O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Mo‘tadil  mintaqaning  tabiat  zonalari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet437/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Mo‘tadil  mintaqaning  tabiat  zonalari.  Yevrosiyoning  geografik 

mintaqalari orasida mutadil mintaqa tabiat zonalarining ko‘pligi va kamalak singari 

rang-barangligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  mintaqada  tayga,  aralash  o‘rmonlar,  keng 

barg‘li  o‘rmonlar,  o‘rmon-dasht,  dasht,  chala  cho‘l  va  cho‘l  landshaft  zonalari 

mavjud. 

Tayga 

zonasi. 

Tayga 


landshaftlari 

egallagan 

maydoni 

jihatidan 

Yevrosiyoning  boshqa  zonalari  orasida  yetakchi  rol  o‘ynaydi.  Tayga  asosan 

Rossiya  hududida keng tarqalgan bo‘lib,  uning  maydoni 9  mln.  km2  dan  oshadi. 

Fennoskandiyaning  ham  katta  qismi  tayga  landshaftlari  bilan  band.  Taygada 

podzol  va  muzloq-tayga  tuproqlari  ustida  rivojlangan  igna  barg‘li  o‘rmonlar 

hukmronlik qiladi. 

Taygada  yoz oylari tundra va o‘rmon-tundra zonalariga Qaraganda iliqroq, 

qishi esa sovuqroq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimoliy taygada 13°S dan 

janubiy  taygada  19°S  gacha  ko‘tariladi.  Zonaning  sharqiy  qismida  ko‘p  yillik 

muzloq  yerlar  keng  tarqalganligi  sababli  termokarst  hodisalari  ko‘p  uchraydi. 

Tayganing materik muzliklari qoplagan ko‘pchilik rayonlarida tepalik va gryadali 

morena  landshaftlari  yaxshi  saqlagan.  Zonaning  yog‘ingarchilik  ko‘proq 

bo‘ladigan  mutadil  kontinental  iqlimli  g‘arbiy  va  sharqiy  chekka  qismlarida 

yellardan tarkib topgan qoramtir igna barg‘li o‘rmonlar, keskin kontinental iqlimli 

o‘rtaliq qismida tilogochlardan tarkib topgan yorug‘ igna barg‘li o‘rmonlar usadi. 

Qoramtir  o‘rmonlar  asosini  yYevropa  yeli,  pixta,  kedr  va  qarag‘aylar,  yorug‘ 

o‘rmonlar  asosini  Sibir  tolog‘ochi,  Sukachyov  tilog‘ochi,  Dauriya  tilog‘ochlari 

tashkil  etadi.  Taygada  mayda  barg‘li  daraxtlardan  qayinlar,  tog‘  teraklar  aralash 

holda uchraydi. 

Tayga zonasi ham o‘rmon-tundraga o‘xshash kuchli botqoqlangan. Jumladan 

G‘arbiy  Sibir pasttekisligi  taygasining 70%  maydoni botqoqliklar  bilan band.  Bu 

joylarda  baland  (oligotrof)  botqoqliklar  hukmronlik  qiladi.  Botqoqliklarda  oliy 

sifatli  va  qalin  qatlamli  sfagn  torflari  hosil  bo‘lgan.  Fitomassalarning  umumiy 

zaxirasi shimoldagi tabiat zonalariga nisbatan ancha ko‘p bo‘lib, o‘rta va janubiy 

taygalarda 150-300 t/ga ni tashkil etadi. 

Tayga  zonasi  o‘rmon  va  o‘rmon-tundra  zonalariga  qaraganda  Hayvonot 

dunyoga  boy.  Uning  tipik  hayvonlari  los,  qo‘ng‘ir  ayiq,  olmaxon,  silovsin, 

oqquyon,  sobol,  burunduqlar  hisoblanadi.  Tayga  zonasining  eng  katta  boyligi 

o‘rmonlar  va  muynali  hayvonlardir.  Taygadagi  dastlabki  inson  ta’sirida 

o‘zgarmagan o‘rmonlar materikning sharqiy qismida, aholi juda siyrak joylashgan 

Sibir tekisliklarida va tog‘larida saqlanib qolgan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish