31- Mavzu: Sabzavot ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Reja:
1.Karam kasalliklari va unga qarshi kurash
2.Sabzi kasalliklari va unga qarshi kurash
3.Piyoz va sarimsoq kasalliklari hamda ularga qarshi kurash choralari
4. Lavlagi kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Karamning fuzarioz sarg’ayishi va so’lishini gifomiset Fusarium oxysporum f. conglutinansqo’zg’atadi. Patogen karam va boshqa butguldoshlar oilasiga mansub ekinlarning nihol va yetilgan o’simliklarini zararlaydi. Issiqxonalarda nihollar, dalada yosh va yetilgan o’simliklarning barglari sarg’ayadi, dog’lar rivojlanib, olachipor tus oladi, tomirlari qorayadi, o’simliklar o’sishdan orqada qoladi, karam boshi kichik va, barglar to’kilishi natijasida, yalang’och bo’lib qolishi kuzatiladi. Karam navlari zamburug’ irqlari bilan har xil darajada zararlanadi. Patogenning xlamidosporalari tuproqda 11 yilgacha, karam boshida omborxonalarda keyingi mavsumgacha saqlanadi. Tuproqda kaliy yetishmasligi fuzariozni kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |