O‘tkinchi zona. O‘tkinchi yoki oraliq zona Dunyo okeanining alp
geosinklinal mintaqasi uchun harakterli. Atlantika va Hind okeanlarining
ko‘pchilik cheka qismlarida, Shimoliy Muz okeanining hamma joyida
materiklarning suv osti qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkinchi zonasiz okean lojesi bilan
tutashgan. Tinch okeanning cheka qismlarida, Hind okeanining shimoli-sharqiy
chekkasida, Atlantika okeanining Karib dengizida materiklarning suv osti chekkasi
bilan okean lojesi oralig‘ida g‘oyat murakkab geosinklinal tizim vujudga kelgan.
Bu tizim polosasi o‘tkinchi yoki oraliq zonadir. Uning maydoni 30,6 ml. km2 ga
teng. Oraliq zona chuqurligi 4000-5000 m gacha bo‘lgan botiqlar, yoysimon
tizilgan orollar va chuqur suv osti cho‘kmalari kabi relef shakllaridan iborat.
Orollar yoyi suv osti tog‘ tizmalari bo‘lib, ularning aksariyati kelib
chiqishiga ko‘ra vulkanik tog‘ orollaridir. Harakatdagi vulkanlarning 70 % orollar
yoyida joylashgan. Kuril orollar yoyi bunga yaqqol misoldir. Buntan tashqari
Dunyo okeanida Aleut, Yapon, Filippin, Antil va boshqa orollar yoyi ham mavjud.
Oraliq zonaning chuqur suv osti cho‘kmalari juda tor, lekin minglab kilometr
masofaga cho‘zilgan. Bular Aleut, Kuril-Kamchatka, Marianna, Kermadek, Peru,
Chili kabi cho‘kmalardir. Dunyo okeanining eng chuqur nuqtalari ana shu
cho‘kmalarda joylashgan. Masalan, Marianna cho‘kmasining chuqurligi 11022 m,
Tonganiki 10882 m, Filippinniki 10265 m, Karmadekniki 10047 m. Bu zona yer
po‘stining alohida geosinklinal tipini tashkil etadi.
Okean lojesi. Dunyo okeani tagi relefi va geologik strukturasining asosiy
qismini 3000 m chuqurlik bilan 6000 m chuqurlik orasida joylashgan okean lojesi
tashkil etadi. Maydoni 195 mln. km2 yoki Dunyo okeani tagining 50 % dan
ko‘proq maydonini egallaydi. Okean lojesi relefi va tektonik strukturasi okean
botiqlari va ularni ajratib turgan okean ko‘tarilmalaridan iborat. Uning katta qismi
o‘rtacha chuo‘urligi 5000 m atrofida bo‘lgan botiqlar bilan band. Bular Tinch
okeandagi Shimoli-Sharqiy, G‘arbiy va Janubiy botiqlar, Atlantika okeanidagi
Shimoliy Amerika, Braziliya va Kongo botiqlari, Hind okeanidagi Markaziy va
G‘arbiy Avstraliya botiqlari, Shimoliy Muz okeanidagi Amundsen, Nansen va
Kanada botiqlaridir. Botiqlar yuzasi past-baland abissal tipdagi relef shakllaridan,
yassi va qiya abissal tekisliklardan tashkil topgan.
Okean lojesidagi ko‘tarilmalar morfologik jihatdan tizmalarga (okean
o‘rtasidagi suv osti tog‘ tizmalari bundan mustasno), balandliklarga va platolarga
bo‘linadi. Bunday morfoloik strukturalarga Tinch Okeandagi Gavay tizma tog‘i,
Shatskiy balandligi, Manikixi platosi, Atlantika okeanidagi Bermud platosi misol
bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |