Nazarot savollari:
1. Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasini necha qismdan iborat?
2. Hasharotlarning nerv sistemasi tuzilishi?
3. Qon aylanish sistemasining tuzilishi?
2-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi
HASHAROTLAR ANATOMIYASI
( 2 soat)
Kerakli jihozlar: Mikroskoplar, petri kosachasi, to‘g‘rilagich qaychilar, skalpellar, entomologik to‘g‘nog‘ichlar, buyum oynasi, suvli tomizgichlar, hasharotlarning ichki organlari tasvirlangan jadvallar, fotosuratlar va kitoblar.
O‘rganish ob’ektlari: Erkak va urg‘ochi suvaraklar, ishchi asalari va boshqa kattalikdagi hasharotlar olinib, ularni yangigina efir yoki xloroform bo‘g‘i bilan o‘ldiriladi. Ularning oyoq va (qo‘llar) qanotlarini yulib tashlanadi. O‘tkir qaychi bilan suvarak qornining ikki yonidagi qirrasini, tergit bilan sternitni o‘rtasidan butun bo‘yicha kesiladi.
Ishni bajarish tartibi: YOrilgan suvarak yoki ishchi asalarining ovqat hazm qilish organlari kuzatiladi. Bunda avvalo og‘iz bo‘shlig‘idan boshlanganligini ko‘ramiz, qizilo‘ngach kengayib, noksimon shakldagi katta jig‘ildon hosil qiladi.Ovqat hazm qilish sistemasining ko‘zatilgan bu bo‘laklari oldingi ichakka kiradi. Muskulli oshqozondan so‘ng ingichka uzun nay shaklidagi ovqat hazm qilish joyi, ya’ni oshqozon keladi. Oshqozon chegarasiga joylashgan kalta naychalardan oshqozonning sekret chiqarish va so‘rish sathini kengaytiradigan pilorik o‘simtalarni ko‘ramiz va rasmini chizib olamiz.Xushsizlantirilgan suvarak yoki pashshani o‘tgan mashg‘ulotda berilgan uslub bo‘yicha yorib ochish. Gavdasi yorib ochilgan hasharotning ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish sistemasiga kirgan organlari qisqich va preporaval ignalar bilan (kosacha petrida) olib tashlanadi. So‘ngra hasharotning ko‘krak va qorin tomonidan joylashgan asab tugunlari lupa, yoki binokulyar orqali topiladi. Ko‘krakdagi 2 juft tugunning shakli, rangiga e’tibor beriladi. Qorin nerv zanjirini hosil qilgan asab tugunlarining necha juft ekani aniqlanadi.Qilingan ish natijalari daftarga yozib hasharotlarning esa sistemasining tuzilish sxemasi albomga chizib olinadi.
Hasharotlarning hid bilish organi – mo‘ylov va undagi hid bilish o‘yiqchalaridir. Mo‘ylovning hid bilish o‘yiqchasini o‘rganish uchun xushsizlantirilgan suvarak yoki asalarilarning mo‘ylovi qaychi bilan qirqib olinib uni buyum oynasiga qo‘yiladi. Ustki tomonidan yopgich oyna bilan yopiladi.Tayyorlangan vaqtinchalik preparatni mikroskop ostida o‘rganiladi. Mo‘ylov bo‘g‘imlarini o‘rganishda bo‘g‘imlardagi tukchalar, ularning joylanishiga e’tibor beriladi. So‘ngra mo‘ylovlarning har bir tukchasi joylashgan bo‘g‘imi o‘quv jadvaliga taqqoslangan holda o‘rganilib, uning joylanishi aniqlanadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |