Barglarning bujmayishi. Barglarning bujmayib qolish kasalligini qo’zg’atuvchisi viruslardir. G’o’zaning butun yer ustki a’zolari zararlanadi. Zararlangan o’simlik o’sishdan qoladi, bo’g’im oralig’i ayniqsa, o’simlik tupining yuqori tomonidan qisqargan bo’ladi.
Yon novdalar asosiy poyaga to’g’ri burchak ostida birikadi va poyaning novdalari tiravaqaylab ketganga o’xshab qoladi. Zararlangan barg kosasimon yoki karnaysimon shaklga ega bo’lib qoladi, barg chetlari esa yuqoriga yoki chetga buralgan bo’ladi.
Bu kasallikni o’rganganda bargni va zararlanagan o’simlikni umumiy ko’rinishini kuzatish bilan kifoyalansa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |