O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


-Mavzu.O’simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda qo’llaniladigan zamonaviy kimyoviy vositalar



Download 46,5 Mb.
bet37/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

9-Mavzu.O’simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda qo’llaniladigan zamonaviy kimyoviy vositalar

Reja:

1. Fosfororganik insektoakarisidlar

2.Piretroid guruhiga kiruvchi insektoakarisidlar
1. Fosfororganik insektoakarisidlar
Insektoakarisidlar va maxsus akarisidlar kimyoviy tarkibiga ko’ra – anorganik va sun’iy organik, qo’llanilishiga ko’ra – o’simlikni o’suv davrida qo’llaniladigan, urug’lar va ekish materiallarini dorilash uchun, o’simlik tinim davrida qo’llaniladigan va dezinfeksiya qiluvchi guruxlarga bo’linadi.

Insektoakarisidlar va maxsus akarisidlar hossalariga ko’ra me’da-ichak, sirtdan va sistemali ta’sir qiluvchiga bo’linadi. Mashg’ulot davomida kitob va jadvallardan foydalanib ularni hossalari va guruhlari o’rganiladi. Har bir insektoakarisidlar va maxsus akarisidlar zaharlilik darajasi, qo’llanish obyektlari, sarflash normalari, kutish muddatlari va ta’sir mexanizmi o’rganiladi.

Fosfororganik insektoakarisidlar fosfat va tiofosfat kislrtalarning murakkab zfirlari yoki amidlari hosilalaridir: Bu guruxga kiruvchi pestisidlar quyidagi qator afzalliklari bilan farklanadilar.

Yuqori insektoakarisidlik xossalariga ega bo’lishi, zararkunandalarga nisbatan ta’sir qilish doirasi kengligi, tashqi muxit sharoitida turgknligi kamrok va uchimliklarning rivojlannshi davrida zararsiz moddalarga narchalanib ketishi, sistemali (barg shirasi) orqali ta’sir etish.

Barcha fosfororganik pestisidlar tavsiya qilingan normalarda o’simliklarga salbiy ta’sir qilmaydilar.



Quyidagi fosfororganik dorilar qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunanda xasharot va kanalariga qarshi keng qo’llanilmoqda.

DANADIM, 40% em.k. (rogor, BI-58, dimetoat, nugor). Sof moddasi: 0,0-dimetil-8-metilkarbamoil-metil)-ditiofosfat. Yuqori haroratga chiday olmaydi va isitilganda izomerlarga parchalanadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanishi ancha tezlashadi. Saqlash mobaynida faol moddasi — fosfamid uncha uzoq turmaydi va tez orada zaharliligi ni yo’qotadi.

O’simlik sirtiga tushgan fosfamid harorat, yorug’lik va suv ta’sirida tez parchalanadi, ammo o’simlik ichida u zaharlilik xususiyatini 20 kungacha saqlaydi. Preparat ichdan yaxshi ta’sir etadi. U o’simlik ichida ksilema bo’yicha (ildizdan yer ustki qismlarga tomon) yaxshi siljiydi, lekin floema bo’yicha (barglardan ildizga tomon) siljishi qiyin, shu boisdan bargga sepilgan fosfamid unda qolaveradi.

Fosfamid kuchli va uncha uzoq davom etmaydigan ichdan ta’­sir etuvchi insektisid va akarisid hisoblanadi. Preparat aso­san so’ruvchi zararkunandalarga (o’rgimchakkana, o’simlik shiralari, qandala, trips va boshqalarga) qarshi qo’llanilsa yaxshi natija beradi, kemiruvchi zararkunandalarning (g’o’za tunlami, karadrina va h.k.) kichik yoshdagi qurtlarini ham o’ldiradi. O’sim­lik ichiga tez o’tishi va sirtida parchalanishi tufayli foydali hasharotlarga qiladigan zaharli ta’siri uzoqqa cho’zilmaydi. Shu jihatdan ishlov berishni entomofaglarning eng ko’p qismi g’umbaklaganda va tuxum shaklida bo’lganda o’tkazish muhimdir.

Fosfamid 40% li emulsiya konsentrati shaklida chiqariladi va paxtachilikda bir qancha so’ruvchi zararkunandalarni yo’qotishda har gektarga 1,5-2 l dan sarflab ishlatiladi. U issiqqonli hayvonlar va odam uchun o’rtacha zaharlidir (O’D50 kalamushlar uchun 230 mg/kg ga teng). Teri orqali sezilarli dara-jada ta’sir qiladi. G’o’za fosfamid bilan shiddatli ishlanaversa o’rgimchakkana, o’simlik shiralari va oqqanotda yakka va guruhli chidamlilik vujudga kelishi mumkin. G’o’zaga oxirgi marta fosfamid bilan ishlov berish paxta ochilishidan 15 kun oldin, boshqa ekinlarga ishlov berish esa 30 kun ilgari to’xtatiladi. BI-58 bilan ishlangan dalaga trixogrammani 15 kun, brakonni — 10 kun, stetorusni 5 kun keyin qo’yish mumkin.

KARBOFOS, 50% em.k. (fufanon, 57% em.k.). Sof moddasi: 0,0-dimetil-8-(1,2-dikarbetoksietil)-ditiofosfat. Yuqori ha-rorat sharoitlarida nisbatan tez parchalanib ketadigan pre­parat. U nordon va ishqoriy muhitda va ayniqsa tunuka idishda tez parchalanadi. Shuning uchun ham karbofos ich tomondan maxsus material bilan qoplangan tunuka idishlarda yoki plastik kanistrlarda tarqatiladi.

Karbofos sirtdan ta’sir qiladigan insektisid va akarisid bo’lib, boshlang’ich paytda juda zaharlidir, ammo qisqa muddatda samara beradi. Bu preparat fumigant sifatida ham ta’sir qilishi mumkin. Karbofos parchalanishi va bug’lanishi tufayli o’simlik sirtidan tez ko’tarilib ketadi. Odam va hayvonlar uchun karbofos o’rtacha zaharlidir. O’D50 kalamush uchun vaznining har kilogrammiga 450-1300 mg gacha o’zgaradi. Kumulyativ ta’siri deyarli yo’q, teriga sust ta’sir qiladi.

G’o’zaning so’ruvchi zararkunandalariga (o’rgimchakkana, o’sim­lik shiralari va b.) qarshi kurash olib borilganda gektariga 1,0-2,0 l dan ishlatish tavsiya etilgan. Tez parchalanishi va issiqqonlilarga nisbatan kam zaharliligi uni issiqxonalarda (0,05-0,15%), sabzavotchilikda (0,1-0,2%), bog’dorchilikda (0,2-0,3%), chorvachilikda sirtqi va teri osti parazitlarga qarshi qo’llash imkonini beradi. Ishlov berishni paxta yetilishidan 20 kun oldin tugallash tavsiya etiladi.

FOZALON, 35% em.k. (zolok, benzofosfat). Sof moddasi: 0,0-dietil-8-(6-xlorbenzoksazolinil-3-metil) ditiofosfat. U nordon va neytral muhitda turg’un bo’lib, ishqorli muhitda tez gidrolizlanadi. Fozalon tuproqda va o’simlikda turli omillar ta’sirida (25 kun davomida) parchalanadi.

Fozalon ichdan hamda sirtdan ta’sir qiladigan insektisid va akarisiddir. Daslabki paytdan faol bo’lib, ancha vaqtgacha samarali natija beradi. O’simlikka ichdan (cheklangan darajada) ta’sir qiladi. O’tkazgan tajribalarimizga qaraganda fozalon o’simlikda pastga va yuqoriga qarab oquvchi naychalar bo’yicha ma’lum darajada siljiy oladi. O’simlikni shira, o’rgimchakkana, trips, qandala kabi so’ruvchi hamda g’o’za tunlami, karadrina singari zararkunandalardan himoya qilishda yaxshi natija beradi (bunda gektariga 2,5-3 l preparat sarflanadi), o’simliklarni kuydirmaydi. Ayni vaqtda uni mevachilikda hamda sitrus o’sim-liklar o’stirishda ham zararkunandalarga qarshi 0,2% li quyuqlikda ishlatish tavsiya etilgan.

Dala sharoitidagi hisoblashlarga ko’ra, fozalon bilan ishlov berilgandan keyingi dastlabki besh kunda entomofagning atigi 5% i nobud bo’ldi, undan keyingi kunlarda esa bu xil hasharotlarning nobud bo’lgani butunlay sezilmadi. Shuni qayd etish kerakki, fosfororganik birikmalarga chidamli o’rgimchakkananing populyasiyalariga qarshi kurashda fozalon foyda bermaydi.

Odam va isiqqonli hayvonlar uchun fozalon yuqori darajada zaharli hisoblanadi (O’D50 kalamushlar uchun vaznining har kilo­grammiga 108 mg ga tengdir). Teriga ta’sir qilishi va kumulyativ xususiyati sustroq seziladi. U Fransiyaning Ron-Pulenk firmasida, benzofosfat esa, mamlakatimiz sanoatida chiqariladi. Oxirgi ishlov berish hosil yetilishidan 30 kun oldin to’xtatiladi. Fozalon bilan ishlangan maydonga trixogramma 12, brakon 5 kundan keyin qo’yiladi. Oltinko’zga ta’sir etmaydi.

Fosfororganik preparatlarni zararkunandalarga qarshi qo’llashda o’ziga xos salbiy xususiyatlari bo’lib ayniqsa ularning tabiatga, foydali xasharotlarga ta’siri barcha preparatlar bo’yicha taxlil etiladi.




Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish