Kurash choralari. 1. Agrotexnik chora-tadbirlardan: par-vona bilan zararlangan makkajo’xorini, mumkin bo’lsa, silos-ga o’rish; don uchun mo’ljallangan makkajo’xorini mumkin qadar past o’rish; kuzda yoki erta bahorda yerni chimqirqar yordamida chuqur haydash. 2. Zararkunanda tuxum qo’ya boshlagach va undan 5-6 kun keyin dalaga trixogramma kushandasini tarqatish. 3. Kimyoviy kurash o’simliklar 18% dan oshiq tuxum bilan zararlanganda yoki har o’simlikda 1-2 ta qurt mavjud bo’lsa amalga oshiriladi. Buning uchun oraliq ekinlar ekil-gan makkajo’xori paykalida traktor purkagichi yordamida makkajo’xoridagi tunlamlarga qarshi ruxsat etilgan insekti-sidlar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |