Kurash choralari. Navbatdagi ekin ekishdan oldin issiqxona tuprog’ini zararsizlantirish yoki almashtirish; birinchi kasallangan o’simliklarni darhol yulib olib, chiqarib, yoqib yuborish; harorat keskin o’zgarib turishiga yo’l qo’ymaslik, mu’tadil harorat (21-22°S) va namlikni ta’minlash; issiqxonalarni tez-tez shamollatish; iliq suv bilan sug’orish, ammo ortiqcha sug’ormaslik (ayniqsa yozning ikkinchi yarmida); dalalarda chuqur kuzgi shudgor; kasallik keng tarqalish xavfi bo’lganda ekinga fungisid (benzimidazollar, iprodion, vinklozolin va b.q.) purkash tavsiya qilinadi (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Fletcher, 1987; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
O’GEBI xodimlarining xabarlariga ko’ra, bodringda sklerotinioz Toshkent viloyati issiqxonalarida ham qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |