O‘simliklarning urug‘larini dorilashda qo‘llaniladigan preparatlar
Ishdan maqsad: Urug‘dorilagichlar xossalarini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Urug‘dorilagichlar guruxiga kiruvchi preparatlar namunalari.
Bajarish tartibi: Ekish materiallari va urug‘larni dorilab ekish o‘simliklarni kasalliklariga qarshi ko‘rashda muxim texnologik jarayon hisoblanadi. Bu jarayon urug‘lar sirtidagi kasallik qo‘zg‘atuvchilarni (bug‘doy, qattiqkorakuyasi, arpa toshkuyasi javdar poya kuyasi, tariqning chang qorakuya va x.k.) urug‘ kobig‘i va uning ostidagi kasallik qo‘zgatuvchilarni (so‘lish qorakuya) kasalligi, bug‘doyni gelmentosporioz, kungabokarni oq chirish va x.k.) va urug‘ ko‘rtak ichidagi kasallik kuzgatuvchilarni (bug‘doy, arpani chang qorakuyasi) bartaraf etishga karatilgai.
Dorilar urug‘larni tuproq patogenlari (makkajo‘xori-mog‘orlashi, don ekinlariniildiz chirishi va fuzariozi, g‘o‘zani-ildiz chirishidan hammuvaffakiyatln himoya qiladilar.
O‘simliklarni o‘suv davrida qo‘llaniladigan ba’zi fungidlar (fundazol derazol) urug‘larni dorilashda ham qo‘llaniladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini dorilashda xozirgi paytda quyidagi Pestitsidlar keng qo‘llanilmokda.
Baytan universal IS), 5% n.k. ta’sir etuvchi moddasi triadimenal: sistemali ta’sirga ega bo‘lgan fungitsid bo‘lib qattiq chang qorakuya va unshO‘Driig zamburug‘lari qo‘zg‘aydigan kasalliklarga, ildiz chirishga yaxshi samara beradi.
O‘zbekistonda Olmoniyaiing “Baer” firmasi tavsiya qilgan Baytan unversalinnig 19.5% li n.k. qo‘llanishga ruxsat berilgan. Baytan universal odam va issiqqonli xayvonlar uchun kam zaxarli O‘D30 ning ko‘rsatkichi 800-1000 mg kg ga teng. Baytan universal bug‘doy urug‘ini chang va qattiq qorakuyaga qarshi dorilash uchun tavsiya etilgan. 1t. Urug‘ga 2 kg preparat bilan 10l. Suv qo‘shib namlash yo‘li bilan dorilanadi.
Bronotak 12/0 ta’sir qiluvchi moddasi 2-brom 2 nitropr prapanid - 1,3. Bakteritsidning xususiyatiga esa bo‘lgan sirtdan ta’sir qiluvchi fungitsid. O‘zbekistonda Olmoniyaning «Agrevo‘‘ firmasi tomonidan ishlab chikarilgan bronotakning 2%li kukun holdagi shakli chigitni gommozga qarshi dorilashda qo‘llaniladi. Bunda 1t. chigitga (3-7 kg preparat va 15-Z0l. suv sarflanadi.
Odam va issiqqonli xayvonlar uchun yukori zaxarli Pestitsidlar guruxiga kiradi. Pestitsid teriga va shilliq qavatlarga qitiqlovchi ta’sir qiladi. Preparat bilan ishlaganda albatta protivogaz resperatorlardan foydalanish lozim.
FORMALIN- ta’sir qiluvchi moddasi formaldegid.
Formalin sirtdan ta’sir qiluvchi fungitsid va bakteritsiddir. Preparat urug‘ sirtidagi infeksiyani yukotadi, ammo tuproqdagi mikroorganizmlarni yo‘qota olmaydi.
Formalin bilan urug‘lar xo‘l yoki yarim xo‘l usulda dorilanadi. Formalin 40%lik suvli eritma holida chiqariladi. Urug‘lik chigitni ham gommozga karshn dorilashda qo‘llash mumkin. Buning uchun tukli chigitning 1t. Siga 350-400l. Hisobidan tuksiziga 250-300l. Ishchi suyuqligi sarflanadi (ishchi suyuqligi tayyorlash uchun 90l suvga 1l. Formalin kushiladi), 1t. Urug‘ uchun formalin sarfi 3-4.1. ni tashkil etadi. Dorilangan urug‘ plyonka ostida 3 4 soat davomida dimlanadi, so‘ngra dorilangan urug‘lar soyada (kuyosh nuri formalinni polimerizatsiyaga olib keladi) ag‘darib shamollatiladi, urug‘lar ekishdan 3-4 kun oldin formalin bilan dorilanadi. Formalin issiqqonli xayvonlar uchun o‘rtacha zaxarli Pestitsidlar guruxiga kiradn. O‘D50kalamushlar uchun 424 mg, kg ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |