Nazarot savollari:
1. Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasini necha qismdan iborat?
2.Hasharotlarning nerv sistemasi tuzilishi.
3. Qon aylanish sistemasining tuzilishi.
3-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi
HASHAROTLAR BIOLOGIYASI ZARARKUNANDALARINI RIVOJLANISHI VA FENOLOGIK JADVALINI TUZISH ( 2 soat)
Kerakli jihozlar: Mikroskoplar, lupalar, soat va buyum oynasi, pinsetlar, hasharot tuxumining tuzilishi tiplari va tuxum qo‘yilishi jadvallari, slaydlar, jadvallar va kitoblar.
O‘rganish ob’ektlari: Har xil hasharotlarning tuxumlari va ularni qay tarzda qo‘yish xillari, bu asosda muzey kolleksiyalaridan foydalanamiz.
Ishni bajarish tartibi:Avvalo hasharot tuxumlarning morfologik belgilari bilan tanishib chiqamiz. Bir necha xil hasharot tuxumlari lupa yoki mikroskop orqali qaraladi. Kuzatish vaqtida talabalar diqqat bilan kuzatish kerak, ularni bir-birlaridan farqlarini yaqqol sezishlari mumkin.Masalan: qandalaning tuxumi (dukkaksimon), bochkasimon,; tamaki tripsining tuxumi – dukkaksimon, karam kapalagini tuxumi- shishasimon. Oltinko‘zni tuxumi – poyachasimon, ko‘pchilik kapalaklarni tuxumi – yarim sharsimon va hokazolardan iborat.Tuxum qobig‘i ya’ni xorion ko‘pincha taram-taram qobirg‘alar, o‘simtalar, bilan qoplangan bo‘lib, tuzilgan tuxumlarni strukturali deb aytiladi, ba’zilarida strukturasiz silliq tuzilishda ham bo‘ladi.Mikroskop ostida tuxumlarning katta-kichikligiga ahamiyat bering, ularni bo‘yi 0,01 – 0,02 mm dan 8 – 12 mm gacha bo‘lishi mumkin.Tuxumlarning rangi har xil bo‘lib, ko‘kimtirroq, ko‘pincha qizil, ko‘k, sariq boshqa ranglarda bo‘lishi mumkin. Ularning joylashtirish tartibi ham har xil bo‘ladi. Masalan: tuxumlar substratga to‘g‘ri qatorlab, tartibsiz holatda joylashtirilishi mumkin. Hasharot tuxumlarining tuzilishi, tiplari, joylanish xillarini o‘rganib chiqilgandan keyin rasmi chizib olinadi.Hasharotlarning lichinkalari tuzilishi bir-biridan farq qilib, ular asosan 3-ta tipga bo‘linadi. 1 - chuvalchangsimon lichinkalar, 2 – qurtsimon lichinkalar va 3 – kompodeosimon tipdagi lichinkalarga bo‘linadi.Bu lichinkalarning bunday tiplarga bo‘linishi, ularning tashqi tomonidan ko‘rinishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan chuvalchangsimon lichinkalarni tashqi ko‘rinishidan xuddi chuvalchanglarga o‘xshab tanasi xalqalardan iborat ekanligini kuzatamiz.
Qurtsimon lichinkalarda esa, ko‘rinishdan oddiy qurtsimon bo‘lganligi sababli qurtsimon lichinka deyiladi. Kompodeosimon lichinkalar esa, bulardan butunlay farq qilib, ularning boshqa qismidagi organlari juda yaxshi taraqqiy etganligini kuzatish davomida ko‘rishingiz mumkin va rasmlarini chizib olasiz.Qo‘ng‘izlar, pardaqanotlilar, buloqchilar, burgalar va shunga o‘xshash ko‘p qo‘shqanotlilar turkumlari g‘umbaklaridan olib, soat va buyum oynalariga qo‘yib, mikroskop ostida yoki lupalar yordamida ko‘riladi.G‘umbaklarni voyaga etgan hasharotlar bilan solishtirib taqqoslanib, o‘rganiladi. Ular ko‘p belgilari bilan tashqi ko‘rinishdan etuk hasharotlarga o‘xshaganligini ko‘ramiz. Bunday g‘umbaklarning erkin yoki ochiq tipdagi g‘umbaklar deymiz. Tashqi ko‘rinishidan imagoga o‘xshamaydigan ularning boshi, oyoqlari yaqqol ko‘zga tashlanmaydigan g‘umbaklarni yopiq tipdagi g‘umbaklar deymiz.Ikki qanotlilar turkumiga kiruvchi hasharotlarni g‘umbagini kuzatganimizda, ularning shakli bochkasimon bo‘lib, tana o‘simtalari ko‘rinmaydi, lichinkalarni qotib qolgan terisi pilla ichida joylashgan, bunday g‘umbaklar soxta yoki to‘la g‘umbaklar deyiladi.YUqorida ko‘rsatilgan hasharotlarning olib, ularni lupa ostida bir-biriga solishtiramiz. Erkak hasharotlarda mo‘ylovlarini, ko‘zlarini, og‘iz bo‘laklarini, qorin o‘simtalarini, teri o‘simtalarini va tanasini rangini yaxshilab kuzatiladi.Urg‘ochilarida esa, 8 va 9 qorin bo‘g‘imida genital o‘simtalari bo‘ladi. Bu hodisa jinsiy dimorfizm deb aytiladi. Asalari, chumoli, termitlar bilan tanishib chiqamiz, bunda bir turni ichida erkak va urg‘ochilaridan tashqari, tashqi tuzilishda farq qiluvchi, individlar borligi ko‘rinadi. Bunga jinsiy polimorfizm deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |