O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet7/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

4.Hasharotlar morfologiyasi

Hasharot tanasi serharakat bo’lib qator bo’g’imlarga bo’lingan. Ularning bo’g’imlari o’zining boshlang’ich ketma ket takrorlanish yoki metamerligini yuqotgan va tanasi uch qismga bo’lingan. Bular bosh, ko’krak va qorin qismlaridiryu Bosh qismi 5-6, ko’krak qismi 3 va qorin qismi ll bo’g’imdan iborat. Hasharotlarning qattiq tashqi skeleti umurtqalilarnikiga nisbatan birmuncha afzal: u tanani muhit ta’siridan saklaydi.

Hasharotlarning tana teshikligi umurtqalilarga nisbatan uch baravar yuqori. Kutikula ichki organlarini himoya qiladi, organizmdagi suvni bug’lanishdan saklaydi va ichki muskullarni birlashish joyi bo’lib hisoblanadi. Bug’imoyoqlilarning har bir bo’g’imida bir juft o’simta bo’ladi. Lekin hasharotlarda bu metamerlik yuqolgan, fakat o’simtalari oyoqlari ko’krak qismida saqlanib qolgan. Bosh qismida og’iz organlari juft mo’ylov bo’lib o’zgargan, qorin qismida o’simtalari yuqolgan.

Bundan tashqari, juda ko’p hasharotlarda qanotlar vujudga kelgan. Shunday qilib, hasharotlar morfologiyasida qo’yidagi: tanalari bo’g’imga ajralgan va bosh, ko’krak hamda qorin qismlari mavjud. Boshida og’iz organi va bir juft mo’ylovi bor. Ko’kragida uch juft oyoq va ko’pchiligida qanotlar o’rnashgan. Qorin qismi 11 tagacha bo’g’imdan iborat oyoqsiz bo’ladi. Hasharot boshi - caput mustahkam pishiq kalla qutisi yoki bosh kopqog’idan tashkil topgan bo’lib, u boshining tashqi skeletini hosil qiladi. Unda og’iz organlari, bir juft mo’ylov, bir juft murakkab yoki fasetik ko’z va oddiy ko’z yoki ko’zchalar o’rnashgan. Ba’zan kalla qutisida embrion bosh qismidagi ayrim bo’g’imlarning bir-biriga qo’shilish ishlari aniq ko’rinib turadi. Boshning ustki qismi harakatsiz tutashgan bosh qismdan tuzilgan. Boshning oldingi sathi peshona - frons, uning yuqorisida chakka – vertex, unda narirokda gardani occiput, peshona pastida yoki oldida qanshar yoki klipeus, undan pastda og’iz organlarini yuqoridan yopib turuvchi yaproq ko’rinishidagi harakatchan yuqori lab - labrun joylashgan. Bosh yonboshlarida joylashgan ko’zlar osti va yonboshlari lunj - genac deb ataladi. Suvarak va boshqa tuban tuzilishga ega bo’lgan hasharotlarda boshning oldingi tomonidagi ko’zlar oralig’i mavjud.

Hasharotlarning ko’kragi - thorax qorin qismidan keskin farq qilib alohida bo’limga ajralgan. Lekin ularning ajdodlarida bu ikki qism bir biridan ajralmagan bir xil shakldagi gavdadan tuzilgan, bu har bir bo’g’imda bir juftdan o’simtalar bo’lgan. Evolyusion taraqqiyot natijasida bunday metamerali hasharotlarda harakatni markazlashtirish yoki lokomotiv funksiyasini oshirish natijasida gavdaning oldingi uch bo’g’imi ko’krakka aylangan bo’lib keyingi bo’g’imlarda o’simtalar yuqolib, qorin shakliga aylangan. Ko’krakda qanotning vujudga kelishi uning lokomov xususiyatini oshirib, tuzilishni murakkablashtiriladi, qorin qismini esa soddalashtiradi. Natijada gavda oldingi qismi funksiyasining moslanishi va birlamchi metameralik xususiyatining yuqolishi gavdani ikki qismga: ko’krak va qoringa ajralishga sabab bo’ldi.

Hasharotlar ko’kragi uch bo’g’imdan iborat: birinchi oldingi ko’krak, ikkinchisi o’rta ko’krak, uchinchisi orqa ko’krak (prothorax, mesothorax, metathorax). Har bir bo’g’imlar skeleti xitinlashgan kutikula xalqasi hosil qilib, 4 qismga bo’linadi. Yolka tomoni yoki tepa qismi - tergit, qorin tomoni yoki pastki qismini – sternit, ikki yoki yumshoq devori biqinchalari pleyritlar deb ataladi. Hasharotlarning oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib toscha, o’ynogich, son, boldir va panjalardan iborat bo’ladi.

Qorin bo’lagi - abdomen tananing uchinchi qismi bo’lib, u bir necha bo’g’imlarga bo’linadi. Qorin bo’g’imlari yoki uromerlar soni har xil hasharotlarda, turlicha miqdorda. Masalan, tuban hasharotlar turkumida dum komponenti telson bilan birgalikda hatto 12 tagacha yetadi. Ko’pchilik hollarda voyaga yetgan hasharotlarda qorin bo’g’imi kam bo’ladi, chunki induvidual rivojlanish taraqqiyotida embriondagi 2 ta bo’g’imdan ba’zilari bir-biriga qo’shilib yoki ular o’rnini kuchli taraqqiy etgan boshqa bo’g’imlar egallashi tufayli yo’qolib ketadi, hatto kopulyativ organlar hosil bo’lishi uchun sarf bo’ladi. Hasharotlarning qorni tubandagi xillarga bo’linadi. Qorin bo’g’imlari yonida nafas teshigi stidma joylashgan. Qorin o’simtalari: qorin o’simtalarining qoldiqlariga to’g’ri qanotlilarda serkilar, grafelkalar, tuxum qo’ygich, chaquvi parda (tuxum, qo’ygich) qanotlilar, arilar yoki asalarilarda nayza hosil qiladi.

Nazorat savollari:



  1. O’simliklarni himoya qilish fanining mohiyati?

  2. O’simliklarning usish va rivojlanishida zararkunandalarning axamiyatini ayting?

  3. Patogen mikroorganizlarni ta’riflang?




Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish