materikning relef, litologik tuzilish va iqlim xususiyatlariga bevosita bog‘liq.
Janubiy Amerikaning sharqiy qismida tuproq qoplami kenglik zonallik bo‘ylab,
g‘arbiy qismida esa balandlik mintaqa bo‘ylab tarqalgan.
Materikning sharqiy qismida, nam subekvatorial va nam tropik iqlim
mintaqalarida joylashgan pasttekislik va yassi tog‘liklarda qizil, qizg‘ish-jigar
rang, kizg‘ish-qo‘ng‘ir laterit tuproqlar, daryo qayirlarida allyuvial tuproqlar
yaxshi rivojlangan. Tipik laterit tuproqlar shu iqlim mintaqalarining atmosfera
yog‘inlari nisbatan kamroq yog‘adigan va: qurg‘oqchil davr uzoqroq davom
etadigan rayonlarida podzollashgan laterit tuproqlarning xillari bilan: avvalo qizil,
so‘ngra jigar rang-kizil va undan keyin qizg‘ish-qo‘ng‘ir tuproqlar bilan
almashinadi. Lyanos Orinakoning yuqori qismidagi qizil tuproqlar baland bo‘yli
qalin o‘tlarning chirishi natijasida hosil bo‘lgan organik maddalar ta’sirida
qoramtir tus oladi.
Braziliya yassi tog‘ligining shimoli-sharqiy qismidagi atmosfera
yog‘inlardam yog‘adigan siyrak o‘rmonli tropik cho‘llarda hosil bo‘lgan qizg‘ish-
jigar rang va kizg‘ish-qo‘ng‘ir laterit tuproqlar nam subekvatorial va nam tropik
iqlim mintaqalaridagi tuproqlardan yupqa qatlamligi, toshloqligi va skletligi bilan
farq qiladi. Kuchli eroziya va defflyatsiyaga duch kelgan bu tuproqlarning
tarkibida mayda chang zarrachalari juda kam saqlangan. Braziliya yassi
tog‘ligining baland massivlarida, salqinroq va mo‘’tadil nam iqlim sharoitida tog‘
qizil va sariq tuproqlari hosil bo‘lgan.
Tropik iqlim mintaqasiga qarashli Gran-Chako tekisligining quruq va baland
g‘arbiy qismida qizg‘ish qo‘ng‘ir tuproqlar uchraydi. Bu mintaqaning daryo
oralig‘idagi tekis joylarda laterit tuproqlarning qizil rangli va bo‘z jigar rang tiplari
tarqalgan.
Janubiy Amerikaning katta qismini egallab yotgan pasttekisliklarda, ayniqsa
yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda, daryo suvlari sekin
oqadigan pastqam maydonlarda botqoqliklar va btqoq tuproqlar keng tarqalgan.
Ular materikning shimolida Orinako daryosining irmoqlari bo‘lgan Arauka va
Meta daryolari oralig‘ida, Paragvay daryosining yuqori oqimidagi cho‘kmada va
undan janubda Paragvay-Parana hamda Parana-Urugvay daryolari oralig‘ida, And
tog‘larining sharqiy yon bag‘ri tog‘ etaklarida, Serras-de-Kordova tog‘lari va
Parana daryosi oralig‘ida uchraydi.
Subtropik mintaqasidagi Parana qiyalik platosining shimoliy qismi va
Braziliya janubiy qismini egallab olgan o‘rmonsiz o‘t o‘simliklari tipik savannalar
bo‘lib kompos deb ataladi. Kamposlar bilan qoplangan bu yerlarda qizg‘ish-qora
subtropik tuproqlari rivojlangan. Subtropik iqlim mintaqasining 30° j.k. dan
janubda joylashgan chalacho‘lda kseromorfik harakterga ega bo‘lgan siyrak
o‘simliklar tagida cho‘l bo‘z tuprog‘i hosil bo‘lgan. Bu tuproqlar ayrim
uchaskalarda kisman sho‘rlangan. Sharqqa borgan sari atmosfera yog‘inlarining
orta borishi bilan chalacho‘l landshaftlari bo‘z jigar rang tuproqli quruq subtropik
dashtlar bilan almashinadi.,
Pamnaning sharqiy pastlik va nam qismlari unumdor qora va o‘tloq
tuproqlar qadim davrda ko‘p yillik boshoqli va ikki pallali turli xil o‘tlar bilan
qoplangan bo‘lgan. Bu tipdagi subtropik dashtlar "pampa" deb atalib, uning
g‘arbiy qismi to‘liq haydalgan, sharqiy qismi esa kuchli degradatsiyalashgan.
Materikning janubiy tor qismida, Patagoniya o‘lkasida, subtropi
chalacho‘llar mo‘’tadil chalacho‘llar bilan almashinadi. Patagoniyanin janubi-
g‘arbiy qismida namgarchilik miqdorining orta borishi natijasid kashtan tuproqlari
vujudga keladi.
Janubiy Amerikaning tipik cho‘l tuproqlari Tinch okean sohilinig 5° va 28°
j.k. lar oralig‘ida joylashgan. Bu polosada yalong‘och qum uyumlar ham uchraydi.
Materikning quruq iqlimli rayonlarida sho‘r tuproqlar ham bor. Lekin ularning
geografik tarqalishi boshqa tuproq tiplari bor bir muncha chegaralangan. Sho‘r
tuproqlar tipiga Atakama cho‘lini Puna pastqamligida joylashgan va maydoni
10000 km2 ga teng bo‘lgan Uyuni sho‘rxogi, Kordilera oldi balandligidagi quruq
botiqlarning biri hosil bo‘lgan maydoni 8500 km2 keladigan Salinas-Grandes
sho‘rxogi mis bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: