O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Markaziy  tekisliklar.  Markaziy  tekisliklar    SHimoliy  Amerikaning  o‘rta 

qismida joylashgan. SHimolda Lavrentiy  yassi tog‘ligi, sharqda  Buyuk ko‘llar va 

Appalachi  tog‘lari,  g‘arbda  Buyuk  tekisliklar,  janubda  Meksikabuyi  pasttekisligi 

bilan  chegaralangan.  Er  yuzasining  dengiz  satxidan  o‘rtacha  balandligi  janubda 

150-200  m,  shimolda,  g‘arbda  va  sharqda  250-500  m.  Markaziy  tekisliklarning 

tektonik  poydevorini  SHimoliy  Amerika  platformasining  janubiy  qismi  tashkil 

etadi. O‘lka xududi gorizontal ravishda yotgan quyi va yukori paleozoy jinslaridan 

tarkib  topgan.  Kadimiy  jinslarning  o‘stki  qismi  keyinchalik  turtlamchi  davr 

yotkiziklari bilan qoplangan. 

Markaziy  tekisliklarning  shimoliy  qismini  er  yuzasiga  turtlamchi  davr 

materik  muzliklari kuchli tasir etgan. Katta  maydondagi tekislik yuzasida morena 



yotkiziklaridan  xosil  bo‘lgan  tepaliklar  va  tepaliklar  oralig‘ida  joylashgan 

botqoqlangan  cho‘kmalar  ko‘p  uchraydi.  Tekisliklarning  janubida  morena 

yotkiziklari o‘rnini lyosslar, lyossimon jinslar va qalin qum yotkiziklari egallagan. 

Bu  yotkiziklar  keng  muzlikyoni  xavzalarida  shakllangan.  Bu  borada  SHimoliy 

Amerikaning  Markaziy  tekisliklari  Evrosiyoning  Rossiya  tekisligiga  o‘xshab 

ketadi.  CHunonchi,  Rossiya  tekisligining  shimoliy  qismi  xam  materik  muzliklari 

ta’sirida      bo‘lib,  u  erda  morena  tekisliklari,  morena  gryadalari  (tizmalari), 

morenali  ko‘llar  keng  tarqalgan,  janubiy  qismi  esa  aksincha  morenasiz  bo‘lib, 

lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan. 

Markaziy  tekisliklarning  janubi-sharqiy  qismida  gersin  toglarining  tektonik 

xarakatlar  natijasida  chukmay  kolgan  ayrim  uchasgkalari  er  yuzidan  orollar 

shaklida ko‘tarilib kolgan. Bular balandligi 700-800 m dan oshadigan Uoshito va 

Boston  toglari  xamda  balandligi  500-700  m  keladigan  Ozark  platosidir.  Uoshito, 

Boston toglari va Ozark platosi Appalachi tog‘

 

tizimining" janubi-g‘arbiy tektonik 



davomi xisoblanadi. 

Markaziy  tekisliklarning  xamma  xududi  daryo  vodiylari  va  jarliklar  bilan 

kesilgan.  Ayniqsa  kuchli  erozion  parchalanish  tekisliklarning  lyoss  va  lyossimon 

jinslar  keng  tarkalgan  janubiy  qismi  uchun  xarakterlidir.  Tekisliklarning  janubi-

sharqiy qismida Ogayo daryosidan janubda karst relef shakllari yaxshi rivojlangan. 

Karstlarning xosil bulishi kuyi karbon davridagi oxaktoshlarning er yuzasiga yakin 

yotganligi  bilan  bog‘liq-  Karst  xodisalariga  Appalachi 

TOF 


etaklari  yakinidagi, 

Kamberlend platosida. joylashgan Mamont gori misol Bo‘la oladi. 

Mamont  g‘ori  er  yuzasidan  300  m  chukurliqda,  oxaktoshli  jinslar  orasida 

xosil  bulgan  dunyodagi  eng  katta  karst    g‘orlaridan  biri  xisoblanadi.  G‘orning 

mofologik  tuzilishi  juda  murakkab  bo‘lib,  besh  yarusli  strukturaga  ega. 

Speleologlarning ta’kidlashicha xozirga kadar u to‘lik, tadkik etilmagan. G‘orning 

tekshirilgan  qismini  uzunligi  240  km.  Tekshilrilgan  qismida  225  yulak,  47 

gumbazsimon xona, 23 shaxta bor. Mamont g‘orining er osti gidrografik turi juda 

murakkab  tuzilgan.  Gidrografik  tur  uchta  er  osti  kulidan  va  uchta  er  osti  turidan 

tarkib  topgan.  Er  osti  daryolari  Grin-River  daryo  tizimi  bilan  boglangan  Gorning 

ichidagi xarorat doimiy bo‘lib, 13°S ni tashkil etadi. Gorda er osti landshaftiga xos 

organik  xayot  xam  mavjud.    U  erda  korongilik  sharoitiga  moslashgan  ko‘r 

chigirtka,  o‘rgimchaklar,  ko‘llarda  va  daryolar  ko‘r  baliq,  va  qisqichbaqalar 

yashaydi. 

Markaziy  tekisliklarning  iqlimi  mu’tadil  va  kontinental.  SHimoliy  qismida 

xavo ancha salqin va janubida ilik,- YAnvarning o‘rtacha xarorati shimolda -20°S 

ga  va  janubda  +4°S  ga  teng.  YOzi  salqin,  yogingarchilik  ko‘p  bo‘ladi.  Iyulning 

urtacha  xarorati  shimolda  19°S  dan  janubda  26°S  gacha  ko‘tariladi. 

YOgingarchilik  mikdori  janubi-sharqda  1200  mm  dan  shimoli  g‘arbda  400  mm 

gacha kamayadi. Qishda qor  qoplamining qalinligi ulkaning shimolida 1m gacha 

borib. uzok saklanadi, janubida esa qor uzok saklanmay tezda erib ketadi. 

Markaziy tekisliklar tabiiy xoldaga unumdor tuproklarga boy. Uning asosiy 

tuprok  koplami  urmon  kung‘ir  va  qora  tuproqlardan  iborat.  Ulkaning  katta 

maydonini 

egallab 

yotgan 


preriyalarning 

baland 


buyli 

utlari 


kuchli 

defadatsiyalashgan va yuk qilib yuborilgan. Aralash ushonlarida zarang, tog‘ terak, 




getlok    el,  qarag‘aylar,  daryo  vodiylarida  eman  va  gikorilar  usadi.  Markaziy 

tekisliklarning  deyarli  barcha  xududi  Missisipi  va  uning  yirik  irmoklari  -  Missuri 

va  Ogayo  xavzalarida  joylashganligi  sababli  obikor  dexkonchilik  yaxshi 

rivojlangan.  Uning  75%  xududi  xaydalgan  va  agrolandshaft  komplekslari  bilan 

band. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish