Preparat: Ustilago tritici zamburug’ini xlamidosporalarini mikroskopda ko’rish. Bularning rangi och-qo’ng’ir, shakllari sharsimon yoki burchakli bo’lib, qobiqlari tikanakli bo’ladi.
3) Makkajo’xorining pufaksimon qora kuya kasalligini – Ustilago zeae zamburug’i qo’zg’atadi. Bu kasallik bilan makkajo’xorining so’tasi, boshog’i va supurgisi, poya va bargi zararlanadi. So’tasi va supurgusining zararlanishi alohida gullash bilan kuzatiladi.
Zararlangan joyda katta pufak paydo bo’ladi, ular oqish yoki qizg’ish qobiq bilan qoplangan bo’ladi, agar qobiq yorib ko’rilsa uning ichidan qora och-jigar rangli xlamidosporalar yig’indisi ko’rinadi. Zararlangan poya va bargda ham xuddi shunday pufak paydo bo’ladi. Zararlangan qismlar deformasiyalanadi.
Pufak katta hajmda bo’lib diametri 10-15 sm bo’ladi. Bargda esa pufak uzunchoq bo’lib, bargning o’rta tomiri bo’ylab joylashgan bo’ladi. Zararlangan a’zolar asta-sekin quriydi, yoriladi va xlamidosporalari tuproq betiga tushib, shu joyda qishlaydi, bahorda unib chiqib, bazidiyasporalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |