Bodomni bakterial dog’lanish kasalligi. Kasallik qo’zg’atuvchisi bakteriya bo’lib, nam va issiq havoda yosh barglar yuzasida yumaloq bo’lmagan yog’simon, mayda dog’lar hosil bo’ladi. Keyinchalik dog’lar kattalashib, sarg’ish, so’ngra qo’ng’ir tusga kiradi. Juda kam hollarda dog’larni teshilib qolishi kuzatiladi. Tog’ sharoitida kasallikni qo’zg’atuvchi bakteriya po’stloq ostida qishlab chiqadi. Shu bilan birga uchki kurtaklarda ham saqlanib qoladi. Bahordagi yomg’irlar yordamida sog’lom barglarni zararlaydi. Kasallik bahorning oxiridan kech kuzgacha jadal rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |