11-rasm.(I) - Makkajo’xori parvonasi(Щyegolev va Znamenskiy ma’lumotlari bo’yicha): 1-urg’ochisi; 2 va 3-erkagi; 4-qurtning qorin segmenti; 5-qurti; 6-tuxum qo’yishi; 7-g’umbagining oxirgi qismi; 8,9-poya ichidagi qurti va g’umbagi. (II) – Jo’xori poyasini parvona qurti bilan zararlanishi.
|
Tuxumi yassi va oval shaklda, kapalaklar ularni bir-biriga nisbatan cherepisa kabi joylab, bargning ost qismiga 10-15 donadan to’p-to’p qilib qo’yadi. Tuxumlar kapalak ajrat-gan suyuqligi bilan qoplangan bo’lib, 2-3 mm li oqish mum tomchisini eslatadi. Voyaga yetgan qurti 25 mm ga boradi, rangi sarg’ish- kulrang tusda, yelka tomonidan yo’g’on qoramtir chiziq o’tadi,har bir segmentida 4 tadan qalqonchasi bor, bosh, engak va oxirgi segment qalqonchalari qo’ng’ir tusda, soxta oyoqla-rining uchi yumaloq bo’lib, doira shaklidagi ilmoqlari mav-jud (o’rtadagilari uzunroq). G’umbagi och jigarrang, uzunligi 20 mmga yetadi, tana uchida 4 ta ilmoqdor o’simtasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |