O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

 

Hayvonot dunyosi 

Janubiy  Amerikaning  hayvonot  olami  o‘simlik  qoplamiga  o‘xshash 

nihoyatda  xilma-xil,  qadimiy  va  endemik  turlarga  boy.  Bunga  sabab,  birinchidan 

materik  tabiiy  sharoitining  rang  barangligi  bo‘lsa,  ikkinchidan  fauna 

kompleksining rivojlanish tarixini eng qadimdan to hozirga qadar uzluksiz davom 

etib kelayotganligidir. 

Materikning  hayvonot  dunyosi  Neotropik  zoogeografik  oblastga  mansub 

bo‘lib, ikkita kichik zoogeografik oblastga bo‘linadi. Bo‘lar Janubiy Amerikaning 

shimoliy katta qismini o‘z ichiga olgan Gviana Braziliya va janubiy tekislik, plato 

hamda And tog‘larini Ekvadorgacha bo‘lgan qismini o‘z ichiga olgan Patagoniya-

And kichik zoogegrafik oblastlaridir.  

Janubiy Amerikaning eng katta  maydonini egallab olgan nam ekvatorial va 

nam tropik o‘rmonlarida organik hayotning vujudga kelishi va shakllanishi uchun 

mezozoy  erasidan  boshlab  optimal  sharoitning  mavjudligi  o‘rmon  fauna 

kompleksini keng ko‘lamda rivojlanishiga kulay imkon yaratib bergan. Shu bilan 

bir  qatorda  siyrak  o‘rmonli  va  o‘rmonsiz  savannalarning  dasht,  chalacho‘l  va 

cho‘llar  bilan  ham  ohangligi  ochiq  yerlarda  yashaydigan  hayvonlarning  va 

qushlarning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. 

Materik  hayvonot  olamining  o‘ziga  xosligi  va  endemik  turlarga  boyligi 

shundan iboratki, yerda yashaydigan 133 ta hayvonot naslidan 105 tasi yoki 80% 

endemik  hisoblanadi.  Neotropik  oblastining  sut  emizuvchilari  orasida  14  ta 

endemik  oila  mavjud.  Yer  yuzidaga  ornitofauna  turlarining  25%  i  Janubiy 

Amerikaga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  Palearktika  zoogeografik  oblastidagi  ornitofaunaga 

nisbatan  2,5  marta  ko‘p.  Qushlarning  920  ta  naslidan  730  tasi  endemik.  Rang-

barang  bo‘lgan  hashoratlarning  5600  ta  naslidan  61%  i  endemiklardan  tarkib 

topgan. Daryolarida baliqlarning 2000 ga yaqin turi yashaydi. 

Neotropiklarning 

Gviana-Braziliya 

kichik 

zoogeografik 

oblastiga 

materikning  shimoli-sharqiy  qismlari,  shimoli-g‘arbiy  And  tog‘lari,  Gran-Chako 

tekisligi,  Peru  va  Urugvaylarning  hududlari  qaraydi.  Bu  kichik  oblastda 

yashaydigan  hayvonlarning  harakterli  xususiyati  shundaki  ularning  aksariyati 

daraxtlarda  yashashga  moslashgan.  Ekvatorial  va  tropik  o‘rmonlarda  yapoloq 

burunli  maymunlar,chinqiroq  maymunlar,  yalqovlar  (lenivei),  daraxt  jayrasi-

koendu,  kenkaju  ayig‘i,  daraxt  baqalari,  haltali  kalamushlar-opossum, 

ko‘rshapalaklar  yashaydi.  Hayvonlarning  daraxtlarda  hayot  kechirishga 




moslashganligi  shu  darajadaki  Boliviyaning  Trinidad  atrofidagi  o‘rmonlarda 

yashaydigan  sut  emizuvchilarning  65  ta  naslidan  faqatgina  5  tasi  yerda  yashaydi 

xolos. 

Qalin  o‘rmonlarda  qadimiy  hayvonlarning  yirik  vakllaridan  ulkan 

qalqondorlar va katta chumoliho‘rlar yashaydi. Yirtqich hayvonlar boshka hayvon 

turlariga  Karaganda  juda  kam.  Yirtqichlardan  daraxtlarda  bemalol  yura  oladigan 

yaguarlar,  shimolrokda  yoldor  bo‘rilar  va  o‘rmon  itlari.  uchraydi.  Ularning 

geografik  tarqalishi  o‘rmonlar  bilan  chegaralanib  pampaga  yetib  kelmaydi. 

Chumoliho‘rlarning ayrim turlari daraxtlarda ayrim turlari yerda hayot kechirishga 

moslashgan.  Jumladan  tamandua,  mayda  chumoliho‘rlar  bemalol  daraxtlarda 

yashayveradi. Katta chumoliho‘rlar esa o‘rmonlarda ham savannalarda ham keng 

tarqalgan bo‘lib, ular yerda yashaydi.  

Bulardan  tashqari  yerda  yashaydigan  hayvonlardan  tapirlar,  qora 

cho‘chqalar,  eng  yirik  kemiruvchi  suv  cho‘chqasi-kapibaralar  ham  mavjud: 

Amazonka havzasidagi endemik daryo delefini-iniyalar ko‘plab uchraydi. Sudralib 

yuruvchilardan  uzunligi  11  m  gacha  yetadigan  eng  katta  suv  bo‘g‘ma 

ilonianakondalar harakterli. 

Gviana-Braziliya kichik zoogeografik oblastining o‘rmonlarida yashaydigan 

hayvonlarning  aksariyat  turlari  savannalarda  uchramaydi.  Ammo,  savannalarda 

o‘ziga  xos  ochiq  yerlarda  yashaydigan  va  pampa  ta  komplekslariga  moslashgan 

hayvon  turlari  keng  tarqalgan.  Bular  mazam  kiyiklari,  in  qazib  yashaydigan 

kemiruvchilar, pampa mushugi, pampa tulkisi, nandu tuyaqushi va boshqa hayvon 

turlaridir.  

Janubiy  Amerikaning  Patagoniya-And  kichik  zoogeografik  oblastiga 

subtropik va mo‘’tadil iqlim mintaqalarining dasht, chalacho‘l va cho‘llari hamda 

quruq  iqlimli  Markaziy  va  Janubiy  And  tog‘lari  qaraydi.  Materikning  janubidagi 

ochiq  dasht,  chalacho‘l  va  cho‘l  faunasi  shimoldagi  qalin  o‘rmonlar  faunasidan 

o‘zining ayrim nasllari, turlari bilan farq kiladi. Bu yerda yirtqichlardan yaguardan 

tashqari puma, otselot, pampa mushugi keng tarqalgan. Materikning janubiy qismi 

uchun yoldor bo‘ri va magellan tulkisi harakterli. Kemiruvchilardan vidra, botqoq 

nutriyasi  tuko-tuko,  mara  va  boshqalar  yashaydi.  Patagoniya  yassi  tog‘ligi  |va 

janubiy  tekisliklar  shinshilla,  kondofra,  mayda  qalqondorlar  va  boshqa 

hayvonlarning kelib chiqish markazi bo‘lgan. 

And tog‘larining faunasi tekislik va yassi tog‘liklar, faunasvdan o‘ziga xos 

xususiyatlari  va  turlari  bilan  ajralib  turadi.  Bu  o‘lkada  Janubiy  Amerikaning 

sharqiy  qismida  uchramaydigan  evdemik  hayvon  turlari  mavjud.  And  tog‘lari 

uchun  harakterli  bo‘lgan  lamalar  butun  tog‘  tizimi  bo‘ylab  keng  tarqalgan. 

Yovvoyi  lamalarning  ikki  turi  vigon  va  guaneko  turlari  mavjud  bo‘lib,  ulardan 

guanako  turi  faqat  tog‘larda  emas,  balki  Patagoniya  yassi  tog‘ligida  va  Pampada 

bemalol  yashagan.  Hozirgi  paytda  yovvoyi  lamalar  juda  kam  uchraydi.  Ularning 

asosiy  qismi  ovchilar  tomonidan  qirib  yuborilgan.  And  tog‘larida  yashaydigan 

indeeslar lamalarni qo‘lga o‘rgatib, ulardan uy hayvoni sifatida foydalanadilar. 

  

Baland  And  tog‘larida  ko‘pchilik  hayvonlar  qulay  muhitga  moslashib  o‘z 



areallarini  vujudga  keltirgan.  Bu  regionda  relikt  hisoblangan  ko‘zoynakli  ayiq, 

pudu kiyigi, aguarachai iti kabi hayvonlar ham yashaydi. 




  

 

 



 

 

 



 

 

 



JANUBIY AMERIKANING TABIAT ZONALARI. YIRIK REGIONAL 

TABIIY GEOGRAFIK O‘LKALARI. 

Tabiat zonalari. 

Janubiy  Amerika  tabiat  komplekslarining  xilma-xilligi,  ularning  geografik 

kenglik  va  balandlik  bo‘ylab  farqlanib  borishi  materikning  geografik  o‘rniga, 

orografik  tuzilishiga  va  iqlim  sharoitiga  bog‘liq.  Materikda  mavjud  bo‘lgan 

ekvatorial,  subekvatorial,  savanna,  dasht  va  chala  cho‘l  tabiat  komplekslaridan 

faqat  ikkitasi  -  subekvatorial  va  savanna  zonalari  ikki  marta  takrorlanadi.  Ular 

ekvatordan shimolda va janubda joylashgan. Qolgan zonalar janubga tomon birin-

ketin almashinib boradi. Quyida Janubiy Amerikaning tabiat (landshaft) zonalariga 

qisqacha tavsif beriladi. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish