Pista poyasini o’zak qismini chirishi.Fomes rimosus zamburug’i kasallikni qo’zg’atadi. Katta yoshdagi pista daraxtining poyasida zamburug’ning meva tanasi hosil bo’ladi. Har yili gimenial qavat hisobiga meva tana kattalashib boradi. Kasallik bilan zararlangan o’simlikni poyasida meva tana hosil bo’lguncha o’zak qismini chiriganligi kuzatiladi. Chunki zamburug’ning meva tanasi pista kasallik bilan zararlangandan keyin 2-3 yildan so’ng hosil bo’ladi. Keyinchalik kasal daraxt asta-sekinlik bilan quriydi. Zamburug’ning meva tanalarida yetilgan sporalar atrofidagi ko’plab sog’ pista daraxtlarini zararlashi mumkin. Kasallik oldini olish choralarini yaxshi yo’lga qo’yilmagan joylarda keng tarqalib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |