O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Okean  suvining  to‘lqin  harakatlari  va  ko‘tarilishlari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Okean  suvining  to‘lqin  harakatlari  va  ko‘tarilishlari.  Dunyo  okeanida 

suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari shamol, zilzila, suv 

ko‘tarilishi va qaytishi natijasida yuzaga keladigan to‘lqin harakatlari ham bo‘ladi. 

Shamol  to‘lqinlari  suvning  50-60  m  chuqurlikkacha  bo‘lgan  yuza  qatlamida  ro‘y 

beradi.  To‘lqinlarning  balandligi  shamol  tezligiga  bog‘liq.  Ularning  balandligi 

mo‘’tadil  mintaqa shamollarida 1-3  m  ga,  kuchliroq shamollarda 6-10  m  ga,  eng 

kuchli  shamollarda  20-30  m  gacha  yetadi.  Eng  kuchli  to‘lqinlar  xzilzila  paytida 

ham  vujudga  keladi.  Bular  sunami  deb  ataladigan  seysmik  to‘lqinlar  bo‘lib, 




ularning  uzunligi  yuzlab  kilometrni,  tarqalish  tezligi  soatiga  700-800  km  ni, 

balandligi 20-30 km ni tashkil etadi. 

Dunyo  okeanining  gidrodinamikasi  va  gidrologik  rejimida  suv  sathining 

davriy  ravishda  ko‘tarilib  va  pasayib  turishi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Oy  va 

Quyoshning  tortishish  kuchi  oqibatida  okean  yuzasida  suvning  yarim  sutkalik  va 

sutkalik  ko‘tarilishlari  sodir  bo‘ladi.  Ayniqsa  yarim  sutkalik  suv  ko‘tarilishlari 

ko‘p  takrorlanadi.  Ularning  balandligi  hamma  akvatoriyada  bir  xil  emas.  Ochiq 

okean yuzasida suv ko‘tarilishlarining balandligi 1 m dan oshmaydi, qirg‘oqlarda 

3-6  m  ga  yetadi.  Eng  katta  suv  ko‘tarilishlari  okean  qo‘ltiqlarida  va  chekka 

dengizlarda kuzatiladi. Suvning ko‘tarilishi Kanadaning Atlantika sohilidagi Fandi 

qo‘ltig‘ida 18 m, Shimoli-Sharqiy Osiyoning Oxota dengizidagi Penjina ko‘rfazida 

12,9 m, Oq dengizning Mezen ko‘rfazida 10 m bo‘lgani aniqlangan.  



Suv  massalari.  Okean  suvlari  qalinligida  dinamik  jarayonlar  natijasida 

ko‘proq  yoki  kamroq  harakat  qiladigan  suv  qatlamlari  hosil  bo‘ladi.  Bular  suv 

massalaridir.  Suv  massalari  deb  o‘ziga  xos  maydon  va  chuqurlik  bilan 

o‘lchanadigan,  muayyan  tabiiy  geografik  sharoitda  dinamik  jarayonlar  natijasida 

shakllangan, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari nisbatan bir xil bo‘lgan suv 

hajmiga aytiladi. Suv massalari va ularning turlarini hosil qiladigan asosiy omillar 

okean akvatorial o‘lkasining issiqlik, chuqurlik va suv balansi kabilardir. Shuning 

uchun harorat,  sho‘rlik, harakat va  chuqurlik ko‘rsatkichlari  suv  massalarini sifat 

va miqdor jihatdan ta’riflashda asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Dunyo  okeanining  vertikal  strukturasida yuza  (200-250  m  chuqurlikkacha), 

oraliq  (2000  m  chuqurlikkacha),  chuqur  (4000  m  chuqurlikkacha)  va  okean  tagi 

(4000 m dan chuqur) suv massalari ajratiladi. Ular o‘znavbatida turlarga bo‘linadi. 

Masadan,  yuza  suv  massalari  tabiiy  sharoitning  zonal  o‘zgarishlariga  ko‘ra 

ekvatorial, tropik, subarktika, antarktika va arktika kabi turlarga bo‘linadi. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish