O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Subekvatorial mintaqalar. Subekvatorial iqlim mintaqalari ekvatorial iqlim 

mintaqasini  keng  polosa  bo‘ylab  o‘rab  turadi.  Subekvatorial  mintaqa  Shimoliy 

Afrikada  17°  sh.k.  gacha  cho‘zilib  boradi.  Janubiy  yarim  sharda  subekvatorial 

iqlim  mintaqasi  20°  j.k.  gacha  cho‘zilib  kelsada,  g‘arbda  Atlantika  okeanigacha 

yetib  bormaydi,  Materikning  sharqiy  qismida  shimoliy  va  janubiy  yarim 

sharlarning  subekvatorial  mintaqalari  bir-biri  bilan  tutashadi.  Shuning  uchun 

ekvatorial  iqlim  mintaqasi  sharqda  Hind  okeanigacha  yetib  bora  olmaydi.  Uning 

sharqiy  chegarasi  Oq  Nil  daryosining  yuqori  qismi  va  Viktoriya  ko‘ligacha 

cho‘zilgan. 

Subekvatorial  mintaqada  harorat  ekvatorial  mintaqaga  o‘xshash  yil  bo‘yi 

yuqori  bulsada,  ammo  ularda  fasliy  farqlar  ancha  sezilib  turadi.  Subekvatorial 

iqlim  ekvatorial  iqlimdan  yog‘in  miqdorining  nisbatan  kamligi  va  yog‘inning 

fasllar bo‘yicha notekis taqsimlanishi bilan farq qiladi. Bu yerda yoz sernam, qish 

quruq bo‘ladi. 

Subekvatorial  mintaqalarda  yoz  faslining  yomg‘irli  bo‘lishiga  sabab  nima? 

Bunga  sabab  shuki,  yoz  oylarida  har  qaysi  yarim  sharning  subekvatorial 

mintaqalarida  o‘zi  bilan  nam  ekvatorial  havo  massalarini  olib  keluvchi  musson 

shamollari  hukmronlik  qiladi.  Shuning  uchun  asosiy  yog‘ingarchilik  yoz 

mavsumiga to‘g‘ri keladi. Qishda esa subekvatorial mintaqalar quruq tropik havo 

massalarini  keltiruvchi  passat  shamollari  ta’sirida  bo‘ladi.  Qishda  tropik  havo 

massasi  hukmron  bo‘lib  yog‘in-sochin  bo‘lmaydi,  havoning  nisbiy  namligi  juda 

past  bo‘ladi,  quruq  ob-havo  hukmronlik  qiladi.  Subekvatorial  mintaqada  namlik 

davri,  yillik  yog‘ingarchilik  miqdori  va  namlanish  ikki  yo‘nalishda  ekvatordan 

shimoliy  va  janubiy  tropiklar  tomon  hamda  g‘arbdan  sharqqa  tomon  o‘zgarib 

boradi. Jumladan, ekvatordan tropiklar tomon namlik davri 10 oydan 2-3 oygacha 

qisqaradi.  G‘arbdan  sharqqa  karab  musson  shamollarining  kuchsizlanishi  tufayli 

yog‘in mikdor 4-5 hissaga kamayib boradi. Shimoliy yarim shardagi subekvatorial 

mintaqaning  eng  qurg‘oqchil  rayonlari  ekvatorial  mussonlarni  to‘sib  turuvchi 

Efiopiya  tog‘ligidan  sharqda  joylashgan  Somali  yarim  oroli  va  Sudanning  tropik 

mintaqa bilan chegaradosh bo‘lgan shimoliy qismidir. 

Harorat yilning aksariyat paytlarida subekvatorial mintakada yuqori bo‘ladi. 

Lekin  uning  yillik  farqi  ekvatorial  mintaqaga  nisbatan  hiyla  katta.  Subekvatorial 

mintaqalarda  yozgi  mavsumning  boshlanishi  vaqtida  o‘rtacha  harorat  30°S  dan 

yuqori bo‘ladi. Eng salqin oylarda o‘rtacha harorat 20° dan pastga tushmaydn. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish