliklari  hukmronlik qiladi. Zona 

uchun  harakterli  bo‘lgan  poligonal  tundra  tuproqlarida  gleylashish  jarayoni  juda 

sust davom etadi. 

2.  Tipik  tundra  yoki  mox-lishaynikli  tundra  ham  deb  ataladi.  Bu  zonacha 

Arktika tundrasidan janubroqda joylashgan bo‘lib, uning yer yuzasini sidirg‘asiga 

lishayniklar  va  moxlar  qoplab  olgan.  Mox  va  lishaynikli  tundralar  substartga 

bog‘liq holda bir-birini almashtirib turadi. Tipik tundrada bulardan tashqari doimiy 

yashil  bagulnik,  brusnika,  golubika,  Kassandra  kabi  rezavor  butachalari,  kaklik 

o‘ti,  moroshkalar  o‘sadi.  Gilli  uchastkalar  uchun  olachalpok  tundra  harakterli. 

Tipik tundra zonachasi Arktika tundrasiga nisbatan bir oz iliqroq. Iyulning o‘rtacha 

harorati 60-9°S gacha ko‘tariladi. 

3.  Janubiy  tundra  yoki  butazorli  tundra  janubda  o‘rmon-tundra  bilan  tutash 

joylashgan.  Bu  zonacha  tundra  zonasining  eng  ilik  joyi  hisoblanadi.  Iyul  oyida 

havoning o‘rtacha harorati 9°-11°S ni tashkil etadi. Asosiy tuprok tili tundra-gley, 

torfli-gleyli  va  botqoq  tuproqlardan  tarkib  topgan.  Ular  sfagn,  politrix  moxlari, 

lishayniklar va turli xil butalar bilan qoplangan. Pakana qutb qayini, qutb tollaridan 

tashkil  topgan  butazorlar  keng  tarqalgan  va  ular  yerniklar  deb  ataladi. 

Butazorlarning  bo‘yi  50-70  sm  ga  yetadi.  Ahyon-ahyonda  bo‘yi  3-4  m  ga 

yetadigan daraxtlar ham uchraydi. Sharqiy YYevropa tundrasidagi daraxtlar qayin, 

yel, olxadan, Sibir tundrasidagi daraxtlar esa tilogochlardan iborat. Shimol bug‘usi, 

qutb tulkisi-peses va lemminglar tundraning tipik hayvonlari hisoblanadi. Tipik va 

janubiy tundralardagi fitomassalarning umumiy zaxirasi 25 t/ga ni tashkil etadi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish