Bodomning un shudring kasalligi. Kasallikni ikki turga mansub zamburug’lar Sphaerotheca pannosa va Phyllactinia suffulta qo’zg’atadi. Birinchi zamburug’ bodomni bargi va novdalarini zararlasa, ikkinchisi asosan barglarni va juda kam xol-larda novdalarni zararlaydi. Ikkinchi holda ham zamburug’lar zararlangan a’zolar sirtida zamburug’ning konidiyalaridan iborat oq g’uborlar hosil qiladi. Birinchi zamburug’ asosan yoz oylarida ko’proq rivojlansa, ikkinchisi o’sish oxirida kuchli rivojlanadi va bu davrda uning zarari ko’proq bo’ladi. Kuzda oq g’uborlar orasida meva tana kleystotesiylar hosil bo’ladi. Zamburug’ o’simlik qoldiqlarida shu meva tanalari yordamida qishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |