Buyuk tekisliklar. Koyali tog‘lar bilan Markaziy tekisliklar oraligida baland
kiya tekisliklar joylashgan. Ular Buyuk tekisliklar deb ataladi. Buyuk tekisliklar
janubi-щarkdan shimoli-garbga karab
29° sh.k. dan 62° sh.k gacha submeridianal
yunalishda chuzilgan. Uning uzunligi 3600 km ga kengligi 500-800 km ga teng.
Tekisliklar yuzasining dengiz satxidan o‘rtacha balandligi sharqda 500 m va
g‘arbda 1700 m. Geologpk sturuktura jixatdan Buyuk tekisliklarning poydevori
qadimiy kristall jinsli SHimoliy Amerika platformasining g‘arbiy chekki qismidal
tarkib topgan. qadimiy jilslar er yuzasidan 1000 m gacha chukurlikda yotadi.
Uning yukori katlamlari paleozoyning karbon va perm davrlari yotkiziklaridan
xamda paleogen va neogenning cho‘kindi jinslaridan tashkil topgan. YUza kismi
Koyali tog‘lardan keltirilgan allyuvial va eol yotkiziklar bilan qoplangan. Ayrim
joylarda bu qatlamlarni yosh intruziyalar yorib o‘tib, aloxida-aloxida ko‘tarilib
turgan kichik qisqa toshlarni xosil kilgan. SHulardan eng balandi Blek-Xils (2207
m) toshdir.
Buyuk tekisliklarning er yuzasi sharqda, Markaziy tekisliklar bilan
chegaradosh bo‘lgan joylarda 500 m dan g‘arbga borgan sari asta-sekin 1600-1700
m gacha ko‘tarilib boradi va Koyali tog‘lar etaklari bilan tutashib ketadi.
Tekisliklarning ayrim uchastkalari daryolar bilan kuchli yuvilib, vodiylarning kalin
gidrografik turini xamda balandligi 300 m, uzunligi 200-300 km keladigan
bosqichlarni xosil qiladi. Erozion bosqichlar Buyuk tekisliklar xududini mustakil
nomlar bilan ataladigan bir qator qisimlarga (uchastkalarga) ajratib yuborgan.
Bular tekisliklarning janubida joylashgan Eduarde va Lyano-Estakado platolari
xamda ulardan shimolda katta maydonlarni egallab yotgan Baland tekisliklar,
Missuri va Preriya platolaridir.
Mustakil regionlar orasida Baland tekisliklar yuzasi erozion jarayonlar
natijasida kuchli parchalangan. Bu erda korlarni erish davrida va kuchli jalalar
paytida fojiali xodisalar sodir bo‘lib turadi. Ayniksa qisqa muddatli, ammo
shiddatli suv toshkinlari natijasida chukur jarlar, tik yon bagrli jarliklar,
pogonalarni xar xil yunalishda emirilishi vujudga kelib, katta-katta maydondagi
erlarni ishdan chiqargan. SHunday qilib, kuchli parchalangan va emirilgan tekislik
preriya landshaftlari xaydashga, ekin ekishga va yaylov sifatida foydalanishga
butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan. Baland tekisliklar Missuri platosidan kuchli
parchalangan Payn-Ridj boskichi orqali ajralib turadi.
Missuri va Preriya platolarining Kanadaga karashli shimoliy qismi
turtlamchi davr materik muzligi bilan qoplangan. SHuning uchun platolarning
shimoliy qismi tipik sertepa muzlik relef shakllari keng tarqalganligi bilan ajralib
turadi. Morena tepaliklari orasida morena ko‘llari xam uchraydi. Daryolari morena
tepaliklarini va tepalik tizmalarini kesib o‘tib, sharsharalar xosil qiladi
Buyuk tekisliklarning iqlim sharoitiga uning okean na dengazlardan
uzoqdan joylashganligi, xududini shimolidan janubga qarab uzoq, masofaga
cho‘zilganligi va shu yunalishda orografik tusiqlarning yuqligi o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Bunday omillar shimoldan keladigin arktika xavo massalari bilan
janubdan keladigan tropik xavo massalarini yilning barcha fasllarida tez-tez
almashinib turishiga imkon yaratadi va ob-xavoning bekarorligini vujudga
keltiradi. Natijada xavo xarorati yil davomida keskin ravishda o‘zgarib turadi.
O‘lkaning iqlimi tipik kontinental iqlim bo‘lib, uning shimoliy qismi
mu’tadil va janubiy qismi subtropik iqlim mitakalarida yotadi. Kish oylarining
xarorati tekisliklarning shimoliy qismi bilan janubiy qismida keskin farq qiladi.
YOz oylarida bu farqlar deyarli batamom yuqolib, ulkaning barcha xududida
xarorat yukori bo‘ladi.
Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida, janubiy qismiga nisbatan, qish uzok
davom etadi, barkaror va qalin qor qoplami xosil qiladi. Qish oylarining o‘rtacha
xarorati -12°S ni, yanvarning o‘rtacha xarorati -20°S ni tashkil qiladi. Qishda
SHimoliy Muz okeanidan keladigan xavo massalari ta’sirida kattik sovuklar bo‘lib,
xarorat shimolda -40°S gacha, janubda -12° gacha pasayadi. Koyali tog‘lardan
fyon tipidagi kuchli shamollar esib, qor bo‘ronlarini va qor uyumlarini xosnl qiladi.
Bunday shamollarni indeetslar chinuk deb atashadi. YOzda chinuk garmsel
xarakteriga ega bo‘lib, qurg‘oqchilik xodisalarini vujudga keltiradi. Fyon
shamollari tufayli tekisliklarning g‘arbida qish sharqqa nisbatan ilikrok, bo‘ladi.
Janubda eng sovuq oyning o‘rtacha Xarorati +5°S atrofida bulib, barqaror qor
koplami kuzatilmaydi. Iyulning urtacha xarorati shimolda 13°S dan janubda 28°S
gacha kutariladi.
YOgingarchilik mikdori o‘lka xududi bo‘ylab bir tekisda taksimlanmagan.
O‘rtacha yillik yogan-sochin mikdori mu’tashsh mintakaning sharqida 500 mm dan
g‘arbida 250 mm gacha va subtropik mintakaning sharqda 600 mm dan g‘arbida
300 mm gacha kamayib boradi.
Buyuk tekisliklar o‘lkasining iqlimi kontinental bo‘lganligi sababli daryo
turi yaxshi rivojlanmagan, sersuv daryolar kam uchraydi. Barcha daryolari qoyali
tog‘lardan boshlanadi. Daryo suvlarining ko‘tarilishi baxor oylariga to‘g‘ri kelib,
ular qor va yomgir suvlaridan tuiinadi. o‘lkaning eng shimoliy qismidagi daryolari
uz suvini Kanala ko‘llariga, eng janubidagi daryolari Meksika qo‘ltg‘iga quyadi.
O‘rta qismidagi daryolari Missisipi xavzasiga qaraydi. Missuri va uning irmoklari
Kaneydian, Arganzas, Platt, Yellouston va boshqalarning suvi ekin maydonlarini
sugorishda keng foydalaniladi. Barcha tezokar daryolar toglardan emirilgan va
parchalangan materiallarni oqizib kelib quyi qismida konussimon yoyilmalar xosil
qilgan.
Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida o‘rmon-dasht zonasi kenglik bo‘ylab
joylashgan. Janubrokda bu zona qora tuproqli dasht (preriya) zonasi bilan
almashinadi. Bu zonalarning almashinshni shimoldan janubga qarab emas, balki
shimoli-sharqdan janubi-g‘apbga qarab sodir bo‘ladi. CHunki atmosfera
yoginlarining mikdori xam xuddi shu yunalishda kamayib boradi. Ulka xududida
dasht landshaftlari-preriyalar katta maydonni egallagan. Uning sharqiy
chekkasida o‘rmon kung‘ir tuproqlari ustida usib yotgan appalachi keng bargli
o‘rmonlari uchraydi. Janubidagi subtropik iqlim mintakasida butazorli savannalar
mavjud. .
Buyuk tekisliklarning quruq. iqlimli va kashtan tuproqli preriyalari past
buyli amerika boshokli o‘tlari bilan koplangan. Ayniksa bizon o‘tlari ko‘pchilikni
tashkil etadi. Bepoyon preriya yalangliklari o‘rtasida orollar shaklidagi o‘rmonlar
fakat Blek-Xils tog‘ida uchraydi. Janubda o‘t o‘simliklari bilan birga tikanli
meskit, akatsiya va kaktuslarning bir necha turlari o‘sadi.
O‘lkaning dastlabki tabiiy landshaftlari inson xujalik faoliyati ta’sirida
kuchli o‘zgargan. Xaydalgan erlarga don ekinlari va em-xashak o‘tlari ekiladi.
Preriyalarning katta maydoni chorva mollari boqishda yaylov sifatida
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |