Vaygach, Novaya Sibir orollari kiradi. Tundra shakllanish tarixiga ko‘ra yosh
landshaftlar hisoblanadi. Bu yerda materik muzliklari uzoq vaqt hukmronlik
qilgani uchun relef shakllarida ularning izlari hozirga qadar ham yaxshi saqlangan.
Tundraning katta qismini relefi tekislik bo‘lib, qirlar va tog‘lar Fennoskandiyada,
Ural tog‘lari yaqinida, Yenisey daryosidan sharq tomonda uchraydi. Tundraning
iqlim sharoiti juda qattiq, qishi sovuk bo‘lib uzoq davom etadi, yozi qiska, yog‘in
miqdori g‘arbdan sharqda qarab keskin kamayib boradi. Masalan, Murmansk sohili
tundralarida yiliga 400 mm, Dudinkada 254 mm, Xatangada 227 mm va Lena
deltasida 86 mm yog‘in tushadi. Tundra hududida ko‘p yillik muzlab yotgan
gruntlar keng tarqalgan. Tundra zonasi landshaftlarining ichki zonal tafovutlariga
ko‘ra uchta zonachaga bo‘linadi: Arktika tundrasi, tipik tundra va janubiy tundra.
1. Arktika tundrasi materikning eng chekka shimoliy qismini, Arktikaning
janubiy orollarini egallab olgan va Arktika saxro landshaftlari bilan tutashgan.
Havo harorati yil davomida past bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 5°-6°S ga
yetng. O‘simliklar kam tarqalgan, mox va lishayniklar siyrak o‘sadi. Arktika
tundrasi kuchli botqoqlangan, ayniqsa gipn botqoqliklari hukmronlik qiladi. Zona
uchun harakterli bo‘lgan poligonal tundra tuproqlarida gleylashish jarayoni juda
sust davom etadi.
2. Tipik tundra yoki mox-lishaynikli tundra ham deb ataladi. Bu zonacha
Arktika tundrasidan janubroqda joylashgan bo‘lib, uning yer yuzasini sidirg‘asiga
lishayniklar va moxlar qoplab olgan. Mox va lishaynikli tundralar substartga
bog‘liq holda bir-birini almashtirib turadi. Tipik tundrada bulardan tashqari doimiy
yashil bagulnik, brusnika, golubika, Kassandra kabi rezavor butachalari, kaklik
o‘ti, moroshkalar o‘sadi. Gilli uchastkalar uchun olachalpok tundra harakterli.
Tipik tundra zonachasi Arktika tundrasiga nisbatan bir oz iliqroq. Iyulning o‘rtacha
harorati 60-9°S gacha ko‘tariladi.
3. Janubiy tundra yoki butazorli tundra janubda o‘rmon-tundra bilan tutash
joylashgan. Bu zonacha tundra zonasining eng ilik joyi hisoblanadi. Iyul oyida
havoning o‘rtacha harorati 9°-11°S ni tashkil etadi. Asosiy tuprok tili tundra-gley,
torfli-gleyli va botqoq tuproqlardan tarkib topgan. Ular sfagn, politrix moxlari,
lishayniklar va turli xil butalar bilan qoplangan. Pakana qutb qayini, qutb tollaridan
tashkil topgan butazorlar keng tarqalgan va ular yerniklar deb ataladi.
Butazorlarning bo‘yi 50-70 sm ga yetadi. Ahyon-ahyonda bo‘yi 3-4 m ga
yetadigan daraxtlar ham uchraydi. Sharqiy YYevropa tundrasidagi daraxtlar qayin,
yel, olxadan, Sibir tundrasidagi daraxtlar esa tilogochlardan iborat. Shimol bug‘usi,
qutb tulkisi-peses va lemminglar tundraning tipik hayvonlari hisoblanadi. Tipik va
janubiy tundralardagi fitomassalarning umumiy zaxirasi 25 t/ga ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: