Yong’oq un shudringi. Bu kasallikni Microsphaera juglandis qo’zg’atadi. Kasallik asosan ko’chatlarda va yosh o’simliklarda kuzatiladi. Un shudring asosan barglarini zararlaydi, natijada barglar o’sish va rivojlanishda orqada qoladi. Zararlangan barg sirti oqish g’uborlar bilan qoplanadi va bu yerdagi hosil bo’lgan konidiyalar tezda yo’qoladi. Kasal barg yuzasida nuqta holidagi, qoramtir rangli zamburug’ meva tanasi kleystotesiylar hosil qiladi. Un shudring tufayli barglar sarg’ayib, qurib qolish hollari ham kuzatiladi.
Bu kasallikni infeksiya manbai zararlangan barglarda mavjud bo’lgan qishlab chiqqan meva tanalar - zamburug’ kleystotesiylaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |