dashtlar zonasi joylashgan. Dashtlar Janubiy Amerikada pampalar deb ataladi.
Pampa indeetslar tilida daraxtsiz erlar degan ma’noni bildiradi. Dashtlarda asosan
boshoqli va turli xil o‘t o‘simliklar o‘sadi. Ular orasida chalov, yovvoyi tariq, suli,
borodach, boshoqdoshlar va soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi turli xil o‘t
o‘simliklari ko‘pchiilkni tashkil etadi. Dashtlar zonasi subtropik iqlim mintaqasida
shakllangani uchun qish oylarining o‘rtacha harorati doimo musbat bo‘lib +10°,
15°S ni tashkil etadi. YOz oylarining o‘rtacha harorati 20°, 25°S ga teng. Sernam
subtropik iqlim sharoitida hosildor qizil ferralit tuproqlar, qurg‘oqchil erlarda esa
kora tuproqlar hosil bo‘lgan. Pampalarda lamalar, tuyaqushlar, pampa bug‘usi,
pampa mushugi kabilar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: