Buyuk ko’llar. Buyuk kullar o‘lkasi Kordilerasiz SHarkning o‘rta qismida
joylashgan bo‘lib, u ko‘l va o‘rmon landshaft komplekslari majmuasidan tashkil
topgan. Ulkaning shimoliy chegarasi Buyuk kullarning shimoliy qirg‘oq
chiziklaridan o‘tadi. G‘arbiy chegarasi Missisipi daryosining yukori oqimigacha
cho‘ziladi. SHarqda chegara vazifasini Kanada qalqonini Appalachi tog‘laridan
ajratib turuvchi SHampleyn grabeni bajaradi. Janubda aralash va keng bargli
o‘rmonlar bilan chegaralanadi.
Buyuk ko‘llar tabiiy geografik o‘lkasi nafakat tektonik jixatdan, balki
landshaft komplekslarining xususiyatlari jixatidan xam o‘tkinchi xarakterga ega.
Ulka qalqonli sharoitdan platformali rejim xukmronlik qilayotgan makonga o‘tish
oraligida joydashganligi uchun uning xududida yangi tektonik xarakatlar bir
muncha kuchli namoyon bo‘ladi, chukur tektonik vodiylar, ko‘l botiqdari, kuest
relef shakllari keng tarqalgan. SHuning uchun xam Buyuk ko‘llar o‘lkasi shu
xududga xarakterli bo‘lgan yirik va chuqur ko‘llari, tug‘ri chiziqli daryolari,
chuqur vodiylari, serostona va sharsharalari qisqa daryolari bilan qushni
o‘lkalardan farq qiladi.
Buyuk ko‘llar ulkasida beshta yirik-YUkoglt, Michigan, Guron, Eri, Ontario
va juda kup mayda ko‘llar mavjud. Buyuk ko‘llar orasida eng kattasi YUkori ko‘l
(maydoni 82414 km
2
), kattaligi jixatdan Kaspiy ko‘lidan keyin dunyoda ikkinchi
o‘rinda turadi va eng kichigi Ontario ko‘li (maydoni 19477km
2
). Buyuk
ko‘llarning qirg‘oq chiziqlarini umumiy uzunligi 10490 km, suv xajmi 24620 km
3
.
Bu dunyo buyicha chuchuk "suvlarning eng katta mykdorlagi zaxirasidir.
Buyuk ko‘llar botig‘ining kelib chikishi tektonik xarakatlar, materik
muzligidan oldin sodir bulgan daryo eroziyasi, muz eroziyasi va akkumulyasiyasi
jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘llarning dastlabki qiyofasi endogen va
ekzogen kuchlar ta’sirida bir necha marta o‘zgarib, xozirgi kurinishiga ega
bo‘lgan. Ko‘llarning shimoliy qirg‘oqlari kuchli parchalangan, baland, tabiati
xushmanzarali, tik yon bag‘rlar keng tarqalgan. Ayniqsa YUqori va Guron
ko‘llarining shimoliy qismi qizil, kulrang qumoq jinslardan, granitlardan va
gneyslardan tarkib topgan bo‘lib, ular balandligi 200-270 m keladitan koyali, tik
tub qirg‘oqlarni xosil qiladi. Ko‘llarning janubiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlari past,
lagunali, kumli va gilli. Michigan kulining soxillarida balandligi 10-20 m
keladigan dyunalar mavjud.
Kuchli shamollar paytida ko‘llarda seyshlar xosil bo‘ladi. Seyshlarning balandligi
3-4 m gaetadi. Ko‘llarning suv rejimiga va dinamikasiga oqimlar xam ta’sir etadi.
Okimlar soat strelkasiga qarshi yunalshsda xarakat qiladi.
Buyuk ko‘llar o‘lkasining iqlim sharoiti bir oz kontinentalligi bilan
xarkterlanadi. Bu o‘zining ifodasini xaroratning fasllarga karab keskin o‘zgarishida
va atmosfera yoganlary rejimida topgan. Ayniksa xavo xaroratining qish bilan yoz
o‘rtasidagi kursatkichlarda keskin farq borligi kuzga yaqqol tashlanadi. Barcha
xududda kish oylarining o‘rtacha xarorati manfiy. O‘lkaning shimoliy qismidan
yanvarning -15°S li izotermasi o‘tsa, uning janubidan -5°S li izotermasi o‘tgan.
Michigan ko‘lining janubiy soxillarida suvning ta’siri natijasida yanvarning
o‘rtacha xarorati -3°S gacha ko‘tariladi. YOz oylari shimolda ancha ilik, janubda
esa issiq- Iyulning urtacha xarorati o‘lkaning shimolida 20°S ni, janubida esa 25°S
ni tashkil etadi.
Buyuk tekisliklarga nisbatan Buyuk ko‘llar o‘lkasiga yogin-sochin ko‘p
tushadi. O‘rtacha yillik yoginlarchilik miqdori 750 mm ni tashkil etadi. SHarqqa
tomon bu ko‘rsatkich 1000 mm gacha ko‘payadi, g‘arbga tomon bir muncha
kamayadi. Atmosfera yoginlari o‘lka xududining xamma qismida deyarli bir tekis
taksimlangan. Kishda yogin asosan kor shaklida yogadi va Kor koplami kalin
buladi. Maksimum yogin-sochin yoz fasliga tug‘ri keladi.
Buyuk ko‘llar o‘lkasida daryo va kanal turi yaxshi ravojlangan. Yirik,
o‘rtacha kattalikdagi va mayda ko‘llar juda serob. Daryolari Buyuk ko‘llar va
Missisipi xavzalariga qaraydi. Buyuk kullarning suv yigadigan xavzasini maydoni,
ko‘llar satxi bilan birgalikda 772 ming km
2
ga teng. Ko‘llar va daryolar qor,
yomgir va er osti suvlaridan tuyinadi. Ko‘llardan oqib chiqadigan daryolarning
gidrologik rejimi va suv sarfi yil davomida bir xil taksimlanganligi bilan boshka
ulkalarnchig daryolaridan fark kiladi. Kul va daryolar dekabrda muz bilan
koplanib, aprel oyida muz qoplamidan ozod bo‘ladi.
Ko‘llar baliqlar faunasiga juda boy. Bu erda baliqlarning 28 oilasiga mansub
173 turi yashaydi. Zogora va olabuga baliklari ko‘pchillikni tashkil etadi. Sudak va
osyotr baliqlari nisbatan keng tarqalgan. Ko‘l foreli sanoat axamiyatiga ega.
Buyuk ko‘llar o‘lkasi AKSH va Kanadaning axoli zich yashaydigan regioni
xisoblanadi. Kullar atrofida sanoati rivojlangan shaxarlar ko‘plab joylashgan.
Ulkaning tabiiy landshaftlari antropogen omil ta’sirida kuchli uzgargan. Materikka
Yevropaliklar kelgunga qadar Buyuk ko‘llar o‘lkasining g‘arbida, janubida va
sharqida qalin o‘rmonlar o‘sgan. Maxalliy axoli-indeetslarning ovchi kabilalari
muynali xayvonlarni ovlash bilan shugullangan. Xozir esa urmon massivlari
axyon-axyonda saqlanib qolgan. Xaydalgan erlar makkajuxori va bug‘doy ekinlari
bilan band.
Buyuk ko‘llar SHimoliy Amerikaning ichki rayonlari, yirik daryolari va
Atlantika okeani bilan suv yullari orkali boshlangan. Buyuk ko‘llardagi kema
yullarining uzunligi 3900 km ga etadi. Kullar va daryolar orqali temir rudalari,
toshko‘mir, kurilish materiallari, sanoat maxsulotlari, don tashiladi. Ko‘llarning bir
yillik yuk oboroti 200 mln t dan oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |