Kalsiy xlorat-xlorid 42% s.e g‘o‘zani defolyasiya va desikatsiya qilishda qo‘llaniladi. Defolyasiya qilishda gektariga 20,0-25,0kg, desikatsiya qilishda gektariga 40-50 kg preparat sarflanadi. Bu operatsiyalar hosil yigishiga 6 kun kolganda to‘xtatiladi
O‘simliklarni o‘sishini va rivojlanishini boshqaruvchi moddalarni hamdo‘stlik davlatlarini qishloq xo‘jaligida qo‘llana boshlaganiga 50 yildan oshadi. Bu moddalar ham biologik aktiv moddalar hisoblanib xilma-xil maksadlarda qo‘llaniladi.
Tabiiy (endogen) o‘sgan boshqaruvchi moddalarga fitogarmonlar kiradi. Bu moddalar o‘simliklar tomonidan ishlab chiqilib uning barcha xayotiy jarayonlarida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Xozirgi paytda fitogarmonlar 5-guruxdan iborat. Bular auksinlar, giberelenlar, sitoksiklar, absis kislota va etilendan iborat. Duvyoda 5 minga yakin tur fiziologik faol moddalar yaratildi ulardan qishloq xo‘jaligida fakat 1% qo‘llaniladi xolos. O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi moddalar g‘alla va boshka ekinlarni yopib qolishiga qarshi, meva daraxtlarini o‘sishini sekinlashtirish, ularning serhosil bo‘lishini tezlashtirish yoki sekinlashtirish, gullash jarayonini tezlashtirish yoki sekinlashtirish, ildizmevalarni kukarib ketishdan saklash, o‘simliklarni noxush xodisalar (sovuk urish, kurgokchilik)ga chidamlilik hosil sifati va miadorini oshirish kabi xollarda qo‘llaniladi.
1930 yillar oxirlarida fiziologik tadqiqotlar natijasida 2-xlor etiltrimetil ammoniy xlorid va shu kabi ko‘pgina moddalarini o‘simliklarni o‘sishini sekinlashtirishi aniklangan va 1960-yillardan boshlab bu moddalar g‘alla ekinlarshsh yotib qolishini oldini olishda qo‘llanilgan. SHu davrdan boshlab bu moddalar retardantlalr nomini olib qishloq xo‘jaligida keng qo‘llana boshlagan.Retardantlar tabiiy sharoitda g‘alla ekinlarini o‘sishiga 10-35% ga qadar to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekistonda quyidagi o‘simliklarni boshqaruvchi moddalar qo‘llaniladi.
Kampozan-m ekstra 1l 660g yoki 50% s.e. Germaniyaning xemi AG "Bitterfeld" firmasi tomonidan ishlab chikariladi. Ta’sir etuvchi moddasi etefon. Kuzgi bug‘doyga o‘simliklarning etib qolishini oldini olish uchun ekinlarga boshok olishdan 10-12 kun oldin preparatning 0,5% eritmasi purkaladi. 1 gektar dalaga 150-300 litr ishchi eritmasi sarflanadi.
G‘o‘zaning kusaklarini ochilishini tezlatish uchun 1-2 ko‘sak ochilganda purkaladi.Sarflash normasi bug‘doyda gektariga 1,0-1,5 litr g‘o‘zada 1,0-2,0 litr. Ishlov berish takroriyligi bir martadir. Preparat odam va issiqqonli - xayvonlar uchun ham zaxarli (uning O‘D50 ning ko‘rsatgichi kalamushlar uchun 3000 mg/kg dan ortik.). Asalari va boshqa foydali xasharotlar uchun zararsiz.
Piks, 5% s.e. Germaniyaning "Basf" firmasi tavenya etgan. Ta’sir etuvchi moddasi menikvat xlorid. G‘o‘zada kusaklarni ochilishni tezlashish uchun ishlatiladi. O‘simliklarga ikki marta dastlab gullay boshlaganda keyin yalpi gulga kirganda preparatning 0,4-0,6% lik. eritmasi purkaladi.
Ishchi eritmasini sarfi gektariga 250 litr. Preparat sarfi gektariga 1,0-1,5 litr. o‘sishini boshqaruvchi moddalar bilan ishlaganda ham texnika xavfsizligi koidalariga rioya kilish lozim.
O‘simliklarni bargini tushirishda qo‘llanuvchi moddalar defoliant ularni idizi bilan quritishiga olib keladigan moddalar desikantlar deyiladi. Defoliatsiya va desikatsiya qilinishda qo‘llaniladigan bu moddalar ayniqsa paxtachilikda keng qo‘llaniladi.Defoliatsiya o‘tkazidgan maydonlarda G‘o‘zani bargi 10-15 kun ichida tuplanib bo‘ladi, urug‘larni etilishi tezdashadi. Birinchi nav paxta hosili 40,5% oshadi. 90% paxta hosili sovuk tupshasdap yigishtirib olinadi.Defolyasiya ta’sirida tolaning sifati urug‘ning biologik va ekologik ko‘rsatkichlari pasaymaydi. CHunki g‘o‘za vegetnsiyasi bu davrda oxirlab koladi, o‘simlikni hosil tugish va unish usishi sekinlashadi. Barglarning ozik moddalarni kabul kilishi yakunlashib koladi. Qarish jarayoni boshlanadi, G‘o‘zaga barglar kerak bulmay koladi. Defolyasiya o‘tkazish muddatini to‘g‘ri belgilash katta ahamiyatiga egadir. Agar defolyasiya muddatidan ilgari (hosil pisha boshlamasdai) yoki kechikib o‘rtacha xavo xarorati +15°S dan kam bo‘lganda utkazilsa g‘o‘za barglarini tu lik tukilishiga erishib bo‘lmaydi. Natijada hosildorlik va uning sifati keskin pasayadi.O‘zbekstonda shimoliy rayonlarda 1-2,markaziy rayonlarda 2-3,janubiy rayonlarda 3-4 kusak ochilganda defoliyasiya etishga kirishiladp.G‘o‘zani kamida 50 % kusaklari ochilganda G‘o‘za maydonlari desikatsiya kilishga kirishiladp. G‘o‘zalarning ochilishi kechikkan yillarda desikatsiya o‘tkazish katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida g‘o‘zani defoliyasiya va desikatsiya etishda bir qancha preparatlar qo‘llaniladi. SHulardan eng asosiylari Avguron 500 g/l, s.sus.k.(Tidiazuron), Avguron Ekstra s.sus.k.(Tidiazuron 360 g/l+diuron 180 g/l), Dropp 50%lik n.k.(Tidiazuron), Drop ultra, 180 g/l m.sus.k. (Tidiazuron 120g/l+diuron 60g/l), Magniy xlorati 36% suyuq.(magniy xlorati), Magniy xlorati 43% suyuq.(magniy xlorati), Rivet 24% em.k.(karfen-trazol-etil).
Dropp 50%lik n.k. Germaniyani "Agrevo"firmasi tavsiya etgan. Ta’sir etuvchi moddasi tidiazuron. Keyingi yillarda shu firma tomonidan ta’sir etuvchi moddasi tidiazuron bo‘lgan Dropp turboning 20%lik suspenzion konsenrati ham tavsiya etilgan .
Bu defolinatlar sistemaln ta’sir etish xususiyatiga ega. Bu defoliantlar sepilgach G‘o‘za barglari kurimasdan yangiligicha tukilib ketadi. O‘rta tolali G‘o‘zani defolyasiya qilishda 0,5-0,7 kg va ingichka golali G‘o‘zani defolyasiya kilish 50%n.k.Droppdan 0,5-0,7 kg sarflanadi. O‘rta tomonlarda 3-6 ta kusak ochilganda bu defoliantlar samardorligini ta’minlaydi. Dropp turbo 20% SK,20 % sus.k.preparati bilan o‘rta tolali g‘o‘za defolyasiya qilinganda gektariga 0,6-0,8 kg preparat sarflanadi. G‘o‘zani defolatsiya kilish hosilni yig‘ishdan 12-16 kun burun to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |