G’o’zaning karantin kasalliklari.
Un-shudring. G’o’zaning un-shudring kasalligini qo’zg’atuvchisi – Leveillula taurica arnaud f. Gossypii Zaprometov zamburug’i.
G’o’zaning un-shudring kasalligi karantin obyekt hisoblanib bizning davlatimizda uchramaydi. Asosan g’o’zaning barglari zararlanadi. Bargning orqa tomonida tomirlar bilan chegaralangan burchakli sezilarsiz g’ubor hosil bo’ladi.
G’ubor asta-sekin qalinlashib, oqish tusga kiradi va kigiz singari orqa tomonini qoplab, so’ngra uning ustki tomoniga o’ta boshlaydi.
Kasallik rivojlanishi bilan g’ubor kulrang yoki qo’ng’ir tusga kiradi. Zararlangan barg chetlaridan boshlab sarg’aya boshlaydi. G’ubor zamburug’ miseliysi va to’plamidan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |