O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Relefi 

Afrikaning  hozirgi  yirik  morfostruktura  relef  shakllarining  yaratilishi 

neogenda  va  antropogen  davrining  boshlarida  sodir  Gulgan.  Uning  katta 

maydonini egallab yotgan yassi relef shakllari uzoq davom etgan peneplenlashish 

jarayonining  natijasidir.  Keng  rivojlangan  tekislangan  qadimiy  yuzalar  neogen 

davrida  vujudga  kelgan.  Tekislangan  qadimiy  yuzalar  va  platolarning  absolyut 

balandligi asosan shimoldan janubga qarab ko‘tarilib boradi. 

Materikning  asosiy  tekisliklari  va  platolari  shimoli-g‘arbda,  baland  tog‘lari 

va  tog‘liklari  janubi-sharqda  joylashgan.  Shuning  uchun  materik  hududi  yer 

yuzasining  tuzilishi  va  gipsometrik  balandlik  xususiyatlariga  ko‘ra  ikki  qismga 

bo‘linadi:  birinchi  qismi  balandligi  1000  m  dan  kam  bo‘lgan  Shimoli-G‘arbiy 

Afrika yoki Past Afrika deb ataladi va ikkinchi qismi balandligi 1000 m dan ortiq 

bo‘lgan  Janubi-Sharqiy  Afrika  yoki  Baland  Afrika  deb  ataladi.  Bular  o‘rtasidagi 

chegara janubi-g‘arbda Bengela (Angola) va shimoli-sharqda Massaua (Yefiopiya) 

chizig‘idan  o‘tadi.  Materikning  70%  dan  ziyod  maydoni  tekislik  va  platolarga, 

30% ga yaqin maydoni tog‘ va tog‘liklarga to‘g‘ri keladi. Tekisliklar kontinental 

va dengiz yotqiziqlaridan tashkil topgan cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Afrika 

platformasining yadrolaridan va anteklizalaridan ko‘tarilib turgan platolar va tog‘ 

massivlari kristall va vulkanik jinslardan tarkib topgan. 

 Past Afrikaning shimoli-g‘arbiy chekka qismi Atlas tog‘lari bilan o‘ralgan. 

Bu tog‘larning o‘rtacha balandligi 1200-1500 m ni tashkil etadi. Atlas tog‘larining 

shimoliy O‘rta dengiz sohilidagi yosh tizmalari murakkab burmalangan strukturaga 

va janubiy qismi palaxsali strukturaga ega. Atlas tog‘lari janubi-g‘arbdan shimoli-

sharqqa qarab cho‘zilgan Er-Rif, Baland Atlas, Tell Atlas va Sahroi Kabir Atlasi 

tizmalaridan  iborat.  Bu  tizmalar  o‘rtasida  balandligi  jihatdan  birinchi  o‘rinda 

Baland Atlas tog‘i turadi, uning eng baland nuqtasi 4165 m ga qad ko‘tarib turgan 

Tubkal  cho‘qqisidir.  Balandligi  jihatdan  ikkinchi  o‘rinda  Er-Rif  tizmasi  turadi. 

Uning Gibraltar bo‘g‘ozi yaqinidagi eng baland Tidigin cho‘qqisi okean sathidan 

2456  m  yuqoriga  cho‘zilgan.  Baland  Atlas  va  Er-Rif  tizmalari  Atlantika  okeani 

sohili tomon zinapoyasimon shaklda pasayib boradi. Keyigi o‘rinlarda Tell Atlas 

(2326 m) va Sahroi Kabir Atlasi (1532 m) tizmalari turadi. Bu ikki tizma oralig‘ida 

Baland plato joylashgan. 

Past  Afrikaning  katta  qismi  Sahroi  Kabir,  Sudan  tekisliklari  va  ko‘p  sonli 

platolar  bilan  band.  Ular  materikning  shimoliy  qismidan  janubda  Shimoliy 

Gvineya  va  Azande  balandliklarigacha,  g‘arbda  Atlantika  okeani  qirg‘oqlaridan 

sharqda Qizil dengiz sohillarigacha yoyilib borgan. Sahroi Kabir hududida kristall 

va  vulkanik  jinslardan  tarkib  topgan  tog‘liklar  va  yassi  yuzali  platolar  keng 

tarqalgan. Shulardan eng yiriklari Markaziy Sahroi Kabirda joylashgan Axaggar va 

Tibesti tog‘ massivlaridir. 

Axaggar  va  Tibesti  tog‘liklari  Afrika  platformasining  baland  ko‘tarilgan 

yadrolari zaminida paydo bo‘lgan. Ularning ustki kismi oqib chiqkan lavalar bilan 

qoplangan  va  yuksaklikka  bo‘y  cho‘zgan  nuqtalari  so‘ngan  vulkanlarning 




konuslaridan  iborat.  Tibesti  tog‘ligining  eng  baland  nuqtasi  3415  m  yuqoriga 

ko‘tarilib turgan Emi-Kusi tog‘i bo‘lib, u butun Sahroi Kabirning ham eng baland 

nuqtasi hisoblanadi. Uning ikkinchi yuksak nuqtasi Tusida (3265 m) cho‘qqisidir. 

Axaggar  tog‘ining  eng  baland  nuqtasi  okean  sathidan  2918  m  ko‘tarilib  turgan 

Taxat tog‘idir. 

Axaggar  va  Tibesti  tog‘liklarini  paleozoy  jinslaridan  tarkib  topgan  kuest 

tizmalari-tassiailar  o‘rab  olgan.  Kuest  tizmalarining  balandligi  1000  m  gacha 

boradi.  Ular  balandligi  500-1000  m  atrofida  bo‘lgan  yassi  platolar  bilan 

parchalangan. Platolar bo‘r davrining ohaktoshlari va qumtoshlaridan tarkib topgan 

bo‘lib, ular  Axaggar va  Tibesti tog‘liklari  hamda  kuest gryadalari  atrofini aylana 

shaklida  o‘rab  olgan.  Bular  Tanezruft,  Tassilin  Axaggar,  Ennedi,  Jado,  Tingert, 

Tademait, Hamada-yel-Hamra platolaridir. 

Afrika  platformasining  poydevorini  tashkil  etgan  qadimiy  kristall  jinslarning 

bukilishi natijasida vujudga kelgan keng botiqlar-Sahroi Kabirning g‘arbidaga El-

Juf, shimolidagi Fessan, sharqidagi Liviya-Misr, janubidagi Niger, Chad va Oq Nil 

platolarga yondosh bo‘lib joylashgan. Botiqlarning barchasi dengiz va kontinental 

yotqiziklar  bilan  to‘ldirilgan.  Sahroi  Kabirning  shimoli-g‘arbidagi  El-Rif 

cho‘kmasi  Atlas  tog‘oldi  bukilmasida  vujudga  kelgan  va  Atlas  tog‘laridan 

keltirilgan toshloq jinslar bilan to‘ldirilgan. Bu cho‘kma yangi tektonik harakatlar 

natijasida  ko‘tarilib  tog‘oldi  platosini  hosil  qilgan.  Bulardan  tashqari  materikning 

o‘rtalik  qismida  eng  yiriq  Kongo  botig‘i  va  janubda  Kalahari  botig‘i  joylashgan. 

Batiklar yuzasining okean sathidan o‘rtacha balandligi 200-400 m ni tashkil etadi. 

Materikning  chekkalarida  juda  chuqur  kontinental  cho‘kmalar  ham  vujudga 

kelgan. Ana shulardan Assal cho‘kmasi -153 m, Kattara cho‘kmasi -133 m, Shott 

Melgir cho‘kmasi -36 m okean sathidan pastda joylashgan. 

Afrikaning  shimolida  O‘rta  dengaz  soxilida,  g‘arbida  Atlantika  soxilida. 

Senegal  daryosining  quyi  qismida,  Gvineya  qo‘ltig‘ida  qirgoqbo‘yida,  janubi-

sharqida  Mozambik  bo‘g‘ozi  qirg‘oqbo‘yida  keng  polosa  bo‘ylab  cho‘zilgan  va 

balandligi 200 m gacha bo‘lgan pastteksiliklar mavjud. 

Gvineya qo‘ltig‘i qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilgan Shimoliy Gvineya balandligi 

qadimgi kristall zaminnig antekliza shaklidagi yadrosi bo‘lib, tektonik burmalar va 

yoriqlar  uni  alohida  massivlarga  bo‘lib  yuborgan.  Shulardan  biri  balandlikning 

sharqida  joylashgan  Joye  platosi  (2000  m)  va  ikkinchisi  g‘arbida  joylashgan 

Leone-Liberiya  tog‘liridagi  Bintimaki  (1945m)  tog‘idir.  Biafra  qo‘ltig‘i  yaqinida 

Kamerun (4070 m) vulkanik tog‘i joylashgan. 

Baland  Afrikaga  materikning  sharqiy  qismida  joylashgan  Efiopiya  va 

Sharqiy  Afrika  tog‘lari  hamda  Janubiy  Afrika  qaraydi.  Baland  Afrika  Past 

Afrikaga nisbatan materikning okean sathidan bir muncha baland ko‘tarilgan, relefi 

vertikal  ravishda  kuchli  parachalangan,  harakatdagi  va  so‘ngan  vulkanlarga  boy 

qismi  hisoblanadi.  Bu  xududda  Afrika  platformasining  qadimiy  kristall  jinslari 

ko‘p joylarda yer yuzasiga chiqib yotibdi. 

Yefiopiya  tog‘ligi  o‘rtacha  1800-2000  m  balandlikda  joylashgan.  Uning 

sharqiy  va  janubi-sharqiy  yon  bag‘rlari  tik  qoya  shaklida  ko‘tarilgan, g‘arbiy  yon 

bag‘ri  Sudan  tekisligiga  qarab  zinapoyasimon  baland  platolarni  va  yuksak  tog‘ 

cho‘qqilarini  hosil  qiladi.  Platolar  atrofini  tik  jarliklar  o‘rab  olgan.  Efiopiya 



tog‘ligida  balandligi  4000  m  dan  oshadigan  cho‘qqilar  ham  mavjud.  Uning  eng 

baland  cho‘qqisi  shimol  tomonda  joylashgan  Ras-Dashen  (4620  m)  tog‘idir. 

Tog‘likning  janubida  Bata  (4310  m)  va  Guge  (4209  m)  cho‘kkilari,  Bab-yel-

Mandeb bo‘g‘oziga yaqin joyda Dubbi (1250 m) vulkani joylashgan. 

Yefiopiya  tog‘ligidan  janubi-sharqda  joylashgan  Somali  yarim  orolini 

zinapoyasimon ko‘tarilgan Xaud platosi egallab olgan. Uning shimoliy yon bag‘ri 

Adan  qo‘ltig‘iga  tik  tushgan.  Qo‘ltiq  qirg‘og‘ida  yarim  orolning  baland  nuqtasi 

hisoblangan  Shimbiris  (2416  m)  tog‘i  qad  ko‘tarib  turibdi.  Platoning  janubi-

sharqiy  yon  bag‘ri  asta-sekin  pasayib  Hind  okeaning  qirg‘oqbo‘yi  pasttekisligi 

bilan tutashadi. 

Baland  Afrikaning  katta  maydonini  Yer  po‘stining  surilishlari,  tektonik 

yoriqlar va uzilmalar natijasida parchalangan Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi egallab 

yotadi.  Uning  hududida  materikning  eng  baland  tog‘  cho‘qqilari,  so‘ngan  va 

harakatdagi  vulkanlar  Kilimanjaro  (5895  m),  Keniya  (5199  m),  Margerita  (5109 

m),  Meru  (4567  m),  Karisimbi  (4507  m),  Elgon  (4322  m),  Rungve  (3175  m)  va 

boshqalar joylashgan. 

Sharqiy  Afrika  yassi  tog‘ligidagi  tektonik  yoriqlar  va  uzilmalar  ko‘p 

tarmoqli  bo‘lib,  ular  markaziy  va  g‘arbiy  tizimlarga  bo‘linadi.  G‘arbiy  tizimning 

bir qator yoriqlari Albert, Eduard, Tanganika, Rukva va boshqa ko‘llar bilan band. 

Markaziy tizim yoriqlarida Rudolf, Nyasa va boshqa mayda ko‘llar hosil bo‘lgan. 

Yassi tog‘likning ekvator atrofidagi eng past joylarni Viktoriya va Kioga ko‘llari, 

baland  joylarini  Unyamvezi-Uganda  platosi  egallagan.  Tangankka  va  Nyasa 

ko‘llaridan  janubi-g‘arbda  Sharqiy  Afrika  yassi  tog‘ligining  davomi  bo‘lgan, 

submeridionad  yo‘nalgan  Mitumba  (1889  m)  va  Muchinga  (1908  m)  tog‘lari 

joylashgan. Ularni balandligi 1000-1200 m bo‘lgan botqoqlangan botiq, Mveru va 

Bangveulu ko‘llari ajratib turadi. 

Janubiy  Afrikaning  katta  qismini  okean  sathidan  900-1000  m  balandlikda 

joylashgan, tevarak-atrofi tog‘lar va platolar bilan o‘ralgan Kalahari botig‘i tashkil 

etadi. Platforma poydevori yuzasining notekisligi botiq relefida o‘z aksini topgan. 

Shuning uchun botiqning ko‘tarilgan qismi Bakalahari, markaziy tekis past qismi 

Kalahari  deb  ataladi.  Botiqning  kristall  zamini  to‘rtlamchi  davr  qum  yotqiziqlari 

bilan qoplangan. 

Kalahari  botig‘ining  tevarak-atrofi  zinapoyasimon  ko‘tarilgan  quyidagi 

tog‘lar va platolar bilan o‘ralgan: shimolda Luanda-Katanga ko‘tarilmasi, sharqda 

Zambezi va Limpopo daryolari oralig‘idagi Matabele yassi tog‘ligi, janubi-sharqda 

Baland  Veld  platosi,  Basuto  tog‘ligi  va  Drakon  tog‘lari,  janubda  Kap  va  Yuqori 

Karru  platolari,  g‘arbda  Namakvalend,  Damaralend,  Kaoko  plato  va  yassi 

tog‘liklari  hamda  Serra-da-Shela  tizmasi.  Shulardan  eng  balandi  Basuto  tog‘ligi 

bo‘lib,  uning  yuksak  nuqtasi  Katkin-Pik  tog‘ida  3657  m  ga  yetadi.  Bu  butun 

Janubiy Afrikaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. 

Janubiy  Afrikaning  eng  janubiy  chekka  qismida  gersin  brsqichida 

burmalangan  Kap  tog‘lari  joylashgan.  Bu  tog‘lar  bir  necha  parallel  tizmalardan 

tarkib  topib,  sharqdan  g‘arbga  qarab  cho‘zilgan.  Tizmalar  bir-biridan  keng 

bo‘ylama vodiylar bilan ajralgan. Ana shunday keng vodiylardan biri Kichik Karru 




vodiysidir.  Kap  tizmasining  eng  baland  nuqtasi  Svartberg  (2324  m)  cho‘qkisi 

hisoblanadi. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish